O‘rik, urug‘lar va vanil qo‘shib tayyorlangan myusli

Tayyorlash vaqti: 10 daqiqa — Porsiyasi: 45 grammdan 22 porsiya

Ushbu nonushta tarkibidagi yong‘oq va urug‘lar tarkibida foydali poli to‘yinmagan yog‘li kislotalar, hamda ko‘plab vitamin va minerallar mavjud. Bu oddiy resept: siz faqatgina masalliqlarni aralashtirishingiz kerak.

Mazkur taom: tarkibida sut mahsulotlari mavjud emas • vegancha • vegetariancha • to‘yingan yog‘lar, shakar va tuz miqdori past • tola, oqsil, E vitamini, biotin, fosfor va mis moddasi manbai • tarkibida marganes miqdori yuqori.

Har bir porsiyasida:

ozuqaviy qiymatimiqdorioziq moddalarni iste’mol qilish me’yori, %larda
Kaloriyaligi214 kkal11%
Yo’glar12 g17%
Uglevodlar1.3g7%
shakar4.5 g5%
tuz0.18 g3%

Diyetolog maslahati

Bo‘lg‘usi onalar, ularda allergiya bo‘lmasa, o‘z ratsionlariga yong‘oqni kiritishlari mumkin. Homiladorlik paytida yong‘oqni iste’mol qilish bolada allergiya rivojlanish ehtimolini kamaytirishi ehtimoli mavjud.

Masalliqlar

  • 400 g suli yormasi
  • 75 g turshak, katta-katta qilib to‘g‘ralgan
  • 75 g katta-katta qilib to‘g‘ralgan xurmoqoqi
  • 150 g butun bodom
  • 175 g aralash urug‘lar (oshqovoq, kungaboqar, zig‘ir urug‘i, ko‘knor donachalari va kunjut)
  • 50 g qovurilgan bodom
  •  1 dona vanil po‘stlog‘i urug‘lari

Dasturxonga tortish

  • 135 ml shakarsiz boyitilgan bodom suti

Reseptda quyidagi allergenlar mavjud: suli, yong‘oqlar (bodom), kunjut urug‘lari, glyuten va sulfitlar. Taomning ozuqaviy qiymati to‘g‘risidagi barcha mulohazalar, bir porsiyaning tahliliga asoslangan.

Ozuqaviy qiymati

* Suli: tarkibida tola mavjud bo‘lib, u gormonal o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladigan ich qotishining oldini olishga yordam beradi.

* O‘rik: tarkibida temir moddasi mavjud bo‘lib, u bolaga homiladorlik paytida zarur bo‘lgan kislorod va oziq moddalarni olishiga yordam beradi.

* Bodom: tarkibida foliy kislotasi mavjud bo‘lib, u umurtqaning parchalanishi kabi asab naychasi nuqsonlari paydo bo‘lish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Homiladorlik paytida tarkibida folat mavjud bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishdan tashqari, foliy kislotasi qo‘shimchalarini qabul qilish tavsiya etiladi.

Tayyorlash usuli

  1. Barcha masalliqlarni yaxshi qo‘shilgunga qadar, katta idishda aralashtiring.
  2. Germetik bo‘lgan idishga oling.
  3. Bodom suti bilan birga dasturxonga torting.

  1. Maslova, Ekaterina et al. Peanut and tree nut consumption during pregnancy and allergic disease in children—should mothers decrease their intake? Longitudinal evidence from the Danish National Birth Cohort. J Allergy Clin Immunol. 2012; 130(3),724 – 732.
  2. NHS. Your pregnancy and baby guide [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/common-pregnancy-problems/#constipation [Accessed June 2018].
  3. British Nutrition Foundation. Nutrition and supplements during pregnancy [Online]. 2015. Available at: https://www.nutrition.org.uk [Accessed July 2018].
  4. NHS. Why do I need folic acid in pregnancy? [Online] 2018 Available at: https://www.nhs.uk/chq/Pages/913.aspx [Accessed June 2018].
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x