Homiladorlik davrida uglevodlarning ahamiyati

Uglevodlar siz va farzandingiz uchun muhim yoqilg‘i hisoblanadi, ammo barcha uglevodlar ham bir xil bo‘lavermaydi. Uglevodlarning har xil turlari, ular sizning organizmingizga qay tarzda ta’sir etishi va maksimal foyda olish uchun qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish zarurligi haqida bilib oling. 

Homiladorlik davrida uglevodlarni iste’mol qilish bo‘yicha maslahatlar

Uglevodlar kraxmal, shakar va kletchatkadan tashkil topgan bo‘lib, homiladorlik davrida asosiy quvvat manbai hisoblanadi. Kraxmal va shakar yo‘ldosh orqali osongina o‘tuvchi va o‘sayotgan bolaga madad bo‘lishi uchun quvvat bag‘ishlovchi glyukoza kabi oddiy shakarga parchalanadi. Ko‘pgina uglevodlar farzandingizning rivojlanishi uchun boshqa muhim ozuqaviy moddalar, misol uchun, kalsiy, temir va V guruhi vitaminlari bilan ta’minlaydi. Homiladorlik davrida sizga zarur bo‘lgan boshqa muhim vitamin va qo‘shimchalar haqida o‘qib chiqing. 

Quvvat ta’minotini bir xilda ushlab turish uchun homiladorlik davrida ovqat ratsioningizning uchdan bir qismidan oshiqrog‘ini uglevodlar tashkil etishi kerak.

Garchi biz shakarsiz yashab tura olsak-da, homiladorlik davrida uglevodlar tanqisligi boshqa ozuqaviy moddalar iste’molining yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, kletchatka, ya’ni sizning sog‘ligingiz uchun muhim bo‘lgan uglevod turi yetishmovchiligiga sabab bo‘lishi ham mumkin. 

Homilador ayollar uchun foydali uglevodlar

Uglevodlar farzandingiz salomatligi uchun nihoyatda muhim bo‘lsa-da, ularning barchasi ham bir xil bo‘lavermaydi.

Organizmda sekinlik bilan parchalanuvchi hamda qondagi glyukoza va insulin miqdorini uzluksiz ravishda oshirib turuvchi mahsulotlar GI (glikemik indeks) darajasi past mahsulotlar toifasiga kiradi. Ular qondagi qand miqdorini bir maromda ushlab turadi va taom qondagi qand miqdoriga qanchalik tez ta’sir etishini ko‘rsatib turuvchi baholash tizimi – past ko‘rsatkichli glikemik indeks bilan ta’minlab turadi. GI darajasi past bo‘lgan mahsulotlar odatda foydaliroq hisoblanadi va ularni iste’mol qilish GI darajasi yuqori tozalangan mahsulotlarni qabul qilishdan ko‘ra afzalroqdir.     

GI darajasi past uglevodlar quyidagilar:

• banan

• shirin kartoshka

• suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa 

• no‘xat va boshqa dukkaklilar • butun donli non, yormalar va makaron mahsulotlari

Ushbu foydali kraxmalga boy mahsulotlarga asoslangan parhez qondagi qand miqdorini barqaror ushlaydi, gestatsion diabet xavfini, shu bilan birga homiladorlik davri bilan bog‘liq boshqa qiyinchiliklar xavfini kamaytiradi.

GI darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar, ya’ni uglevodlar, asosan shakar tanada tez parchalanadi va qondagi glyukoza hamda insulin miqdorining tezlik bilan oshishini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu mahsulotlar yuqori glekemik indeksga ega.

GI darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar quyidagilar:

  • oq non
  • oq guruch
  • kartoshka
  • pechene va pirog kabi shirinliklar.

Ammo homiladorlik davrida uglevodlarni iste’mol qilishda faqatgina glikemik indeksga suyanib qolish yaramaydi, negaki bunday yondashishi ba’zan adashtirishi ham mumkin. 

