O’qish vaqti: 2 daqiqa
Ko‘krak sutini emizish davrida qahva ichish mumkinmi? Shokolad yeyishchi?
Ko‘p ichimliklarda va oziq-ovqat mahsulotlarida kofein bor, shuning uchun har kuni o‘ta ko‘p kofein iste’mol qilmaslik uchun, ularning tarkibini bilish muhim bo‘ladi.
Siz ko‘krak sutini emizish davrida kuniga 200 mg dan ortiq kofein iste’mol qilishingiz mumkin emas, shuning uchun, ko‘krak sutini emizib qahva ichadigan bo‘lsangiz, albatta kuniga ko‘pi bilan 2 piyola (chashka) eruvchan qahva yoki 1 stakan yangi tayyorlangan qahva iste’mol qiling.
Qahva, choy, energetik ichimliklarda va shokoladda kofein bor.
Kofeinli ovqatni yoki ichimliklarni iste’mol qilishdan keyin bir soat o‘tganda ko‘krak sutida kofein miqdori eng ko‘p bo‘ladi.
Kofein qon oqimi orqali ko‘krak sutiga o‘tishi, demak, bolangizga ta’sir ko‘rsatishi, uning sog‘lig‘i uchun ba’zi uzoq muddatli asoratlarni, masalan, yuqori qon bosimi bo‘lishini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun onada imkoni boricha kamroq kofein miqdori bo‘lishi eng afzal hisoblanadi. Lekin, alkogol va ko‘krak sutini emizish holatidagi kabi, kofeinni ko‘krak sutini emizish davrida iste’mol qilish mumkin, lekin kam miqdorda bo‘lishi shart.
Ko‘krak sutini emizish davrida qancha kofein iste’mol qilish mumkin?
Sog‘liqni saqlash vazirligi, bolaga ta’sir ko‘rsatmasligi uchun, kuniga faqat 200 mg kofeinni iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Turli oziq-ovqat mahsulotlarida va ichimliklarda kofeinning mumkin bo‘lgan miqdorini ko‘ring:
Odatdagi oziq-ovqat mahsulotlarida va ichimliklarda kofeinning miqdori
Manba | Kofeinning miqdori(mg) |
---|---|
qahva | |
– Bir piyola (chashka) eruvcha qahva | 100 |
– bir piyola (chashka) | 140 |
bir piyola (chashka) | 50 |
Bir banka dietik koka-kola | 42 |
Bir banka energetik ichimlik | 87 |
50 g qora shokolad | 50 |
50 g sutli shokolad | 10 |
Ko‘krak sutini emizish davrida qahva ichish mumkinmi?
Ha, siz ko‘krak sutini emizish davrida qahva ichishingiz mumkin. Filtrlangan qahva ichida bir piyolada (chashkada) 140 mg kofein bor, shuning uchun Siz kofeinning tavsiya etilgan miqdori – kuniga 200 mg ni iste’mol qilishdan oshib ketmaslik uchun, ko‘krak sutini emizish davrida 1 chashka filtrlangan yoki 2 chashka eruvchan qahvadan ortiqroq ichmasligingiz kerak.
Shokolad va ko‘krak sutini emizish
50 g sutli shokolad tarkibida 10 mg kofein bor. Lekin shokolad ichida, kofeinga o‘xshash stimulyator (kuchaytiruvchi) modda bo‘lgan teobromin ham bor. Shokoladda teobromin miqdori ham ko‘p emas, lekin kofein bilan birgalikda u kuchliroq ta’sir etishi mumkin. Demak, bolani o‘ta ko‘p zo‘riqtirmaslik uchun, faqat ozgina shokolad yeyish afzalroq bo‘ladi. Ya’ni, Siz ko‘krak sutini emizish davrida ham, faqat oz miqdorda shokolad yeyishingiz mumkin.
- nhs.uk. (2020). Breastfeeding and diet. [online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/breastfeeding-diet/ [Accessed 6 Jan. 2020].
- Mitchell, D., Knight, C., Hockenberry, J., Teplansky, R. and Hartman, T. Beverage caffeine intakes in the U.S. Food and Chemical Toxicology, 2014;63:136-142.
- Tyrala, E. and Dodson, W. Caffeine secretion into breast milk. Archives of Disease in Childhood, 1979;54(10):787-800.
- Zoumas, B. Kreiser, R. and Martin, R. Journal of Foods Science 1980;45(2): 314-316
Oxirgi yangilanish sanasi: 2020 yil 17 aprel
Nutricia kompaniyasining tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha guruhi tomonidan tayyorlangan
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.