Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

O‘qish vaqti: 5 daqiqa

Ko‘pchilik ayollar homiladorlik davrida hech qanday zaruriyat bo‘lmasa ham ba’zi mahsulotlarni iste’mol qilishdan saqlanadilar, shu boisdan, ilmiy tadqiqotlarga tayanib, siz uchun foydali qo‘llanma ishlab chiqdik, bundan maqsad ko‘krak bilan oziqlantirish davrida qaysi mahsulotlarni yemaslik haqida ma’lumot berishdir.

garimdori

Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida o‘tkir taomlarni ratsiondan chiqarib tashlash shart emas. Ushbu mahsulotlarning ta’m kuchaytirgichlarini ko‘krak sutiga qo‘shilishi ko‘krakdan ayirish paytiga kelganda bola yanada ko‘proq xushbo‘yliklarga o‘rganishiga yordam beradi.

yong'oq belgisi

Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida o‘tkir taomlarni ratsiondan chiqarib tashlash shart emas. Ushbu mahsulotlarning ta’m kuchaytirgichlarini ko‘krak sutiga qo‘shilishi ko‘krakdan ayirish paytiga kelganda bola yanada ko‘proq xushbo‘yliklarga o‘rganishiga yordam beradi.

baliq

Ko‘krak sutida foydali yog‘lar manbasi bilan bolani ta’minlash uchun haftasiga 2 marta yog‘li baliq iste’mol qilish muhimdir. Ammo baliq tarkibida simob bo‘lganligi uchun ikki porsiyadan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida nimalarni yeyish mumkin emas?

Ko‘krak bilan oziqlantirish

Bolani eng muhim ozuqaviy moddalar bilan ta’minlash uchun ko‘krak bilan oziqlantirish davrida muvozanatlashtirilgan sog‘lom parhezga amal qilish o‘ta muhimdir. Shuning uchun arzirli sababsiz mahsulotlar iste’molini cheklash to‘g‘ri emas, chunki bu farzandingizni muhim ozuqa manbasidan mahrum qilishi mumkin. Agar muvozanatlashtirilgan sog‘lom parhezga amal qilsangiz, ko‘krak bilan oziqlantirish davrida ratsioningizga ko‘p o‘zgartirish kiritish shart emas. Asosan o‘tkir va allergin taomlardan hamda baliq iste’molini cheklang.

O‘tkir taomlar

Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida o‘tkir taomlardan saqlanish shart emas. Aslida, ushbu mahsulotlarning ta’m kuchaytirgichlarini siz yeydigan taomlarga qo‘shilishi ko‘krakdan ayirish paytiga kelganda bola yanada ko‘proq xushbo‘yliklarga o‘rganishiga yordam beradi.

Allergen mahsulotlar

  • Agar sizda allergik muammosi bo‘lmasa, allergen mahsulotlardan tiyilishga zaruririyat yo‘q. Farzandingizda allergik reaksiya bo‘lgan yoki shifokor tavsiya etmaydigan holatlar bundan mustasno.
  • Sigir sutiga allergiya kattalarga nisbatan ko‘proq bolalarda uchraydi, shuning uchun bundan ko‘pchilik ota-onalar tashvishlanadi. Ko‘krak bilan oziqlantirish ayrim holatlarda shunday belgilarga sabab bo‘lsa-da, ular sutli aralashmalarni qabul qilishda yoki ko‘krakdan ayirishni boshlaganda ko‘proq kuzatiladi. Ekzema, teri toshmasi, diareya, qayt qilish, lab shishishi, qorindagi og‘riq shunday belgilardir. Ko‘krak bilan oziqlantirish paytida sigir sutini iste’moldan chiqarish shart emas, ammo bu farzandingizda allergik reaksiyalarga sabab bo‘lyapti deb hisoblasangiz, shifokorga murojaat qiling.

Baliq

  • Ko‘krak sutida foydali yog‘lar manbasi bilan bolani ta’minlash uchun haftasiga 2 marta yog‘li baliq iste’mol qilish muhimdir. Ammo baliq tarkibida simob bo‘lganligi uchun ikki porsiyadan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
  • Marlin/qilichburun va akula tarkibida simob ko‘p bo‘ladi va ularni haftasiga faqat bir marta iste’mol qilish tavsiya etiladi. Losos, tunes, skumbriya, forel va sardina kabi baliqlarni haftasiga 2 marta yeyish mumkin.

Ilmiy izoh

ASOSIY YOG‘ KISLOTALARI

Nutricia asosida

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘krak suti tarkibida tabiiy ravishda uchraydigan almashtirib bo‘lmas yog‘ kislotalari – Omega-3 va Omega-6 bolaning miya, ko‘z va nerv tizimi rivojlanishi uchun haqiqatdan ham muhimdir. Losos, skumbriya, sardina va tunes kabi Omega-3 va Omega-6’ga boy mahsulotlarni iste’mol qilish bolaning ko‘rish, sezish qobiliyati va kognitiv rivojlanishiga yordam beradi.

Ko‘krak bilan oziqlantirishda nimalarni iste’mol qilmaslik kerak?

vino

Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida iste’molini cheklash kerak bo‘lgan boshqa mahsulotlar ham mavjud bo‘lib, ayrim dorilar, kofein, spirt va tamaki mahsulotlari shular jumlasidan. Ko‘krak bilan oziqlantirish davrida dorilarni qabul qilish yuzasidan sizda savollar tug‘ilsa, shifokorga murojaat qiling. 

  1. Cooke, L., & Fildes, A. Appetite, 2011;57(3):808-811.
  2. Jeong G. et al. Korean J Pediatr. 2017;60(3):70-76
  3. European Food Safety Authority Panel on Dietetic Products, Nutrition and Allergies. Scientific opinion: DHA and ARA and visual development. EFSA Journal 2009;941:1-14.
  4. Foods to Avoid When Breastfeeding | Breastfeeding | Start4Life. (2020). Retrieved 3 January 2020, from https://www.nhs.uk/start4life/baby/breastfeeding/healthy-diet/food-and-drinks-to-avoid/
  5. Lifschitz, C., & Szajewska, H. Eur J Pediatr, 2015;174(2), 141–150.

Yangilangan sana: 2020-yil 17-iyun

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x