ona va bola

Bolangizni kelajakka tayyorlab oʻstiring: kuchli immunitet bilan

Bizning farzandlarimiz oʻsayotgan olam muntazam oʻzgarib va rivojlanib bormoqda. Hayot yoʻllarida ular juda koʻp imkoniyatlar va qiyinchiliklarga duch keladilar. Shu bois bolalarimiz eng kichik yoshdanoq moslashish qobiliyatini, yaʼni ularga umrlari davomida yordam beradigan jihatni kuchaytirib borishlari talab etiladi.

Moslashuvchanlik nima uchun bu qadar muhim?

Moslashuvchanlik farzandlarimizda kelgusidagi voqea-hodisalarga mustaqil tarzda munosabat bildirish koʻnikmasini hosil qiladi. Hozirda bunday qobiliyat juda ahamiyatlidir. Dunyo uzluksiz surʼatda oʻzgarib boryapti va biz bolalarimizni qanday sinovlar kutib turganini hali yaxshi bilmaymiz. Farzandingizda moslashuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish uning kelajakda qarshisidan chiqadigan mushkulotlarni dadil yengishiga yordam beradi.

Bolalarda erta yoshdanoq moslashuvchanlik qobiliyatini qanday qilib rivojlantirish mumkin?

Eng maqbul usul – bu eng erta yoshdanoq bolangizga olamni oʻrganish va mustaqil tajriba yigʻishga yoʻl qoʻyib berishdir. Binobarin, har bir hodisadan keyin uning moslashuvchanlik darajasi ortib boradi va butun umri davomida unga hamroh boʻladi. Bu yana bolaga hayotdan yangidan-yangi taassurotlar olishga ham imkoniyat beradi. Ilk suzish mashgʻulotidan togʻga uyushtirilgan birinchi safargacha odamlar va tabiat bilan har qayday yangi muloqot bolada moslashuvchanlik qobiliyatini rivojlantirishga hissa qoʻshadi.

Bugun sizning dilbandingiz, ehtimol, oʻzining qimmatli vaqtini toza havo qoʻynida oʻtkazib, hayotida birinchi marta qor oʻynayotgandir, past harorat va shabadali ob-havo bilan tanishayotgandir. Kelgusida farzandingizdagi moslashuvchanlik qobiliyati har xil ob-havo sharoitlarida uyushtirilgan safarlar va sayrlar singari oʻzaro harakatlar natijasida yanada kuchayishi mumkin. Qadamba-qadam bolangiz har bitta yangi sinov bilan oʻzidagi moslashuvchanlik qobiliyatini kuchaytirib boradi.

Birlamchi tajriba uchun immun tizimining muhimligi haqida

Immun tizimi moshlashuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish asosi boʻlib, u bolangizni hayotdagi sinovlarga teran holatda tayyorlaydi.

Farzand tugʻilganda uning immun tizimi hali oxiriga qadar shakllanmagan holatda boʻladi. U butun umr davomida rivojlanib boradi, chunki eng qudratli himoya-da aslida eng kichigidan boshlanadi. Shunga qaramay, immun tizimining asosiy shakllanish davri 3 yoshda oʻz poyoniga yetadi. Ushbu davr mobaynida balansli sogʻlom oziqlanish farzandingiz organizmini immun tizimining rivojlanishi uchun talab etiladigan barcha zaruriy moddalar bilan taʼminlaydi – bu xoh boshqa bolalar bilan muloqot yoki sovuq ob-havo va loy orqali boʻlsin. Siz farzandingiz bilan har qanday atmosfera sharoitida toza havoda, shu bilan birga, tabiiy va nihoyatda steril boʻlmagan muhitda mashq qilish yoki birga oʻynash orqali ushbu muhim koʻnikmani olishga yordam berishingiz mumkin.

Oziqlanish – immun tizimini rivojlantirishda muhim qismdir.

Oziqlanish immun tizimining rivojida muhim ahamiyatga ega. Organizmni A,C va D vitaminlari kabi zaruriy oziq moddalar bilan muntazam taʼminlab turish sogʻlom immun tizimi uchun juda kerakdir.

Oʻsayotgan bolalarga moʻljallangan Nutrilon Premium bolalar suti 40 yillik tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, oʻzining noyob formulasi bilan farzandingizning balanslangan parheziga foydali mahsulot sifatida qoʻshiladi. Uning tarkibida A, C va D vitaminlari mavjud boʻlib, ular sogʻlom immun tizimini tabiiy ravishda rivojlantirishda yordam beradi.

Bolangizda moshlashuvchanlik qobiliyatini muntazam rivojlantiring va uning badanidagi immun tizimini muttasil kuchaytirib boring. Nutrilon Premium 3 ota-onalarga bolani eng maqbul tarzda kelajakka tayyorlashda yordam beradi.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x