Taqlid o‘yini
Muloqot ko‘nikmalarini rag‘batlantirish
Til va muloqot – bu farzandingiz tug‘ilgan paytidan boshlaboq rivojlana boshlaydigan ko‘nikmalardir. Nutq va til bo‘yicha ekspert Nikola Lati farzandingiz nutqining rivojlanishida o‘yin va tasavvurning muhimligi, shuningdek raqamli texnologiya asrining bola nutqining rivojiga ta’siri haqida nima deyishiga quloq tuting.
Bolaning ilk yillari – istalgan tajriba uzoq muddatli samaraga ega bo‘lgan paytida ulkan rivojlanish va imkoniyatlar vaqti. Miyaning rivojlanishi bolaning ulg‘ayib borishida e’tibor berish lozim bo‘lgan barcha bosqichlardan o‘tishga – yeyish, emaklash, yurish va gapirishni o‘rganishga imkon beradi. Bolaning miyasi qanchalik tez o‘sishi hisobga olinsa (tug‘ilishidan boshlab to 2 yoshgacha miya 3 martaga kattalashadi), bola aqlini rivojlanishida bolalikning ilk yillari qanchalik muhim rol o‘ynashini osongina ko‘rish mumkin.
Bolalik-muhim yillardir
Ko‘pchilik chaqaloq yurishni boshlagan ondayoq kichkintoy bolaga, go‘dakka aylandi deb hisoblaydilar, holubki, go‘dak deb 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolaga aytiladi. Go‘daklik va undan keyingi yillar kognitiv va ijtimoiy rivojlanish davri. 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan ko‘pchilik bolalarda uzoq muddatga diqqatni jamlash va aniq ma’lumotlarni eslab qolish malakalari rivojlanadi. Aynan shu davrda uzoq muddatli xotira shakllanishi boshlanadi, shuning uchun ko‘pchiligimiz 2-3 yoshligimizni eslolmaymiz.
Ota-ona sifatida hammamiz ham farzandimiz rivojidagi ilk yutuqlariga guvoh bo‘lishga intilamiz, ularning ko‘pchiligi esa bolalikning ilk yillarida ro‘y beradi. Farzandingiz ilk qadam qo‘yganida yoki birinchi so‘zini talaffuz qilgan paytidagi hayajoningizni eslang. Lekin bu ko‘nikmalar alohida rivojlanmaydi. Ular ijtimoiy munosabat, o‘yin, kuzatish va eshitish kabi yanada kengroq tasvirning qismlari hisoblanadi. Ota-onalar bolalariga bu ko‘nikmalarni rivojlantirishga va uni o‘rab turgan olamga qiziqishiga yordam berishlari kerak.
Erta til chiqishi instinktiv ravishda ro‘y beradi va ko‘pchilik bolalar uchun bu butunlay tabiiy hol. Lekin biz kattalar bolalarning muloqot qilishga urinishlariga qanday munosabatda bo‘lishimiz jarayonga ta’sir qilishi mumkin.
Bola miyasi ta’lim olish usulini shakllantiruvchi tajribani takrorlash hisobiga ham qisman rivojlanadi. Bu shuni anglatadiki, o‘rgatishda bir martalik izoh berish yoki birgina harakat uncha katta ta’sir o‘tkazmasligi mumkin, lekin ilk yillarda nimadir takrorlansa yoki ko‘p marta bajarilsasa, ular bolaning xotirasida saqlanib qoladi. Takrorlash va rag‘batlantirish yordamida so‘zlarni qaytarib, o‘z harakatlarimizni asoslab, bolani muloqot qilishga urinishi bilan g‘ururlanishiga undab, bola allaqachon qilayotgan ishidan yanada ko‘prog‘ini amalga oshirishiga yordam berish mumkin.
Logopedlar bola bir so‘zni talaffuz qilishga urinishidan oldin o‘sha so‘zni tegishli kontekstda 500 martadan oshiqroq eshitishi lozim, deb hisoblaydilar. Satrlari takror-takror kelgan kitoblar ham bolani gapirishida yordam beradigan juda foydali vosita bo‘lishi mumkin.
