Bir umrga…
Bolangizning ertangi salomatligi uchun bugun qanday oziqlanish kerakligini bilib oling
Homiladorlik davrida siz iste’mol qilayotgan ovqat farzandingizni me’yorda o‘sishi va rivojlanishi uchun ozuqa moddalari bilan ta’minlashda organizmingizga yordam beradi. Ammo yaqinda amalga oshirilgan kashfiyotlardan ma’lum bo‘lishicha, ona qornida bola oladigan ozuqa moddalari uning kelajakdagi salomatligiga avvalda hisoblanganidan kattaroq ta’sir ko‘rsatar ekan. Homiladorlik davridagi taomlanish farzandingiz tug‘ilganidan keyin uning salomatligida hal qiluvchi rol o‘ynashining sababini va iste’mol qilinayotgan ovqatdan olinadigan foydani qanday qilib maksimal darajada oshirish mumkinligini bilib oling.
Farzandingiz kelajagini ta’minlash
Sog‘lom aql bizga singdirganidek, homiladorlik davrida to‘g‘ri taomlanish ham ona, ham bola uchun foydalidir. Lekin yaqindagina ilm-fan homiladorlikdagi parhez qanday ta’sir ko‘rsatishini aniq namoyon etdi.
Hozirda e’tirof etilishicha, homiladorlik davrida homila qabul qiladigan ozuqalar uning ona qornida o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qilish bilan kifoyalanib qolmaydi. U, shuningdek, bolaning go‘daklik, bolalik va butun qolgan umri davomidagi salomatligiga ham ta’sir o‘tkazadi.
Sog‘lom turmush tarzini tanlab va puxta muvozanatlangan, ozuqa moddalariga to‘yingan parhezga rioya etib, Siz farzandingiz farovonligini o‘n yillar oldindan qo‘llab-quvvatlaysiz.
Bolani homiladorlik davrida qo‘llab-quvvatlovchi ozuqa moddalari muvozanati
Homiladorlik davrida farzandingiz bitta hujayradan to‘liq shakllangan, noyob bolaga aylanadi. Muayyan ozuqa moddalari mana shu o‘sish uchun zarur va ularni homiladorlar ratsioniga kiritish farzandingizga sog‘lom kelajakka tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi.
Me’yorda o‘sish va rivojlanish uchun oqsillar, yog‘lar va uglevodlar (farzandingiz energiyasining asosiy qismini ta’minlovchi makroelementlar)dan tashqari, ko‘pgina mikroelementlar ham talab etiladi.
Farzandingiz rivojlanishida ko‘plab ozuqa moddalari qatnashsa-da, quyida tavsifi keladigan vitaminlar, minerallar va yog‘lar homiladorlik davrida alohida ahamiyatga ega. Ularning ayrimlari, masalan C, D, A, foliy kislotasi, tiamin va riboflavin juda zarur bo‘lib, Sizga tavsiya etiladigan miqdorlari odatdagidan ko‘ra ko‘proqni tashkil etadi. Lekin, ularning ko‘pchiligi turli kundalik ovqat manbalarida mavjudligi sababli, Siz, ehtimol, allaqachon ularni yetarli miqdorda olayotgan bo‘lishingiz mumkin.
Muayyan asosiy ozuqa moddalarining tavsiya etilgan iste’moli (aksariyat odamlar ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli sanaladigan miqdor) haqida va ularni qanday olish to‘g‘risida ko‘proq xabardor bo‘lishni istasangiz, homiladorlar uchun har bir ozuqa moddasi haqida ma’lumotga ega bo‘ling.
A vitamini
A vitamini farzandingizning ko‘rish qobiliyati me’yorda rivojlanishi uchun asosiy ozuqa moddasi bo‘ladi, shuningdek uning immun tizimini mustahkamlaydi. Ushbu ozuqa moddasini homiladorlik davrida xavfsiz iste’mol qilish farzandingiz tug‘ilganidan keyin uning organizmi uchun infeksiyaga qarshi kurashish va sog‘lig‘ini himoyalash uchun kerakli zaxira bilan ta’minlashga yordam beradi.
C vitamini
C vitamini kollagen – farzandingiz tanasining qurilish bloklaridan birini ishlab chiqish uchun zarur. Shuningdek, u organizmingizga boshqa mahsulotlardan, aynan o‘simlik manbalaridan temirni o‘zlashtirishga yordam beradi, bu bolaning kognitiv rivojlanishi uchun muhimdir.
D vitamini
D vitamini bolangizni kalsiy va fosfat bilan ta’minlashda hayotiy muhim ko‘makchi vazifasini o‘taydi. Bu ozuqa moddalari ona qornida bolaning suyaklarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lib, ularning mavjudligi bolalikdagi rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. D vitamini sog‘lom darajada bo‘lishi turli kasalliklar, jumladan astma va diabet xatarini kamaytiradi.
D vitaminining eng samarali manbai – bu quyosh nuridir. Ammo UB-nurlar intensivligi yil davomida o‘zgarib turgani sababli, u homiladorlik va ko‘krak suti bilan emizish davrida vitaminli qo‘shimcha ko‘rinishida iste’mol qilishga tavsiya etiladigan ikkita ozuqa moddasinining biri sanaladi.
