O‘qishga sarflanadigan vaqt: 5 daqiqa
Sizning oziqlanishingiz farzandingizga, suv muvozanatini ushlab turishdan tortib to ko‘krak bilan emizish davridagi sog‘lom muvozanatlangan ovqatlanishgacha bo‘lgan kelgusi salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun, zarur vitaminlar va minerallar olishiga imkon beradi. Sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risidagi bilimlarimiz tufayli, Nutricia club ko‘krak bilan emizish davridagi ratsion to‘g‘risida ushbu foydali qo‘llanmani tuzdi.
Ko‘krak suti bilan boqiladigan bolalar Siz nimani yesangiz, o‘shani «tatiydilar» va, shu sababli, ularni ko‘krakdan ajratish hamda yangi mahsulotlar bilan tanishtirish tajribasi ko‘proq esda qolarli bo‘ladi.
Losos, skumbriya, sardina va tunets kabi PTYKga boy mahsulotlarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish ko‘z va miyaning yaxshiroq rivojlanishiga xizmat qilishi mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, farzandingizda suyaklar bilan muammo rivojlanishi xatarini pasaytirish uchun, kuniga 10 mkg D vitaminini iste’mol qilishni tavsiya etadi.
Farzandingiz barcha ozuqalarni bevosita ko‘krak sutidan oladi. Bu esa, siz yeyayotgan barcha taomlar – salatmi, karri yoki tunetsdan steykmi – bolani hayotiy muhim vitaminlar bilan ta’minlashini anglatadi. Shu sababli, ko‘krak suti bilan katta bo‘lgan chaqaloqlar, ko‘krakdan ajratish vaqti kelganda, yangi ta’mlar bilan tanishishda ancha dadil bo‘ladilar.
Ammo, Sizning ovqat tanlovingizda faqat farzandingizgina foyda ko‘rmaydi. To‘g‘ri ratsion Sizga hayot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur energiya va ozuqa moddalarini olishda yordam berishi mumkin. To‘g‘ri – o‘ta kam ham, o‘ta ko‘p ham bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish esa, sut ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashda yordam berishi mumkin.
Shu o‘rinda farzandingiz uchun optimal o‘sish va rivojlanishga kerakli asosiy ozuqa moddalarini qabul qilayotganingizga amin bo‘lish maqsadida, o‘z ratsioningizni tekshirish ayni muddao bo‘lardi.
Ko‘krak bilan emizayotganda nima yeyish kerak?
Ehtimol, Siz mavjud ratsioningizga biror o‘zgartirishlar kiritish shart emasligini bilib olarsiz, ammo asos sifatida ko‘krak bilan emizish davridagi o‘z ovqatlanishingizda quyidagi tavsiyalarni hisobga olishga harakat qiling:
• Xilma-xillik: barra, muzlatilgan, quritilgan yoki konservalangan meva va sabzavotlardan kuniga kamida 5 porsiya.
• Elanmagan undan tayyorlangan non, makaron mahsulotlari, guruch va kartoshka kabi kraxmalli mahsulotlar.
• Yirik tortilgan un mahsulotlari (yorma yoki non), dukkaklilar, meva va sabzavotlardan ko‘p miqdorda kletchatka.
• Yog‘siz go‘sht, qush, baliq, tuxum va dukkaklilardan oqsil.
• Sut, pishloq, yogurt kabi sut mahsulotlaridan kalsiy.
• Haftasiga kamida 2 porsiya baliq, jumladan yog‘li baliq.
Ilmiy izoh
ASOSIY YOG‘ KISLOTALARI
Nutricia bazasida
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan Omega-3 va Omega-6 yog‘ kislotalari ko‘krak sutida tabiiy ravishda mavjud bo‘lib, ular, haqiqatan, farzandingizning miya, ko‘z va asab tizimlarining rivojlanishi uchun muhimdir. Losos, skumbriya, sardina va tunets kabi Omega-6 va Omega-3ga boy mahsulotlarni iste’mol qilish farzandingizning ko‘rish, sensor va kognitiv rivojlanishiga xizmat qiladi.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, jumladan, ko‘krak sutida tabiiy ravishda mavjud bo‘lgan PTYKning ikki turi – Omega-3 va Omega-6 bolaning miyasi, ko‘zlari va asab tizimi rivojlanishi uchun muhim. Losos, markel, sardina va tunets kabi PTYKga boy mahsulotlarni ko‘p miqdorda iste’mol qilish ko‘z va miyaning yaxshi rivojlanishiga xizmat qilishi mumkin.
