Pomidor qaylasida tayyorlangan mayda qisqichbaqali fuzilli

Tayyorlash vaqti: 5 daqiqa – Tayyorlash vaqti: 30 daqiqa – Porsiya: 2

An’anaviy xushbo‘y ta’m bilan to‘yintirilgan paeli makarondan tayyorlangan mazali taom bo‘lib, oqsillarga boy sanaladi va tarkibida tiamin va marganes kabi minerallar mavjud.

Ushbu taom: tarkibida shakar miqdori kam • kletchatka manbai • oqsilga boy • tiamin mavjud • marganes va xlorid tarkibli • fosfor manbai

Har bir porsiya tarkibi:

Ozuqaviy qiymatiMiqdoriOzuqaviy moddalarning sutkalik normasi % da
Kaloriyaligi415 kKal21%
Yog‘lar13 g19%
Uglevodlar4.5 g23%
Shakar5.9 g7%
Tuz1.7 g28%

Parhezshunos maslahati

To‘liq pishmagan, sovuq va quritilgan go‘sht iste’moli taqiqlansa ham, yaxshilab tayyorlangan bo‘lsa, chorizo kolbasalarini yeyish mumkin.

Masallig‘lar

  • Butun donli undan tayyorlangan 140 g quritilgan fuzilli
  • Yupqa va bir xil qilib kesilgan chorizo kolbasasidan 60 g
  • Tozalab qaynatilgan va muzlatilgan mayda qisqichbaqadan 70 g
  • 1/2 choy qoshiq zaytun moyi
  • Bir xil qilib kesilgan 150 g cherri pomidor
  • 1 ta maydalangan sarimsoqpiyoz donasi
  • 1/2 ta limon
  • 1/2 choy qoshiq garmdori
  • 1/2 choy qoshiq chili yormasi
  • 1/4 choy qoshiq murch
  • Bir nechta rayhon barglari
  • 1 choy qoshiq parmezan
  • Bir siqim barg………..

Retsept tarkibida quyidagi allerginlar mavjud: qisqichbaqasimonlar (krevatka), glyuten va sut. Ozuqaviy qiymati haqidagi barcha fikrlar bitta porsiya tahliliga asoslangan.

Ozuqaviy qiymati

* Butun donli yormadan fuzilli: tarkibida gormonal o‘zgarishlardan kelib chiquvchi qabziyatni oldini olishda yordam beradigan kletchatka mavjud.

* Mayda qisqichbaqa: tarkibida E vitamini mavjud. Homiladorlik davrida E vitaminni yetarli miqdorda iste’mol qilish farzandingizda keyinchalik astma va nafas yo‘llari kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi. Termik ishlov berilgandan so‘ng homiladorlik davrida mayda qichqichbaqalarni yeyish mumkin.

* Pomidor: tarkibida hujayralarni himoyalash va ularning sog‘lomligini saqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan C vitamini mavjud.

Tayyorlash usuli

1. Qadoqdagi ko‘rsatmalarga muvofiq bir oz tuz solingan suvda makaronni qaynating va tayyorlash uchun bir chashka suv qoldirib, olib qo‘ying.

2. Tovada moyni qiziting va sarimsoqpiyozni 1-2 daqiqa qovuring, keyin chorizo qo‘shing. Chorizoni suvi chiqquncha yana 2-3 daqiqa qovurung.

3. Tovaga mayda qisqichbaqa soling, chorizo moyi singishi uchun aralashtiring, keyin garmdori, chili, sedra va yarimta limon suvini qo‘shing va aralashtirishda davom eting.

4. Pomidor solib, yumshoq va qoshiqning teskari tomoni bilan ezish mumkin bo‘lguncha qovuring. Yarim stakan suv soling, aralashtiring va biroz bug‘languncha qovurishda davom eting.

5. Qayla quyuqlashganda, parmezan, rayhon va murch qo‘shing, keyin tayyor bo‘lgan pastani ovqat ustiga quying va bir xil tarqalguncha aralashtiring. Zarur bo‘lsa, qaynatish uchun yana suv qo‘shing.

6. Oxirida rukkola qo‘shing va ustidan parmezan va murch sepib dasturxonga torting.

  1. NHS. Foods to avoid in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/foods-to-avoid-pregnant/#raw-or-partly-cooked-eggs. [Accessed June 2018].
  2. NHS. Your pregnancy and baby guide [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/common-pregnancy-problems/#constipation [Accessed June 2018].
  3. Turner SW et al. Associations between fetal size, maternal α-tocopherol and childhood asthma. Thorax 2010;65(5):391-7. AND Devereux G et al. Low maternal vitamin E intake during pregnancy is associated with asthma in 5-year-old children. Am J Resp Crit Care Med 2006;174(5):499-507.
  4. Devereux G et al. Low maternal vitamin E intake during pregnancy is associated with asthma in 5-year-old children. Am J Resp Crit Care Med 2006;174(5):499-507.
  5. NHS. Foods to avoid in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/foods-to-avoid-pregnant/#fish-and-shellfish. [Accessed June 2018].
  6. NHS. Vitamin C in pregnancy [Online] 2017 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/vitamins-minerals-supplements-pregnant/#vitamin-c-in-pregnancy[Accessed July 2018].

Yangilangan sana: 2018-yil 7-sentabr

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x