Bola uchun D vitamini

Salom, quyosh

Oziq-ovqatdan olish qiyin bo‘lgan beqiyos ozuqa moddasi

D vitamini chaqalog‘ingiz suyaklarining normal rivojlanishi uchun juda muhim bo‘lib, u organizmda immunitetni qo‘llab-quvvatlash kabi boshqa muhim vazifalarni bajaradi. U organizm tomonidan quyosh nurlariga javoban ishlab chiqariladi va cheklangan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi. Lekin, ushbu vitaminni kerakli miqdorda parhez va quyosh nurlari orqali olish qiyin bo‘lishi mumkin. Farzandingizning taomnomasiga qo‘shimchalar kiritish nima uchun tavsiya etilishini va ularning yetishmovchiligi qanday oqibatlarga  olib kelishi mumkinligini bilib oling.

D vitamini: quyosh nurlari vitamini

D vitamini teriga quyoshning ultrabinafshasi — quyosh nurlari tushganda,  tanada ishlab chiqariladi. U shuningdek kam sonli oziq-ovqat mahsulotlarida ham uchraydi. D vitaminining eng samarali tabiiy manbai quyosh nurlari bo‘lganligi sababli, uni ba’zida quyosh nurlari vitamini deyishadi.

Yog‘da eriydigan vitamin bo‘lganligi tufayli, uning iste’moli tanaga zarur bo‘lgan miqdordan oshib kesa, ushbu vitamin keyinchalik foydalanish uchun yog‘ to‘qimalarida saqlanadi.

Suyaklar o‘sishi uchun muhim tarkibiy qism

Farzandingizning kalsiy va fosforni o‘zlashtirishi D vitaminining yetarli darajasiga bog‘liq. Shuning uchun D vitamini suyaklarning normal rivojlanishi va tishlarning salomatligi uchun juda muhimdir.

Farzandingizning suyaklari tez sur’atlarda o‘sib, mustahkamlanishi sababli, D vitaminining barqaror va yetarli miqdordagi zahirasi ushbu bosqichda optimal rivojlanish uchun juda muhim rol o‘ynaydi.

D vitamini, shuningdek, immunitet funksiyasida, o‘sishda va infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatida muhim rol o‘ynab, qonda kalsiyning normal darajasini saqlab turishga yordam beradi.

Nima uchun ko‘pchilik bolalar D vitaminini yetarli miqdorda olmaydilar

Agar hududingizdagi ob-havo sharoitlari tufayli yetarli darajada quyosh nurlaridan bahramand bo‘lishning iloji bo‘lmasa, chaqalog‘ingiz D vitamini yetarlicha olmasligi mumkin.

Yana bir sabab — teri pigmentasiyasi. Terisi to‘qroq rangda bo‘lgan bolalar, ayniqsa, kelib chiqishi Osiyo, Afrika va O‘rta Sharq mamlakatlaridan bo‘lgan bolalarda D vitaminining past darajasi bo‘lish ehtimoli yuqoriroq. Chunki terisining pigment miqdori yuqori  bo‘lgan odamlar D vitaminini ishlab chiqarish uchun, terisi och tusda bo‘lganlarga qaraganda, quyoshda ko‘proq vaqt sarflashlari kerak.

Oziq-ovqat manbalari D vitamini iste’molini oshirishga yordam beradi, ammo ularning tarkibida ushbu vitamin kerakli miqdorni uchramaydi.
sut ichayotgan  kichkintoy

D vitaminining bir nechta oziq manbalari mavjud, ammo faqatgina yog‘li baliqlarda uning miqdori juda ko‘p uchraydi. Ammo losos, sardina va tunes kabi baliqlarning tarkibidagi toksinlar borligi tufayli, yosh bolalarga haftasiga 2 porsiyadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ba’zi nonushta yormalari D vitamini bilan boyitilgan bo‘ladi, ammo ular o‘rtacha (30 g) porsiyada iste’mol qilish tavsiya etilgan normasining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi.

Tibbiyot xodimlari chaqalog‘ingizni D vitaminining yetarli miqdori bilan ta’minlash uchun, uning taomnomasini ushbu vitamin qo‘shimchasi bilan to‘ldirishni maslahat beradilar.

Har ehtimolga qarshi qo‘shimchalar

D vitamini olish bilan bog‘liq muammolar tufayli, tibbiyot xodimlari uning ushbu vitaminga bo‘lgan kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun, chaqalog‘ingizning taomnomasini yetarli miqdorda D vitamini bilan to‘ldirishingizni maslahat berishadi.

Bir yoshdan katta bolalar uchun D vitaminining tavsiya etilgan dozasi kuniga 7 mg.ni tashkil etadi.

Nutrilon Premium 3 va 4 bolalar suti ushbu muhim bosqichda bola suyaklarining normal rivojlanishini ta’minlash uchun, D vitamini bilan boyitilgan: 150 ml sig‘imdagi ikkita butilkacha kundalik ehtiyojni to‘liq qondiradi.

Boladagi D vitamini yetishmovchiligi

D vitaminini yetarli darajada iste’mol qilmaslik, uning yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, bu esa sog‘liq uchun jiddiy muammolarni tug‘dirishi mumkin:

  • Raxit — uzoq vaqt mobaynida D vitaminining sezilarli darajada pastligi suyaklarni mo‘rtlashtirib, yomon shakllanishiga olib kelishi mumkin.
  • Boshqa kasalliklar — D vitaminining yetishmasligi kasalliklarning, shu jumladan diabetning 1 va 2 turlari, allergiya, astma va yurak-qon tomir kasalliklari xavfining ortishi bilan bog‘liq.

D vitamini yetishmovchiligi tufayli, kichkintoyning salomatligida kelajakda  asoratlar paydo bo‘lmasligi xavfini, bolaning taomnomasiga ushbu vitaminni yetarli miqdorda kiritish orqali pasaytirishingiz mumkin..

NAVBATDAGI QADAMLAR

Quyidagi kichik taomlar va yeguliklar yordamida kichkintoyning D vitaminini iste’mol qilishini oshiring:

• Tost bilan sardinalar

• Makkajo‘xori va po‘sti bilan pishirilgan kartoshka bilan tunes.

• Aralashtirib pishirilgan tuxum

• Boyitilgan nonushta yormalari

  1. Infant and toddler forum. Toddler factsheet 4.7 [Online]. 2012. Available at: https://www.infantandtoddlerforum.org/media/upload/pdf-downloads/4.7_Preventing_Vitamin_D_Deficiency_in_Toddlers.pdf [Accessed May 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 27-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x