An’anaviy o‘yinlarni bilim olishga moslashtiramiz
Bolalarda nutqning rivojlanishi o‘yinlar bilan chambarchas bog‘liqligi e’tiborga loyiq. Haqiqatdan ham, logopedlar “til o‘yinlar yordamida rivojlanadi” degan iborani o‘ylab topishdi. Odatda bolalar ilk so‘zlarini taxminan 1 yoshlarida talaffuz qilishni boshlaydilar, aynan shu paytlarda ramziy o‘yinlar rivojlanib boradi. Ramziy o‘yin – bu biror bir harakat, g‘oya va buyumlarni tasavvur etish uchun boshqa harakat, g‘oya va buyumlardan foydalanishdir. Ehtimol, siz farzandingizning banandan telefon sifatida yoki piyolani boshiga kiyib shlyapa sifatida foydalanganiga guvoh bo‘lgandirsiz.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, uydagi ma’lum o‘yin materiallari kognitiv rivojlanish va muvofiqlashtirishga yordam berishi mumkin. O’yinchoq – bu farzandingizning eng erta bosqichlarda tasavvur qilishga yordam beradigan quvnoq vosita. Hattoki eng oddiy o‘yinchoqlar ham tarbiya va rivojlanish uchun sharoit yaratadi. Masalan, eng oddiy o‘yinchoqlardan biri – qurilish kubiklari bilan o‘ynash atigi 6 oy ichida nutqni sezilarli darajada yaxshilashi isbotlangan. Kubiklardan minora qurish ko‘plab nutq va til imkoniyatlarini beradi: bola ularni tushunishi va qaytarishi uchun kattalar talaffuz qiladigan nutq qismlarini – sifat (baland, tekis), fe’l (yiqilmoq, qurmoq), predlog (-ga), ot (rang, raqam) kabilarni o‘zlashtirishga yordam beradi, hamda o‘zaro aloqa va ijtimoiy malakalarni, olish, bo‘lishish, eshitish va kuzatish kabilarni qila olish ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Raqamli asrda erta rivojlanish
Zamonaviy jamiyatda bolaning ta’lim olishi va rivojlanishiga yordam berishda an’anaviy o‘yinchoqlardan foydalanish ko‘proq samarali ekanligini kuzatish mumkin. Televideniye, planshet va kompyuter kabi ommaviy axborot vositalari maktabgacha muassasa va maktabgacha ta’limda, shuningdek, qo‘shimcha ravishda bolalarning uy vazifalarida yanada ommalashmoqda. Zamonaviy «raqamli» jamiyatda ko‘pchilik bolalar boshqa narsalarni o‘rganishdan ancha oldin, telefon yoki planshet ekranida barmoqlarini qanday ishlatishni yaxshi bilishadi.
Barcha yoshdagi bolalar uchun yaratilgan o‘yin va dasturlarning rivojlanishi, raqamli media ta’siri bolalarimizga ijobiy ta’sir qilganini ko‘rsatadi, lekin aslini olganda ular aks ta’sir ham etish mumkin. 2011 yilni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 6 oylik bolalarda raqamli media ta’siri muddatini ko‘payishi 14 oylik yoshdagilarga qaraganda past kognitiv va nutqiy rivojlanishni ko‘rsatdi. Masalan, yosh bolalaligida televizor ko‘rish nutq va diqqatni jamlashda, hamda kognitiv rivojlanishda sustkashlik muammolariga olib kelishi mumkin. Farzandingizda ommaviy axborot vositalari ta’sirini kamaytirib uni ko‘nikmalari – nutq va muloqotiga salbiy ta’sirni cheklash mumkin. Bu vaqtda ota-onalar bilan suhbat va o‘zaro muloqot ushbu jarayonga yordam beradi. Jumladan, televizor qarshisida vaqt o‘tkazish o‘rniga uyqudan oldin ertak o‘qish va o‘yinchoqlar bilan yasab o‘ynash kabi kattalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish ko‘proq foydali bo‘lishi mumkin.
