Bolaning sog‘lom parhezida har bir oziq moddaning ahamiyati

Salomatlik holatini tekshirish

Farzandingiz uchun zarur bo‘lgan vitaminlar va minerallar

Chaqalog‘ingiz ajoyib tarzda o‘sib-ulg‘aymoqda va rivojlanmoqda. Ushbu jadal o‘zgarishlar davri hozirgi paytda sog‘liqni qo‘llash va kelajakda o‘sish va rivojlanish uchun zarur asosni ta’minlash uchun turli xil ozuqaviy moddalarga boy parhezga rioya qilishni talab qiladi. Qanday oziq moddalar va nima uchun kerakligini bilib oling, hamda chaqaloqning sog‘lom ratsioniga kiritish lozim bo‘lgan mahsulotlar bilan tanishib chiqing.

Sog‘lom ovqatlanish yordamida chaqalog‘ingizning rivojlanishiga yordam bering

1 yoshdan 3 yoshgacha davrda farzandingiz o‘sish va rivojlanishning jadal va muhim davrini boshidan kechiradi. Shu vaqt ichida uning vazni taxminan 40% ga oshadi, bo‘yi esa 25% ga o‘sadi, uning organlari esa o‘sayotgan tanani qo‘llab-quvvatlash uchun rivojlanishda davom etadi.

O‘z rivojlanishida chaqaloq aql bovar qilmas shiddat bilan jadallashadi. Yuqori jismoniy va aqliy faollik unga ilk tortinchoq qadamlardan yugurish va sakrashga, go‘dakning gugulashidan murakkab jumlalarga o‘tishga imkon beradi. Hayotining uchinchi kuniga kelib, chaqalog‘ingizning miyasi 75 foizga o‘sadi.

Farzandingizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlari siznikidan farq qiladi: oziq moddalari unga uning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur, sizga esa faqatgina katta odamning tanasini qo‘llab-quvvatlash uchun kerak.

To‘laqonli rivojlanishni ta’minlash uchun chaqaloqlarga turli xil ozuqaviy moddalarga boy bo‘lgan sog‘lom parhezga rioya qilish lozim. Biroq, ularning ehtiyojlari kattalarnikidan farq qiladi. Kelajakda o‘sish va o‘rganishga asos yaratishda ushbu bosqichda ma’lum oziq moddalar muhimroq sanaladi.

Farzandingizning rasioniga kiritish lozim bo‘lgan asosiy oziq moddalar:

Temir moddasi

Bir yoshdan katta bolalar uchun SIM (sutkalik iste’mol me’yori) = kuniga 6,9 mg  (SIM — sutkalik iste’mol me’yori —  oziq moddalarning ko‘pchilik insonlarning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli deb hisoblanadigan miqdori. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rnatiladi).

Temir — tanadagi ko‘plab hayotiy zarur bo‘lgan vazifalarni bajaradigan mikroelementdir. U tana bo‘ylab kislorodni olib yuradigan gemoglobin, qizil qon tanachalari oqsilini ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, butun hayoti davomida ta’lim olishi uchun zamin yaratib, chaqalog‘ingizning miyasi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Natijada, chaqaloqlar uchun kattalarga qaraganda, tana vaznining bir kilogrammiga nisbatan deyarli 5 barobar ko‘proq temir talab qilinadi.

Garchi temir ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud bo‘lsa-da, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yarmidan ko‘pi tavsiya etilgan temir miqdorini o‘z rasionlari orqali olmaydilar. Temir tanqisligi bolada charchoq va lohaslik hissini keltirib chiqarishi mumkin, jiddiyroq temir tanqisligi anemiyasi esa sog‘liq va rivojlanishdagi yanada jiddiyroq muammolarga olib kelishi mumkin.

