To‘lg‘oq tutganda taomlar va yegulik

Bo‘sh qop tik turmaydi

Tug‘ruqxonaga qanday taom olgan ma’qul?

To‘lg‘oq katta kuch talab qiladi, shu sababli faollikni saqlab qolish uchun qo‘l ostingizda yegulik turgani ma’qul. Tug‘ruqxona uchun sumkangizga yeguliklar solishdan oldin nimalarni hisobga olish va tug‘ruq paytida suv muvozanatini qanday ushlab turish kerakligi haqida o‘qib ko‘ring..

Tug‘ruq vaqtida va undan keyingi tamaddi

Qayerda tug‘ishni rejalashtirgan bo‘lsangiz ham, to‘lg‘oq paytlarida qorin ochqasa tamaddi qilish uchun, shuningdek tug‘ruqdan keyin kerakli ozuqa moddalari va kaloriyalarni to‘ldirish uchun qo‘l ostingizda yeguliklar

Agar shifoxonada tug‘ishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, tug‘ruqxona uchun sumkaga turli to‘yimli yeguliklarni solib olish Sizni shifoxonadagi oshxona ochiqmi-yo‘qligiga bog‘lanib qolishdan va yaqindagi do‘kondan olingan nosog‘lom yeguliklar bilan kifoyalanishdan asraydi. Uyda turli-tuman mahsulotlarning zaxirasi esa, Siz va turmush o‘rtog‘ingizga ilk dard tutishlarida va farzandingiz tug‘ilganidan keyin tezda tamaddi qilib olish imkonini beradi.

To‘lg‘oq davrida ovqatlanish

To‘lg‘oqlar katta kuch talab qiladi. Boshqa barcha chidamlilik bo‘yicha musobaqalarda bo‘lgani kabi, organizmga ulardan o‘tib olish uchun yetarlicha miqdorda ovqat talab qilinadi.

Ayollar, agar tug‘ruq vaqtida munosib ovqatlanmasalar, ketoz deb ataluvchi holatga moyildirlar. Organizm energiya olish uchun o‘z yog‘ zaxiralaridan foydalanishi hamda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kabi simptomlarni yuzaga keltirishi mumkin, ular, shuningdek holdan toyish belgisi ham bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, to‘lg‘oq paytida munosib ovqatlanish Sizga charchoq davrlarini yengib o‘tishga yordam beribgina qolmay, ketoz xatarini ham kamaytiradi. Hatto ozgina miqdordagi taom, masalan bir qultum sharbat yoki izotonik ichimlik ham Sizga tetiklanishda yordam beradi.

recipe book icon circle

«Ikki kishi uchun ovqatlanamiz» bepul retseptlar elektron kitobi

Shef-oshpaz Lorreyn Paskal va diyetologlarimiz jamoasidan foydali va xushta’m retseptlar

Tug‘ruq paytida va undan keyingi taomlar

To‘lg‘oq katta kuch talab qiladi, shu sababli faollikni saqlab qolish uchun qo‘l ostingizda yegulik turgani ma’qul.

olma

Tug‘ruq va onalikning ilk kunlari uchun taom tayyorlash

Tug‘ruqlarni oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi ammo birinchi tug‘ruq uzoq, ba’zida 24 soat va undan ko‘p davom etadi. Agar Siz shifoxonada tug‘ayotgan bo‘lsangiz, u yerda rejadagidan ko‘proq muddat qolishingiz mumkin. Agar puxta tayyorlangan bo‘lsangiz va tamaddi qila olsangiz, Sizda har bir bosqichda: dard kelishidan tortib to ko‘krak suti bilan emizishning dastlabki bir necha kunlarigacha barcha kerakli narsalaringiz muhayyo bo‘ladi.

Tug‘ruqdan oldin, tug‘ruq vaqtida va undan keyin taomlanish to‘g‘risida gap ketganda, quyidagilarni yodda tutish kerak:

• Kam-kamdan, tez-tez yeng – bu kuchni saqlab turishga yordam beradi.

• Kichik o‘lchamli porsiyalar – eng yaxshi tanlov.

•  Qand miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlar qisqa muddatli kuch qo‘shilishini ta’minlaydi. Buning o‘rniga yirik tortilgan donli uglevodlar iste’mol qiling – ular sekin singadi.

• Yirik tamaddilar yoki taomlar tanovuli ko‘ngilni aynitishi mumkin.

• Ochqaganingizda tanovul qiling.

• Keserevo jarrohligi bo‘lsa, Sizdan yeyish va ichishdan saqlanishni so‘rashlari mumkin.

• Turmush o‘rtog‘ingizga ham, ehtimol, yegulik kerak bo‘ladi va to xarid qilib klegunicha Sizni yolg‘iz tashlab ketishini istamasligingiz mumkin. Shu sababli ko‘proq yegulik oling.

• Dard kelganda taom tanovuliga kelsak, bunda to‘g‘ri-noto‘g‘ri deyilgan joyi yo‘q, shu sababli tanangizga quloq soling va tegishlicha munosabatda bo‘ling. Ayrim tadqiqotlar ko‘rsatishicha, taom tanovul qilgan va qilmagan onalar o‘rtasida tug‘ruqning davomiyligi yoki asoratlar sonida farq bo‘lmagan.

To‘lg‘oqlar uchun suv va izotonik ichimliklar

Tabiiyki, to‘lg‘oqlar chanqoq chaqiradi. Ter chiqishi tufayli namlikni yo‘qotmaslik va suvsizlanib qolishdan saqlanish uchun muntazam suyuqlik ichib turish kerak.

Suv – tug‘ruq paytidagi eng maqbul ichimlik. Siz oxirgi bosqichlarga o‘tib borganingiz sari, agar taomlanishni istamaydigan bo‘lsangiz, izotonik ichimlik kerakli kaloriyani ta’minlashda yordam berishi mumkin..

Energiya berishga – berib, lekin ko‘ngil aynishi va qayt qilishga sabab bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan gazlangan ichimliklardan chetda bo‘lgan ma’qul.

KEYINGI QADAMLAR

Quyidagi oziq-ovqatlardan ayrimlarini tug‘ruqxona uchun sumkangizga joylang yoki tug‘ruq boshlanishiga tayyor qilib, uyda saqlang:

  • Banan va boshqa barra mevalar
  • Yirik tortilgan undan non va sendvichlar uchun foydali nonxo‘raklar (tovuq, kurka va banan kabi)
  • Yirik tortilgan undan pechenye / kreker / energetik batonchalar
  • Kulchalar
  • Quruq mevalar va yong‘oqlar aralashmasi
  • Bir butilka suv
  • Izotonik sport ichimligi

  1. Toohill J et al. Interventions for ketosis during labour. Cochrane Database Syst Rev 2008;(3).
  2. Kubli M et al. An evaluation of isotonic “sports drinks” during labour. Anesth Analg 2002;94(2):404-408
  3. O’Sullivan GI. Effect of food intake during labour on obstetric outcome: randomised controlled trial. BMJ 2009;24:338.

So‘ngi yangilash: 2014-yil 29-iyul

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x