Xulosa:
Ota-onalar ko‘pgina usullardan foydalanib farzandlarini nutq va muloqot ko‘nikmalarini qo‘llashga undashlari mumkin. Modomiki bolalar yosh payti jismoniy, aqliy va hissiy o‘sishni boshdan kechirar ekan, bu davrda qanday mashg‘ulotlar rivojlanishga yordam beradi, qaysilari yo‘q, buni aniqlab olish juda muhim. Bir qancha daqiqa va soatlik texnologik «shodlik»dan ko‘ra OAV dan yiroq bo‘lgan ijodiy o‘yinlarni foydalanish ko‘proq natija beradi. Bolani o‘ynash va o‘rganish hamda birgalikda muloqot qilishiga vaqt va joy bilan ta’minlar ekansiz, siz unga quvnoq va xavfsiz sharoitda rivojlanish va o‘rganish imkonini berasiz.
Muallif:Nikola Lati
Nikola Lati – Buyuk Britaniyadagi eng yaxshi logopedlardan biri. U ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan hamda ko‘p sotilgan «Oqsuyaklar muloqoti» (Macmillan) kitobining muallifi, shu bilan birga, milliy va xalqaro radio, milliy televideniyada bolalarda tili va muloqotning rivojlanishi haqidagi ko‘rsatuvda ishtirok etgan. Maqolalari ko‘plab dunyoning qator gazeta va jurnallarda nashr qilingan.
Nikola Lati Buyuk Britaniyadagi universitet, xayriya tashkilotlari va korxanalar taklifi bilan ma’ruzalar o‘qigan, o‘tgan yili esa professor ser Robert Uinston bilan birga Birmingemda bo‘lib o‘tgan Baby Show ko‘rgazmasida NEC sahnasida so‘zga chiqqan. Nikola Tibbiyot xodimlari kengashi hamda Logoped va til terapevtlarining qirollik kolleji, shuningdek, ASLTIP (Mustaqil amaliyotda bo‘lgan til va nutq terapevtlari assotsiatsiyasi) a’zosi hisoblanadi.
- Christakis D et al. Effect of block play on language acquisition and attention in toddlers. Arch Pediatr Adolesc Med 2007; 161(10): 967–971.
- Oswalt A; Early Childhood Cognitive Development: Information Processing. MentalHelp.Net 2008. Available at: https://www.mentalhelp.net/articles/early-childhood-cognitive-development-information-processing/ (Accessed April 2016).
- Icommunicate Speech & Communication Therapy. Available at: http://www.icommunicatetherapy.com/child-speech-language/child-speech-language-development/activities-strategies-help-develop-speech-language-skills (Accessed April 2016).
- Cortese R et al. Child Mind Institute. Helping Toddlers Expand Language Skills – Tips for encouraging kids age 0-5 to talk. Available at: http://childmind.org/article/helping-toddlers-expand-their-language-skills/ (Accessed April 2016).
- Brotherson S et al. NDSU 2009. Understanding Brain Development in Young Children. Available at: https://www.ag.ndsu.edu/pubs/yf/famsci/fs609.pdf (Last accessed April 2016).
- Miquelote A et al. Effect of the home environment on motor and cognitive behavior of infants. Infant Behav Dev 2012; 35: 329-334.
- Tomopoulos S et al. Infant media exposure and toddler development. Arch Pediatr Adolesc Med 2010; 164(12): 1105–1111.
- Zimmerman et al. Associations between media viewing and language development in children under age 2 years. J Pediatr 2007; 151: 364–8.
- Christakis et al. Early television exposure and subsequent attentional problems in children. Pediatrics 2004; 113; 708–13.
- Zimmerman and Christakis. Children’s television viewing and cognitive outcomes. Arch Pediatr Adolesc Med 2005; 159: 619–625.
Oxirgi yangilanish: 30 iyun, 2016 yil
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.