Ba’zi GI darajasi yuqori mahsulotlar GI darajasi past bo‘lgan mahsulotlardan ko‘ra foydaliroqdir. Masalan, tarvuz va pasternak GI darajasi yuqori mahsulotlar toifasiga kiradi, holbuki shokoladli tortning GI darajasi nisbatan past hisoblanadi. 

Bundan tashqari, yog‘ va oqsil bilan tayyorlangan mahsulotlar uglevodlar hazmini sekinlashtirib, ularning GI ahamiyatini kamaytiradi. Misol uchun, chipslarning GI darajasi yog‘ ishlatmay tayyorlangan kartoshkaga nisbatan ancha past. 3.

Eng oqilona yondashuv shuki, vaqti-vaqti bilan quvvat ko‘payishini ta’minlab turish maqsadida GI darajasi past uglevodlarning turli xil sekin, ammo boy kletchatkalarini GI darajasi yuqori bo‘lgan ba’zi mahsulotlar bilan uyg‘unlashtirib iste’mol qilish kerak. Homilador ayollar uchun muvozanatlashtirilgan hamda sog‘lom parhez yaratish haqida ko‘proq bilib oling.

Homiladorlik davrida uglevod tanqisligi: kletchatkaning ahamiyati

Kletchatka – bu ovqat hazm qilish tizimingizning ishlashida muhim rol o‘ynovchi uglevoddir. Homiladorlik davrida ovqat ratsioniga kletchatkaning foydali manbalarini kiritish ovqat hazm qilish tizimining salomatligini bir maromda ushlab turishga yordam beradi, bu esa homiladorlik davrida qabziyat yuzaga kelgan chog‘larda ayniqsa muhim sanaladi.   

Kletchatkaning foydali manbalari quyidagilar:

• Banan, apelsin, olma, mango, qulupnay, malina

• To‘q bargli sabzavotlar

• Butun donli non, yormalar va makaron mahsulotlari

• Kartoshka, ayniqsa, po‘stog‘i bilan

• Loviya, yasmiq va no‘xat kabi dukkaklilar 

Guruch va yormalarni bezarar pishirish

Xona haroratida turib qolgan tayyor guruch va yormalar xastalik chaqiruvchi bakteriyalar uchun oziq vositasiga aylanishi mumkin. Har qanday xavfni minimumga tushirish uchun bu mahsulotlarni oldindan emas, balki bevosita iste’mol qilishdan oldin tayyorlang.

Bordiyu guruch va yormalarni oldindan tayyorlashingizga to‘g‘ri kelsa yoki avvalgisidan ortib qolganini iste’mol qilishni istasangiz, uni albatta bir soat davomida muzlatib qo‘ying va 24 soat ichida iste’mol qiling. Tun bo‘yi xona haroratida turib qolgan guruch yoki yormani tashlab yuboring, ularni hech qachon qayta isitmang. 

Guruch va yormadan tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash ko‘rsatmasiga hamisha rioya qiling.

  1. NHS. Starchy foods and carbohydrates [Online]. 2017. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/starchy-foods.aspx [Accessed February 2020]
  2. NHS. The truth about carbs [Online]. 2020. Available at: www.nhs.uk/Livewell/loseweight/Pages/the-truth-about-carbs.aspx [Accessed February 2020]
  3. NHS. What is the glycaemic index (GI)? [Online]. 2018. Available at: http://www.nhs.uk/chq/pages/1862.aspx?categoryid=51 [Accessed February 2020]
  4. Moses RG et al. Effect of a low-glycemic-index diet during pregnancy on obstetric outcomes. Am J Clin Nutr 2006;84(4):807-812.
  5. Clapp III JF. Maternal carbohydrate intake and pregnancy outcome. Proceedings of the Nutrition Society 2002 61(1);45-50.
  6. NHS. Why is fibre important? [Online]. 2018. Available at: http://www.nhs.uk/chq/pages/1141.aspx?categoryid=51 [Accessed February 2020]

Oxirgi yangilanish sanasi: 2020 yil 29 may

Nutricia kompaniyasining tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha guruhi tomonidan tayyorlangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x