Homiladorlik paytida foliy kislotasi

Foliyning mo‘jizasi

Siz foliy kislotasi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan faktlar

Foliy kislotasi farzandingizning erta rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, shu sababli u homiladorlikning birinchi uch oyligida asosiy oziq moddasi bo‘lib qoladi. U tanaga qanday ta’sir qilishini, uni qancha miqdorda iste’mol qilish tavsiya etilishini va qaysi oziq-ovqat mahsulotlari yordamida, asab naychalari bilan bog‘liq muammolarni kamaytirish uchun, uning zahirasini to‘ldirish mumkinligini bilib oling.

Foliy kislotasi — bo‘lg‘usi farzandingiz salomatligining himoyasidir

Homilador ekanligingizni bilishingizdan oldin, ham foliy kislotasi yoki tarkibida foliy kislotasi bo‘lgan qo‘shimchalar chaqalog‘ingizning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z vazifalarini bajaradilar. Folat bola hayotining birinchi oyida shakllanadigan va vaqt o‘tishi bilan, uning orqa miya va bosh miyasiga aylanib boradigan asab naychasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Ular birgalikda markaziy asab tizimini shakllantiradi, u farzandingizning butun tanasini boshqarish markazi vazifasini bajaradi va kelajakda o‘sishi, rivojlanishi va keyingi hayotida normal ishlashi uchun zamin yaratadi. Onaning foliy kislotasi qabul qilishi va bachadonda bola asab naychasining rivojlanishi o‘rtasida aniq isbotlangan aloqalar mavjud bo‘lganligi sababli, homiladorlik paytida foliy kislotasi nima uchun qattiq tavsiya etilgan oziq-ovqat qo‘shimchalaridan biri ekanligini anglash mushkul emas.

food supplements for conception Foliy kislotasi chaqaloq hayotining birinchi oyidanoq, uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.

Folay kislotasini yetarli miqdorda iste’mol qilish asab naychalari nuqsonlari yuzaga kelishi, shu jumladan umurtqa pog‘onasining parchalanishi xavfini kamaytiradi. Ushbu holat, ba’zi qismlari ochiq qolib, yaqqol rivojlanish muammolarini keltirib chiqargan holda, umurtqa ustuni kerakli ravishda shakllanmaganida yuzaga keladi.

Foliy kislotasi ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlar tarkibida bo‘lishiga qaramay, uni rasioningizdan yetarli miqdorda olish qiyin. O‘sib borayotgan farzandingizni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan miqdorni iste’mol qilayotganingizga ishonch hosil qilish uchun, sutkalik iste’mol miqdorini foliy kislotasi qo‘shimchalari yordamida qondirishingiz mumkin.

Homiladorlik paytida qancha foliy kislotasi iste’mol qilishim lozim?

Sog‘liqni saqlash vazirligi homilador ayollarga har kuni 400 mkg foliy kislotasini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ideal holda, homiladorlikni rejalashtirish davridan boshlagan ma’qul, shunda homilador bo‘lish paytida sog‘lom oziqlarni qabul qilishingiz mumkin. Siz foliy kislotasini homiladorlikning birinchi uch oyi davomida qabul qilishni davom ettirishingiz lozim, chunki bu davrda chaqalog‘ingizning asab naychasi rivojlanadi, shakllanadi va yopiladi.

Ko‘pgina prenatal polivitaminlar tarkibida tavsiya etilgan 400 mkg foliy kislotasi mavjud bo‘ladi yoki siz uni alohida qabul qilishingiz mumkin.

Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlar tarkibida foliy kislotasi mavjud bo‘lishiga qaramay, vitaminli qo‘shimchani qabul qilish — har kuni tavsiya etilgan 400 mkg dozani ta’minlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Ba’zi ayollarda asab naychasida nuqson paydo bo‘lishi xavfi yuqori bo‘ladi va homiladorlik paytida, kuchliroq himoyani ta’minlash uchun, ularga ko‘proq foliy kislotasi kerak bo‘lishi mumkin. Shifokoringiz quyidagi holatlarda kuniga 5000 mkg foliy kislotasi qabul qilishni tavsiya qilishi mumkin:

• Agar Siz yoki turmush o‘rtog‘ingizning asab naychasida nuqson bo‘lsa

• Agar oilalaringizda asab naychalari nuqsonlari holatlari kuzatilgan bo‘lsa

• Agar Sizda asab naychasida nuqson paydo bo‘lgan boshqa bir homiladorlik bo‘lgan bo‘lsa

• Agar Siz diabet kasalligiga chalingan bo‘lsangiz

• Agar Siz epilepsiyaga qarshi dori ichsangiz

Agar hozir homiladorlikning birinchi uch oyligida bo‘lsangiz va homiladorlikdan oldin, foliy kislotasini qabul qilmagan bo‘lsangiz, tashvishlanmang. Uni hozirdan boshlab ichishni boshlang va kamida 12-haftagacha davom eting.

