Rux bilan moslashish
Rux moddasi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar
Farzandingiz tanasida sodir bo‘ladigan, to‘qima va DNKning tez o‘sishi va rivojlanishi, homiladorlik paytida organizmning rux bilan yaxshi ta’minlanishiga bog‘liq. Ushbu muhim mineral Sizning sog‘lig‘ingizni qanday qo‘llab-quvvatlashi va uning zahiralarini to‘ldirish uchun qanday mahsulotlarni iste’mol qilish lozimligi haqida bilib oling.
Hayot uchun qurilish materiali
Rux, ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan mineral, homiladorlik paytida bolaning hujayralari va DNKsini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
U hujayralarning bo‘linishi, to‘qimalarning o‘sishi va chaqalog‘ingizning normal rivojlanishini ta’minlash uchun juda muhim sanaladi. Homiladorlik — farzandingiz bitta hujayradan trillionlab hujayradan iborat kichik odamchaga aylanadigan vaqt bo‘lganligi sababli,yaxshi muvozanatlashtirilgan parhezning bir qismi sifatida ruxni sog‘lom iste’mol qilish hal qiluvchi rolga ega.
Rux o‘zining immun tizimi uchun foydasi bilan ham mashhur: u infeksiyalardan himoya qilishga va yaralarning bitishiga ko‘maklashadi, shuningdek, boshqa hayot uchun muhim oziq moddalar almashinuviga yordam beradi.
Miya salomatligi uchun yaxshi boshlanish
Homiladorlik paytida ruxni yetarli miqdorda iste’mol qilish nafaqat chaqalog‘ingizning sog‘lom o‘sishiga ta’sir qiladi.
U, shuningdek, miyaning normal ishlashi uchun muhimdir va chaqaloqning kelajakda o‘rganishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi. Rux yana kuchli immunitet tizimini shakllantirishga va antitanachalarning sog‘lom miqdorini saqlashga yordam beradi.
Homiladorlik paytida rux moddasini qabul qilish mumkinmi?
Rasioningizda ruxning kerakli miqdorda bo‘lishi, ayniqsa, immun tizimi tabiiy ravishda bosim ostida bo‘lganda, infeksiyalarga qarshi himoyasiz bo‘lib qoladigan paytingiz —homiladorlik paytida juda muhim hisoblanadi. Rux — bu immunitetni qo‘shimcha ravishda ta’minlaydigan ozuqaviy moddalardan biridir, shuning uchun u o‘zingiz uchun ham, bo‘lg‘usi farzandingiz uchun ham muhimdir.
Homiladorlikning boshidan oxirigacha ruxni sog‘lom iste’mol qilishni saqlab qolish ham erta tug‘ilish xavfini kamaytiradi.
Homiladorlik paytida rux
Rux, ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida mavjud bo‘lgan mineral, homiladorlik paytida bolaning hujayralari va DNKsini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Homiladorlik paytida qancha rux iste’mol qilish lozim?
Farzandingizning rivojlanishida shunday muhim rol o‘ynashiga qaramay, rux uchun sutkalik iste’mol miqdori kuniga 7 mg.ni tashkil qiladi, bu homilador bo‘lmagan ayollar bilan bir xil miqdorni anglatadi. Shu bilan birga, emizish davrida sizning rux moddasiga bo‘lgan ehtiyojingiz sezilarli darajada oshadi — kuniga 13 mg.gacha. Farzandingiz 4 oylikni to‘ldirgan paytda, ehtiyojingiz 9,5 mg.ga tushadi. Ushbu miqdor ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi va uni yaxshi muvozanatlashtirilgan parhezdan olishingiz lozim.
G‘aroyib, ammo bitta ustritsa (yesa bo‘ladigan dengiz mollyuskasi) sizning ruxga bo‘lgan kundalik ehtiyojingizdan ko‘proq miqdorda, ushbu vitaminni o‘z ichiga oladi. Biroq xom ustritsalar —ovqatdan zaharlanish xavfi mavjudligi tufayli, homiladorlik paytida tiyilish lozim bo‘lgan mahsulotlardan biri hisoblanadi.
Buning o‘rniga, tanangizni rux iste’moli bilan ta’minlash uchun, quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilishga harakat qiling:
Yaxshi pishirilgan ustritsalar va mollyuskalar.
• Mol go‘shti, shuningdek parranda va kurka go‘shti kabi qizil go‘sht.
• Suli yormasi.
• Yong‘oq, dukkaklilar va soya.
• Sut mahsulotlari va tuxum.
Boshoqli donlardan yopilgan nonlar, boyitilgan boshoqlilar va makkajo‘xori tarkibida ham rux mavjud, ammo ularning tarkibida mavjud bo‘lgan fitatlar ruxning boshqa oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘zlashishiga xalaqit berishi mumkin. Boshqa manbalardan maksimal miqdorda ushbu vitaminni iste’mol qilish uchun, ushbu mahsulotlarni bir vaqtning o‘zida muntazam ravishda iste’mol qilmang.
Navbatdagi qadamlar
Ruxni iste’mol qilishni ko‘paytirish uchun, ruxga boy yengil taomlar va yeguliklarni taomnomangizga qo‘shib ko‘ring:
• Bir hovuch yong‘oq bilan bo‘tqa
• Qattiq qilib qaynatilgan tuxum
• Maydalangan bodom bilan kurkadan tayyorlangan salat
• Tvorog-sulidan tayyorlangan kulchalar
- Wellinghausen N. Immunobiology of gestational zinc deficiency. Br J Nutr 2001;85(Suppl 2):S81-86.
- British Nutrition Foundation. Nutrition and development, short and long-term consequences for health. London: Wiley Blackwell, 2013. p.157.
- NHS UK. Why are pregnant women at higher risk of flu complications? [Online]. 2017. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/3096.aspx?CategoryID=5 [Accessed August 2017].
- WHO. Zinc supplementation during pregnancy [Online]. 2013. Available at: www.who.int [Accessed August 2017].
- NHS UK. Vitamins and minerals – others [Online]. 2017. Available at: www.nhs.uk/conditions/vitamins-minerals/pages/other-vitamins-minerals.aspx#zinc [Accessed August 2017].
So‘nggi marta: 2017-yil 11-avgust kuni yangilangan
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.