Folat (foliy kislotasi)
Foliy kislotasi farzandingizning ilk rivojlanishida – asab naychasi shakllanishida qatnashadi, u pirovardida bolaning bosh va orqa miyasi hamda asab tugunlari bo‘ladi. Ushbu muhim bosqichda me’yordagi rivojlanish butun kelgusi rivojlanish uchun eng yaxshi startni ta’minlaydi va kattaroq yoshda kasalliklarga chalinish xatarini kamaytirishda yordam beradi.
Shu sababli, shuningdek ovqat orqali sutkali me’yorni olish qiyin bo‘lgani uchun, qo‘shimchalarni ham homiladorlikni rejalashtirish bosqichida, ham 12- haftasigacha iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Yod
Yod oz miqdorda kerak bo‘lsa ham, u farzandingiz miyasining rivojlanishiga xizmat qiluvchi qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqilishi uchun zarur sanaladi.
Ushbu mikroelementni mutanosib qabul qilish kognitiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi, u bolaga so‘zlash, esda saqlash, vazifalarni hal qilish, qaror qabul qilish va umri davomida zarur bo‘ladigan boshqa malakalarni o‘zlashtirishda yordam beradi.
Temir
Homiladorlik davrida qon hajmi keskin ortadi. Temir – qonning asosiy komponenti – homiladorlik davrida ratsionga kiritilishi lozim bo‘lgan muhim mineral sanaladi..
Homiladorlik davrida temirni talab darajasida iste’mol qilish temir tanqisligi anemiyasining rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi va farzandingiz miyasining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u farzandingizga hayotining ilk oylari davomida kerak bo‘ladigan temir zaxirasini oshirishga yordam beradi.
K vitamini
K vitamini – yog‘da eruvchan vitamin, u qonning me’yorda ivishiga xizmat qiladi. Homiladorlik davrida yetarlicha iste’mol qilish farzandingiz zaxirasini to‘ldirishga yordam beradi, u tug‘ilgandan keyin qon ivishi bilan muammolar yuzaga kelishi xatarini kamaytiradi.
Omega -3
Omega-3 — bu yog‘ kislotalarining alohida foydali turi bo‘lib, u, isbotlanganidek, kognitiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi va yurak kasalliklari xatarini kamaytiradi.
Omega-3ning katta manbai – bu yog‘li baliq, u DGK nomi bilan ma’lum, organizmimizga kerakli oldindan shakllangan, uzunzanjirli polito‘yingan yog‘ kislotasini ta’minlaydi. Bu yog‘ kislotasi miyamiz va ko‘zlarimiz to‘qimalarining asosiy komponenti sanaladi. Omega-3ning yetarli va tegishlicha muvozanatlangan miqdori miyaning me’yorda ishlashi uchun zarur, u farzandingiz rivojlanishining asosiy bosqichlarida ham, butun umri davomida ham aqliy jarayonga yordam beradi.
KEYINGI QADAMLAR
Tanovul qiladigan taomlaringizdan maksimal miqdorda ozuqa moddalari olish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qiling:
Ko‘proq C vitamini va foliy kislotasini saqlab qolish uchun sabzavotlarni bug‘da va grilda tayyorlang.
Temir singishini oshirish uchun C vitaminiga boy ovqatlarni temirning o‘simlik manbalari (bargli sabzavotlar va dukkaklilar) bilan birga iste’mol qiling.
Taomlanish paytida sut mahsulotalri yeb-ichmang – kalsiy temir singishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Mevalar va sabzavotlar terilganidan boshlab ulardagi ozuqa moddalarining sifati pasayib boradi. Maksimal foyda olish uchun, tashishga qo‘shimcha vaqt ketmagan mahalliy mahsulot xarid qiling va sotib olingan zahoti tanovul qiling.
Pomidorlarni dasturxonga tayyor holda torting, shunda ularning ozuqa moddalari yengil singadi.
- British Nutrition Foundation. Nutrition and development, short and long-term consequences for health. London: Wiley Blackwell, 2013.
- Vanhees K et al. You are what you eat, and so are your children: the impact of micronutrients on the epigenetic programming of offspring. Cell Mol Life Sci 2014;71(2):271- 285.
- NHS UK. Vitamin A [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/Conditions/vitamins-minerals/Pages/Vitamin-A.aspx[Accessed June 2014]
- Azaïs-Braesco V, Pascal G. Vitamin A in pregnancy: requirements and safety limits. Am J Clin Nutr 2000;71(Suppl 5):S1325-1333.
- British Nutrition Foundation. Nutrition and development, short and long-term consequences for health. London: Wiley Blackwell, 2013. (5a:155; 5b:157).
- NHS UK. Vitamins and nutrition in pregnancy [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/vitamins-minerals-supplements-pregnant.aspx[Accessed June 2014]
- Van Uitert EM et al. Influence of maternal folate status on human fetal growth parameters. Mol Nutr Food Res 2013;57(4):582-595.
- Bath SC, Rayman MP. Is iodine deficiency during pregnancy a public health concern in the UK? Nutr Bulletin 2013;38(4):400-404.
- Morales E et al. Maternal vitamin D status in pregnancy and risk of lower respiratory tract infections, wheezing, and asthma in offspring. Epidemiol 2012;23(1):64-71.
- Scholl TO. Maternal iron status: relation to fetal growth, length of gestation, and iron endowment of the neonate. Nutrition Reviews 2011;69(Suppl):S23-S29.
- Richardson AJ. Long-Chain Polyunsaturated Fatty Acids in Childhood Developmental and Psychiatric Disorders. Lipids 2004;39:1215–1222.
So‘nggi yangilash: 2014-yil 18-avgust
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.