Foliy kislotasining iste’molini quyidagi mahsulotlar yordamida ko‘paytiring.

Mahsulot (100g)Foliy kislotasi (mkg)
Sarsabil (qaynatilgani)173
Nonushta uchun yormalar111-333
Bryussel karami(qaynatilgani)110
Turli yongoqlar (xom)93
Brokkoli (xom)90
Bug’doy noni88
Rukola88
Oq karam (xom)84
Salat (xom)55
No’xat (muzlatilgan, qaynatilgan)47
Apelsin (xom)31
Yashil and Jiggarang yasmiq (qaynatilgani)30
qulupnay (xom)20

Folat — foliy kislotasining oziq manbai hisoblanadi. U quyidagi mahsulotlar tarkibiga kiradi:

  • Yashil bargli sabzavotlar
  • Jigarrang guruch
  • Bug‘doy noni
  • Boyitilgan nonushta yormalari

Shuni ta’kidlash kerakki, suvda eruvchan ozuqa moddasi bo‘lgan folat, pishirishning muayyan usullari, ayniqsa qaynatish va dimlashga nisbatan sezgir hisoblanadi. Agar siz sabzavotlarni qaynasangiz, ular mazkur jarayonda foliy kislotasining 40% gacha miqdorini yo‘qotishi mumkin, dimlash esa yanada katta yo‘qotishga olib kelishi mumkin — 80% gacha. Foliy kislotasiga boy sabzavotlarni tayyorlashda, siz ularni bug‘da tayyorlash, duxovkada pishirish yoki xom ko‘rinishda iste’mol qilish orqali ularning ozuqaviy qiymatini saqlab qolishingiz mumkin. Agar siz sabzavotlarni qaynatish orqali  pishirsangiz, qaynatiladigan suv o‘rnida, ozuqaviy qo‘shimcha sifatida souslar yoki sho‘rvalardan foydalanishga harakat qiling.

(80 g — meva va sabzavotlar uchun tavsiya etilgan porsiya hajmi)

NAVBATDAGI QADAMLAR

Agar siz hali homiladorlikning 12-haftasiga yetmagan bo‘lsangiz, taomnomangizga kamida 400 mkg foliy kislotasini qo‘shishingizga ishonch hosil qiling.

Homiladorlikning boshidan oxirigacha, quyidagi foliy kislotasiga boy taomlar va yeguliklar iste’molini oshirishga harakat qiling:

  • Yasmiqli karri va jigarrang guruchli mangolda
  • Donli tostlarga qo‘yilgan pishirilgan loviya
  • Karamdan tayyorlangan, qovurilgan chipslari
  • Xumus tarkibidagi brokkoli

  1. NHS UK. Spina Bifida [Online]. 2012. Available at: www.nhs.uk/conditions/Spina-bifida/Pages/Introduction.aspx[Accessed June 2014]
  2. NHS UK. Why do I need folic acid in pregnancy? [Online]. 2013. Available at: www.nhs.uk/chq/Pages/913.aspx?categoryid=54&subcategoryid=129 [Accessed June 2014]
  3. McCance and Widdowson. Composite of foods integrated dataset [Online]. 2002. Available at: http://tna.europarchive.org/20110116113217/http://www.food.gov.uk/science/dietarysurveys/dietsurveys/ [Accessed June 2014]
  4. NHS UK. 5 A DAY portion sizes – how much is a portion of fruit or veg? [Online]. Available at: www.nhs.uk/change4life/pages/five-a-day-portion-sizes.aspx [Accessed June 2014]
  5. Gov.UK. Nutrient analysis of fruit and vegetables [Online]. 2013. Available at: www.gov.uk/government/uploads/system/uploads/attachment_data/file/167942/Nutrient_analysis_of_fruit_and_vegetables_-_Summary_Report.pdf [Accessed June 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 18-avgust kuni yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x