Daniya pishiriqlari, pechenye va shokolad shirinlikka bo‘lgan talabni qondirishi mumkin bo‘lsa ham, qand miqdori va kaloriyasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar odatda ozuqaviy qiymatga ega bo‘lmaydi. Energiyaning uzoq muddat kelib turishi uchun bir siqim kungaboqar yoki qovoq urug‘ini mayiz, klyukva yoki goji rizamevasi bilan tanovul qilgan ma’qul.
Agar to‘yimliroq taomni istasangiz, salat va yog‘siz go‘sht, losos, sardina yoki qirg‘ichdan chiarilgan pishloqli elanmagan undan tayyorlangan pittni, bir likopcha boyitilgan, kletchatkaga o‘ta boy yorma va sutni yoki barra mevalar va yogurtni tanlang.
Ko‘krak bilan emizishda qancha suv ichish kerak?
Ko‘krak bilan emizish chanqoq hissini uyg‘otishi mumkin. Emizish paytida yoningizda katta stakanga suv solib qo‘ying. Ko‘krak suti ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlashda suyuqlik iste’moli nihoyatda muhim. Shu sababli Siz kuniga 2 litr yoki 8 stakan suyuqlik ichishga intilishingiz kerak. Suyuqlik muvozanatini ushlab turishda suv hammasidan yaxshi sanaladi ammo Siz, shuningdek, ratsionga sut va meva sharbatini kiritishingiz ham mumkin.
Achchiq choy va qahvaning haddan ortiq miqdoridan tiyilish kerak, chunki kofeinning biroz miqdori farzandingizga o‘tishi ehtimoli bor. Shuningdek, alkogoldan chetlanish kerak, chunki u sutga o‘tishi mumkin.
Vitaminlar va ko‘krak bilan emizish
Quyosh vitamini nomi bilan mashhur D vitamini suyaklarning me’yorda rivojlanishi uchun zarur. Farzandingizda raxit kabi suyak muammolari rivojlanishi xatarini pasaytirish uchun uni kuniga 10 mkg.dan qabul qilish tavsiya etiladi.
Ko‘krak bilan emizishda ozish
Ko‘krak bilan emizish kuniga 500 kaloriyani eritadi, binobarin, Sizga homiladorlikda to‘plangan vaznni yo‘qotishda yordami beradi. Sizning ko‘krak sutingiz farzandingizni barcha ozuqa moddalari bilan ta’minlar ekan, Siz, farzandingizning yaxshi o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash uchun, o‘z ratsioningizda barcha kerakli ozuqa moddalarini olayotganingizga amin bo‘lishingiz kerak. Shu sababli ko‘krak bilan emizish davrida ratsioningizni haddan tashqari chegaralash tavsiya etilmaydi. Biroq barcha kerakli ozuqa moddalariga ega me’yordagi parhezga rioya etish farzandingizning sog‘lom vazn to‘plashiga xizmat qilishi kerak.
- Beauchamp G and Mennella J. Digestion. 2011;83(Suppl 1):1– 6.
- European Food Safety Authority Panel on Dietetic Products, Nutrition and Allergies. Scientific opinion: DHA and ARA and visual development. EFSA Journal 2009;941:1-14.
- NHS– Breastfeeding and diet -Your pregnancy and baby guide [Online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/breastfeeding-diet/ [Accessed December 2019]
- Aaltonen, J., et al. Eur J Clin Nutr, 2010;65(1):10-19.
- Amir, L., & Donath, S. Early Hum. Dev., 2012;88(7):467-471.
- Marangoni, F. et al. Nutrients, 2016;8(10) :629
- Morse, J., et al. Can J Public Health., 1992;83(3):213-6.
- Guidelines for perinatal care. 7th American Academy of Pediatrics and the American College of Obstetricians and Gynecologists; Washington, DC: 2012.
- Jarlenski, M. et al. Preventive medicine, 2014;69:146–150
So‘nggi yangilash: 2020-yil 13-iyul
Tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha Nutricia jamoasi tomonidan tayyorlandi
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.