Qisqacha maʼlumot
Siz homiladorlik davrida ham avtomobil haydashni davom ettirishingiz mumkin – agar akusher-ginekologingiz sizga rulga oʻtirmaslikni tavsiya etmagan boʻlsa – lekin siz homiladorlik sababli bu jarayonga biroz oʻzgartirish kiritishingizga toʻgʻri kelishi mumkin. Avtomobil haydashni qanday qilib yanada qulaylashtirish boʻyicha amaliy maslahatlar oling, shuningdek homiladorlik vaqtida avtomobil boshqarishni qanday qilib oʻrganish va avtomobil haydash boʻyicha qanday qilib imtihon topshirish mumkinligi haqida bilib oling.
Ekspertlar tavsiyalari
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.
Avtomobilda sayohat qilish
Agar sizning homiladorligingiz asoratlarsiz kechayotgan boʻlsa, avtomobil haydashni toʻxtatishga hech qanday sabab yoʻq. Faqat bunda siz rulni va pedallarni boshqarishda sizda noqulayliklar kelib chiqmaguncha avtomobil haydashni davom ettirishingiz mumkin.
Ammo baʼzi ayollar uchun homiladorlik alomatlari avtomobil haydashni davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatishi mumkin; masalan, siz qattiq charchoqni his qilsangiz, ertalablari holsizlikdan yoki giperemezisdan qiynalsangiz avtomobil haydashni toʻxtatganingiz maʼqul. Har doim akusher-ginekologning maslahatlariga amal qiling va agar siz oʻzingiz avtomobil haydashga ikkilansangiz, u bilan maslahatlashishni unutmang.
Homiladorlik paytida xavfsiz avtomobil boshqarish
Agar siz haydashni davom ettirmoqchi boʻlsangiz, unda sizga bu jarayonni xavfsizroq va qulayroq qilishda quyidagi maslahatlar yordam berishi mumkin:
- Qorningizning kattalashib borishiga qarab oʻrindiqni sozlang. Ehtimol sizga oʻrindiqni biroz orqaga yotqizish yordam berishi mumkin, lekin bunda siz hali ham rulga qoʻlingiz yetishiga ishonch hosil qiling.
- Xavsizlik kamarining, beldan oʻtadigan qismi, sizning qoriningizning ustidan koʻndalangiga emas, balki ostidan oʻtishi kerak, yelka tasmasi esa qorin ustidan koʻkrak orqali oʻtishi kerak.
- Xavfsizlik yostiqchalari soz holatda boʻlishi kerak; ular avvalgidek foydalanish uchun xavfsiz boʻlishi va baxtsiz hodisa yuz berganda ishlashi, sizni va boʻlajak bolangizni himoya qilishi kerak.
- Haddan ortiq charchab qolishning oldini olish uchun orada bir oz muddatga avtomobilingizni toʻxtating. Agar siz toʻpiqlaringiz shishishidan azob chekayotgan boʻlsangiz, unda avtomobilni toʻxtatgan vaqtingizda oyoqlaringizda qon yaxshiroq aylanishi uchun oyoqlaringizni choʻzing va buking.
- Avtomobilga oʻtirayotganda va undan tushayotganda, asta harakatlaning va turishdan oldin ikki oyogʻingizni yerga qoʻyib toʻliq burilib oling. Bu sizga belingizdagi va tos qismingizdagi paylarning choʻzilishini oldini olishga hamda qov suyagi simfizi tufayli kelib chiqadigan noqulaylikni kamaytirishga yordam beradi.
- Orqa tomoningizga qoʻyilgan bel uchun yostiqchalar umurtqa pogʻonangizni ushlab turishga, tanangizning dumgʻaza qismini suyab turadigan yostiqcha esa sizni balandroq va nisbatan qulayroq burchak ostida oʻtirishingizga imkon beradi.
- Yoʻlovchi oʻrindigʻida oʻtirish homiladorlikda koʻngil aynishini kuchaytirishi mumkin. Bunday holatda, yostiqqa suyanib olish va uxlashga harakat qilish tavsiya etiladi.
- Mashinangizda doimo mobil telefon borligiga va uning quvvatlanganligiga ishonch hosil qiling.
- Mashinani yaxshi holatda saqlang. Agar siz uni anchadan buyon texnik koʻrikdan oʻtkazmagan boʻlsangiz hozir buni amalga oshirish uchun eng yaxshi vaqt.
Agar siz baxtsiz hodisaga uchragan boʻlsangiz, hatto bu arzimas avtohalokat boʻlsa ham, yoki avtomobilingizning xavfsizlik yostiqchasi haydash paytida ishlab ketgan boʻlsa, darhol shifokorga murojaat qiling.
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.