Sho‘rtanggina ekan…
Homiladorlik davridagi yeguliklarga mayllaringizni anglash
Ishtahaning kuchayishi – homiladorlikning odatiy hamrohi. Bunda yegulikka mayllar sho‘rtangga intilish kabi odatiy ko‘rinishdan to g‘ayrioddiy nooziq-ovqat mahsulotlariga boshqorong‘i bo‘lishgacha borishi mumkin. Yangi yegulikka mayllarning ehtimoliy sabablari, ular qancha davom etishi mumkinligi va ularni qanday qilib bexatar, farzandingizning ozuqa moddalari bilan ta’minlanishiga ta’sir ko‘rsatmay qondirish mumkinligi haqida bilib oling.
Homiladorlik davridagi yegulikka mayllar
Ko‘plab bo‘lajak onalar homiladorlik davrida muayyan mahsulotlarga kuchli mayl his qiladilar. U homiladorlik gormonlari o‘zgarishi tufayli yoki organizmingiz Sizni o‘zingizga yetishmayotgan vitaminlar yoki ozuqa moddalarini ko‘proq yeyishga undashi sababli ro‘y berishi mumkin. Masalan, ko‘nglingiz tuzlangan zaytun xohlab qoldimi – demak natriy iste’molini ko‘paytirishingiz kerak.
Hatto, oldin lavlagi yoki limonni umuman jiningiz suymagan bo‘lsa ham, homiladorlik davrida ulardan tatib ko‘rish istagi butun vujudingizni qamrab olishi mumkin.
Yangi yegulik mayllari qachon yuzaga keladi?
Aslida buning uzil-kesil javobi yo‘q, chunki u har bir homiladorda turlicha kechadi. Ammo yegulikka ishtiyoq tanangiz homiladorlik gormonlari ishlab chiqara boshlaganidan yuzaga kelishi mumkin. Amalda, yeguliklar borasidagi yangi mayl uyg‘onishi yoki xush ko‘rmay qolish, ko‘pincha, homiladorlikning birinchi va yaqqol ko‘rinuvchi belgilaridan sanaladi.
Ishtiyoqingiz kuchliligi homiladorlik davri mobaynida turlicha bo‘lishi va oydan-oyga o‘zgarishi mumkin. Bir necha tadqiqotlar sharhi homiladorlik bosqichi va yegulik mayli turi o‘rtasida mutanosiblik borligini ko‘rsatadi. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, nordonga boshqorong‘ilik ko‘proq 1- trimestrda kuzatiladi, shirinlikka mayl kuchayishi haqida onajonlar asosan 2- trimestrda xabar berganlar, sho‘r taomni istash esa, homiladorlik oxiriga borib kuchayadi.
Homiladorlik davrida keng tarqalgan mayllar
Homiladorlik davrida turli mahsulotlarga ishtiyoq sog‘lom mayldan nosog‘lom maylgacha boradi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- nordon sitrus mevalar, jumladan apelsin va limon
- sut mahsulotlari
- issiq, achchiq taomlar
- shirinliklar
- tuzlangan yeguliklar
Maylingiz kuchli bo‘lsa-da, salomatlikka zarar bo‘lgan shirin, sho‘r yoki yog‘li yeguliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishdan tiyilgan ma’qul. Ishtahani jilovlash uchun quruq mevalar va yong‘oqlar kabi salomatlikka foydaliroq yeguliklarni tanlang.
Yegulikka kirmaydigan mahsulotlarga ishtiyoq
“Pika” (lotincha “pica” – “zag‘izg‘on” so‘zidan) – bu ko‘mir, kesak yoki bo‘r kabi oziq-ovqatga kirmaydigan narsalarga mayllarni belgilash uchun ishlatiluvchi atamadir. Nega homiladorlar buni boshdan kechirishlarini hech kim aniq bilmaydi, ammo, bu minerallar tanqisligi yoki organizmning ko‘ngil behuzurligini bartaraf etishga urinishi belgisi bo‘lishi mumkin. “Pika” butun dunyodagi homiladorlarda uchraydi va, odatda, bola tug‘ilganidan keyin o‘zidan-o‘zi yo‘qolib ketadi.