Farzandingiz har kuni yetarli miqdorda temir moddasini qabul qilishni nazorat qilib borish muhimdir. Quyidagi mahsulotlar ushbu foydali moddaning yaxshi manbasi hisoblanadi:

Gem bo‘lgan temir (eng oson so‘riladi):

• Tovuqning to‘sh go‘shti yarmi — (taxminan 60 g) tarkibida 0,3 mg mavjud

• To‘q rangli tovuq go‘shti — 60 g tarkibida 0,5 mg mavjud

• Qattiq qilib qaynatilgan tuxum — 1 dona tuxum tarkibida 1 mg mavjud

• Yupqa qilib to‘g‘ralgan qovurilgan mol yoki qo‘y go‘shti — 1 bo‘lak (28 g) tarkibida 0,8 mg mavjud

• Sardinalar — 50 g.li porsiyada 1,4 mg mavjud

Grated Cheese

Gem bo‘lmagan temir:

• Ismaloq — 1 osh qoshiq pishirilgan ismaloq tarkibida 0,3 mg temir moddasi mavjud

• Brokkoli — 1 bog‘ (20 g) tarkibida 0,2 mg mavjud

• Pishirilgan loviya — 1 osh qoshiq tarkibida 0,3 mg mavjud

• Kepakli bug‘doy unidan yopilgan non — 1 ta o‘rtacha bo‘lak tarkibida 0,6 mg mavjud

• Yasmiq — 1 osh qoshiq tarkibida 0,7 mg mavjud

• Turshak  — 1 donasida 0,3 mg mavjud

• Nonushta uchun boyitilgan yormalar — 1 piyola (30 g) tarkibida 2,3 mg mavjud

• Go‘daklar uchun Nutrilon Premium 3 va 4 suti — 300 ml tarkibida 3,6 mg mavjud

Kalsiy

Kalsiy uchun SIM (sutkalik iste’mol me’yori) = kuniga 350 mg.

Kalsiy suyaklarning normal rivojlanishi uchun juda muhimdir. Shuningdek, u qon quyulishi, asab va mushaklarning yaxshi ishlashiga ko‘maklashadi, hamda farzandingiz o‘sayotganda tishlarni sog‘lom holatda saqlashga yordam beradi.

Chaqaloqlar kalsiy moddasini kattalarga qaraganda deyarli 3 baravar ko‘proq iste’mol qilishlari kerak (mutanosib nisbatda), shuningdek kalsiyning yaxshiroq so‘rilishini ta’minlash uchun yetarli miqdorda D vitamini qabul qilishlari lozim. 

Sut — ajoyib kalsiy manbaidir. Shunga qaramay, chaqalog‘ingiz kuniga 600 ml.dan ortiq sut ichmasligi kerak, chunki bu uni to‘ydirib qo‘yishi, hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqaviy moddalarni iste’mol qilishiga ta’sir qilishi mumkin.

Farzandingizning ratsioniga kiritish lozim bo‘lgan, kalsiyning yaxshi oziq manbalari:

  • qaymog‘i olinmagan sut — 100 ml.da 118 mg mavjud
  • yogurt — 1 ta o‘rtacha qadoqda (125 g) 152 mg mavjud
  • творог — 1 ta o‘rtacha qadoqda (55 g) 86 mg mavjud
  • chedder pishlog‘i — 1 bo‘lakchasida (20 g) 150 mg mavjud
  • tofu — 1 bo‘lakchasida (20 g) 296 mg mavjud

Rux

Rux uchun SIM = kuniga 5 mg.

Rux — tanadagi barcha to‘qimalarda mavjud bo‘lgan juda muhim mikroelementdir. U o‘sishda, suyaklarning metabolizmida, yaralarning bitishida va fermentativ funksiyalarda ishtirok etadi. U shuningdek, chaqalog‘ingizning hid va ta’m sezgisiga ham ta’sir qiladi.

Chaqaloqning yaxshi o‘sishi uchun, unga kattalarga qaraganda 3 baravar ko‘proq rux kerak, bunda bolalik davrida sog‘lom iste’mol optimal o‘sishga yordam beradi.

