Ochiq havoda o’ynash sog’lik uchun foydaliydir.
Yashil maysalar ustida, yoki loyning ichida va yoki dengiz bo’yida. Farzandingiz ochiq havoda o’ynab o’ziga yangidan yangi olamni va turliy mikroblarga duch keladi. Sizning birinchi instinktingiz barcha mikroblarning yomonligini aytishi mumkin, ammo bu haqiqatga zid. Aksariyat mikroblar zararli bo’lmasdan, aslida farzandingizning immunitet tizimini rag’batlantiradi. Kichkintoyingizni atrof muhitda mikroblarga duchor qilish unga kuchli va mustahkam immunitet tizimini beradi.
Loyliy joylarda o’nashlariga ruhsat bering!
Bolangizni loyda o’ynashiga ijozat berish, siz qochmoqchi bo’lgan narsaga o’xshab qolishi mumkin. Ammo olimlarning fikriga ko’ra, hayotning boshida imunitet tizmi mikroblarga duch kelmasdan, chang va polen kabi kundalik zararliy viruslarga qarishi munosabatda bo’la olmaydi. Xo’sh? Loyliy joylarda o’nashlariga ruhsat berishdan qo’rqmang!
D vitamini immunitet tizimini qo’llab-quvvatlaydi
Farzandingiz ochiq havoda o’ynash paytida quyosh nuri ta’sirida bo’ladi, bu erda uning tanasi quyosh nuriga tasirida D vitamini hosil qiladi. D vitamini kuchli suyaklar va tishlarning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari, u immunitet tizimini va mushaklarning normal ishlashini qo’llab-quvvatlaydi.
Immunitet tizimini qo’llab-quvvatlash uchun ochiq havoda o’tkaziladigan tadbirlar uchun ko’rsatmalar
• Qum va suv bilan o’ynash
• Tabiiy buyumlarni yig’ish masalan gular, barglar va qarag’ay konuslari kabi narsalar.
• Hayvonot bog’iga tashrif buyuring
• Daraxt barglarini osmonga oting (va ularni ushlashga harakat qiling!)
Atrof-muhit bolaning immunitet tizimiga qanday ta’sir qilishini bilish uchun NutriciaClub tomonidan Svetlana Gennadievna Makarova bilan birgalikda tayyorlangan jonli muloqotni tomosha qiling! Svetlana Makarova, pediatr, allergist-immunolog, ovqatlanish mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori.