Bolajoningizning sog‘lom ichagi uning immunitetiga dalda bo‘ladi.
Bolangizning ichagini parvarishlash uning kelajakdagi salomatligi uchun juda muhimdir. Ichak bolangizning immun tizimini qo’llab-quvvatlashda katta ahamiyatga ega.
Farzandingiz dunyoga kelganida uning immuniteti hali to’liq rivojlanmagan bo’ladi. Tug’ilganidan to ikki yoshgacha bo‘lgan birinchi 1000 kunlik davr bu sizning kichkintoylaringizning immun tizimini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega va bolangizning kelajakdagi sog‘lig‘iga poydevor qo‘yadigan sog‘lom ichak mikrobiotasini yaratish jarayondir.
To‘g‘ri ovqatlanish
Oziqlanish sog‘ligimizni shakllantirishning asosiy kuchidir. To‘g‘ri ovqatlanish chaqalog‘ingizning ichaklari sog‘lom bo‘lishiga va unumdor ishlashiga yordam beradi. Bu sog’lom rivojlanish, muvozanatli mikrobiota va immunitet tizimini chiniqtirishga yordam beradi.
Sog‘lom ichakning mikrobiotasi
Ozuqa tanaga ichak orqali kiradi, u o‘z o‘rnida zararli bosqinchilarga qarshi birinchi himoya vositasidir. Ichakda immunitet hujayralarining 70-80% va 100 trillion bakteriyalar joylashgan, ular barqaror immunitet tizimini rivojlantirish uchun zarurdir. Kattalarning ichaklaridagi mikrobiota vazni 2 kggacha yetishi mumkin, va bu yerda butun tanamizda qancha hujayra bo‘lsa, shuncha bakteriya bo‘lishi mumkin.
Mikrobiota – tanamizning ustida va ichida hamjihatlikda yashaydigan mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar va boshqalar) uyushmasi. Ular barmoq izlari kabi har bir odamda o‘ziga xos bo‘ladi. Garchi sizning ichaklaringizda trillionlab tirik mikroorganizmlar bo‘lishi siz uchun g‘ayrioddiy tuyilsa ham, chaqalog’ingiz har kuni ulardan foyda ko’radi. Ichakdagi sog’lom mikrobiota bolangizning sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan quyidagicha ko‘plab funksiyalarga ega:
- Bolangizni zararli mikroorganizmlardan himoya qilish
- Ba’zi foydali vitaminlarni ishlab chiqarish, masalan B12, foliy kislotasi va K1
- Bolangizning organizmiga ba’zi mahsulotlarni hazm qilishda yordam berish, masalan, ozuqa tolalarini.
Ichak mikrobiotasi va bolangizning immun tizimi haqida ko‘proq bilish uchun NutriciaClub tomonidan Svetlana Gennadiyevna Makarova bilan hamkorlikda tayyorlangan jonli translyatsiyani tomosha qiling! Svetlana Makarova, pediatr, allergolog-immunolog, parhezshunos, tibbiyot fanlari doktori.