Aytishga hojat yo‘qdek ko‘rinar, lekin agar Siz nooziq-ovqat mahsulotiga boshqorong‘i bo‘lsangiz, ularni yemaslik zarur. Ishtahaga bo‘ysunmay, siz o‘zingizni va farzandingizni zarardan saqlaysiz.
Buning o‘rniga chalg‘ishga harakat qiling – biror ishga mashg‘ul bo‘ling, vanna qabul qiling yoki to‘yimli yegulik yoxud taom tanovul qiling. O‘z mayllaringiz haqida vrachga albatta ma’lum qiling, toki u Sizning ratsioningiz to‘g‘ri ovqatlanishdan iborat ekaniga ishonch hosil qilsin.
Homiladorlik davridagi yeguliklarga mayl
Ishtahaning kuchayishi – homiladorlikning odatiy hamrohi. Bunda yegulikka mayllar sho‘rtangga intilish kabi odatiy ko‘rinishdan to g‘ayrioddiy nooziq-ovqat mahsulotlariga boshqorong‘i bo‘lishgacha borishi mumkin.
Sog‘lom, muvozanatlangan ovqatlanishga rioya etish
Yegulikka mayl homiladorlik mobaynida yuzaga kelib-yo‘qolib turadi. Siz ular borgan sari kamayib borayotganini payqashingiz mumkin. Agar Sizda gestatsiya diabeti bo‘lsa, homiladorlikning oxirgi muddatlarida shirinlik tusab qolishingiz, bu esa ahvolingizni yomonlashtirishi mumkin. Ammo bu ishtiyoq tuqqandan so‘ng yo‘qoladi.
Esda tuting: ayrim mahsulotlar xavfli bo‘lishi mumkin. Masalan, siz tuzlangan go‘sht istab qolsangiz, u bilan birga ko‘p miqdorda tuz iste’mol qilishingizga ham to‘g‘ri keladi.
To‘g‘ri yechim – bu sog‘lomroq muqobilini topishdir. Quritilgan mevalar shirinlikka maylni yengillatishi mumkin, bir likopcha tuzlanmagan yong‘oq esa, chipslarga maylni qondira oladi.
Muntazam ozuqa parhezi – bolajonni sog‘lom rivojlanish uchun zarur ozuqa moddalari bilan ta’minlashning eng yaxshi usulidir. Shu sababli, agar Siz shirin yoki yog‘li taomga mayl his qilsangiz, uning sog‘lomroq muqobilini topishga unnab ko‘ring:
• shokoladni quruq mevaga almashtiring;
• pechenyeni choy tortiga o‘zgartiring;
• pirogni jemli non yoki rogaliklarga almashtiring;
• chipsni zaytunga, bir chimdim yong‘oq va pistaga yoki pishloq va pechenyega o‘zgartiring.
• muzqaymoqli desert o‘rniga mevali desertni tanovul qiling.
- Horloff NC, Hormes JM. Pickles and ice cream! Food cravings in pregnancy. Front Psychol 2014; 5: 1076
- López LB et al. Maternal iron status and neonatal outcomes in women with pica during pregnancy. Int J Gynaecol Obstet 2007;98(2):151-152.
- Kettaneh A et al. Pica and food craving in patients with iron-deficiency anemia: a case-control study in France . Am J Med 2005;118(2):185-188.
- Belzer LM et al. Food cravings and intake of sweet foods in healthy pregnancy and mild gestational diabetes mellitus. A prospective study. Appetite 2010;55(3)609-615.
- NHS UK. Salt: the facts [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/salt.aspx [Accessed June 2014]reference text
So‘nggi yangilanish: 2014-yil 29-iyul
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.