Farzandingiz shamollab qolganda, siz qo’shimcha C vitamini berishni o’ylashingiz mumkin, ammo bu vitaminning qancha qismi aslida shamollash va oldini olishda yordam beradi? C vitamini shamollashni oldini olishga samarali yordam beradi va bu juda ko’p o’rganilgan mavzudir. Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, C vitamini sizni yoki sizning kichkintoyingizni shamollashiga to’sqinlik qilmaydi. Biroq, C vitamini shamollashning davrini kamaytirishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, chaqalog’ingiz shamollashdan tezroq tuzala boshlaydi. Buning sababi shundaki, C vitamini immunitet tizimining normal ishlashiga hissa qo’shadi.
Askorbin kislota deb ham ataladigan C vitamini tanani kuchli va sog’lom saqlashga yordam beradigan muhim vitamin va antioksidant hisoblanadi. Bu shuningdek suyaklar va tishlarni, mushaklarni, qon tomirlarini sog’lom saqlash uchun muhim ahamiyatga ega va tanangizga bolangiz uchun muhim mineral bo’lgan temirni so’rib olishga yordam beradigan kollagen hosil bo’lishiga yordam beradi. Biroq, C vitaminining eng samarali funktsiyalaridan biri bu organizmning immunitet tizimini qo’llab-quvvatlashdagi rolidir. Kichkintoyning ovqatlanish ratsioniga C vitaminini kiritish orqali uning immunitet tizimini mustahkam saqlash mumkin.
Farzandingizning dietasida C vitamini
Farzandingiz etarli miqdordagi C vitamini olishiga qanday ishonch hosil qilishingiz mumkin? Inson tanasi o’z-o’zidan C vitamini ishlab chiqara olmaydi. Ota-ona sifatida farzandingiz har kuni turli xil rang-barang meva va sabzavotlarni iste’mol qilishiga ishonch hosil qiling. C vitaminini sitrus mevalar, olma, rezavorlar, kivi, qayla, pomidor, kartoshka, ismaloq, brokkoli va qalampir kabi ko’plab meva va sabzavotlardan topishingiz mumkin. C vitamini barcha Nutrilon Premium aralashmalarida ham mavjud. Agar sizning kichkintoyingiz C vitamini bilan to’ldirilgan meva va sabzavotlarni yaxshi ko’rmasa, ularda o’sha meva va sabzovtlarga bo’lgan qiziqishni o’yg’atishga harakat qiling! Masalan, chiroyli mevali piyola yoki kamalak rangli sabzavotli shishlarni sinab ko’ring. Albatta, qiziqarli harkatlardan so’ng kichkintoyingiz ushbu foydali ovqatlarni darhol yaxshi ko’raib iste’mol qilishni boshlaydi.
Svetlana Makarova, pediatr, allergist-immunolog, dietolog (to’g’ri ovqatlanish mutaxassisi), tibbiyot fanlari doktori bilan birgalikda tayyorlagan online muloqotimizni tomosha qiling! NutriciaClub tomonidan tayyorlangan online muloqotda, siz bir yoshdan oshgan bolajonlar uchun to’g’ri ozuqalanish, bolalarda virusli infektsiyalarning oldini olish va davolash haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lasiz!