Ruxga boy mahsulotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • go‘sht
  • sut
  • pishloq kabi sut mahsulotlari
  • non
  • yorma

А Vitamini

A vitamini uchun SIM = kuniga 400 mkg (0,4 mg)

A vitamini ko‘plab vazifalarni bajaradi: u ko‘rish qobiliyati, teri va hujayralar sog‘lig‘iga ta’sir qiladi. Ushbu vitaminni yetarli miqdorda iste’mol qilish kelajakda chaqalog‘ingizning immunitetini shakllantirib, sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

A vitamini quyidagi mahsulotlar tarkibida mavjud:

  • pishloq
  • tuxum
  • boyitilgan yog‘siz spredlar (saryog‘ning o‘rindoshi)  
  • yogurt

A vitaminining yana bir manbai — bu to‘q yashil va to‘q sariq rangli sabzavotlar va mevalarda mavjud bo‘lgan beta-karotin moddasi bo‘lib, organizm uni foydali oziq moddalarga aylantirishi mumkin. Farzandingizning ratsioniga sabzi, shirin kartoshka, bryukva (sholg‘omsimon sabzavot), mango, ismaloq, to‘q yashil va oq karam kabi oziq moddalari manbalarini kiriting.

C Vitamini

C vitamini uchun SIM = kuniga 30 mg.

C vitamini chaqalog‘ingizning rivojlanayotgan immun tizimining to‘g‘ri  ishlashida muhim rol o‘ynaydi, hamda tabiiy antioksidant va antigistamin vosita hisoblanadi. Kichkintoyning taomnomasiga yetarlicha C vitaminini kiritish orqali, siz uni butun hayoti davomida qo‘llab-quvvatlaydigan tabiiy himoyani mustahkamlashga yordam berasiz.

Chaqaloqlar C vitaminini kattalarga qaraganda 4,5 baravar ko‘proq iste’mol qilishlari kerak (mutanosib nisbatda).

Farzandingizning ratsionidagi C vitaminining boy manbalariga yangi uzilgan meva va sabzavotlar kiradi

  • ismaloq
  • pomidor
  • qulupnay va rezavorlar
  • apelsin
  • brokkoli

D Vitamini

D vitamini uchun SIM (sutkalik iste’mol me’yori) = kuniga 7 mkg.

Suyaklarning normal rivojlanishidagi roli bilan yaxshi tanilgan D vitamini yana bir qancha muhim vazifalarni bajaradi. U kichkintoyingizni o‘sib-ulg‘ayish davri mobaynida himoya qiladigan va infeksiyalar ta’siriga bardoshli qiladigan sog‘lom immun tizimini yaratishga yordam beradi. Quyosh nurlari yordamida hosil bo‘ladigan ushbu vitamin allergiyaga chalinish xavfini ham kamaytiradi.

D vitaminining asosiy manbai quyoshning ultrabinafsha nurlari hisoblanadi. Chaqaloqning faqatgina oziq-ovqat manbalaridan D vitaminini o‘rtacha iste’mol qilishi tavsiya etiladigan kunlik normaning atigi 27% ni tashkil qiladi.

Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlarida D vitamini mavjud bo‘lsa-da, ammo chaqaloqlarga faqatgina yeguliklar orqali tavsiya etilgan darajadagi miqdorni olish qiyin. Shuning uchun tibbiyot xodimlari chaqaloqlarga har kuni D vitamini qo‘shimchalarini berishni tavsiya qilishadi. Vitaminli tomchilar yoki chaqaloqlar uchun vitaminlar bilan boyitilgan sut kichkintoyingizni D vitaminining zarur bo‘lgan miqdori bilan ta’minlay oladi.

Navbatdagi qadamlar

Asosiy ovqatlantirishlar oralig‘idagi tanaffuslarda, kichkintoyingizga oziq moddalarining iste’molini oshirish maqsadida, quyidagilarga o‘xshash to‘yimli yeguliklarni taklif qiling:

  • sabzi tayoqchalari va xumus (no‘xatli pyure)
  • yong‘oqli saryog‘ yoki qaymoqli pishloq bilan olma bo‘laklari
  • maydalangan banan bilan yogurt
  • tostda qovurilgan pishloq
  • qattiq qilib pishirilgan tuxum

  1. Infant and toddler forum. Preventing vitamin D deficiency in toddlers [Online]. Available at: www.infantandtoddlerforum.org/vitamin-d-deficiency#.U3KTWqJrnXR [Accessed: May 2014]

So‘nggi marta: 2014-yil 27-avgustda yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x