Ko‘krakdan ajratish bilan bog‘liq muammolar hal bo‘ldi

Qiyin paytlar

Ko‘krakdan ajratish bilan bog‘liq umumiy muammolar va ularning yechimlari

Ko‘krakdan ajratish — hayajonli vaqt bo‘lib, muammolarsiz bo‘lmaydi. Ko‘krak suti yoki bolalar sutli aralashmasidan qattiq yeguliklarga o‘tish — katta o‘zgarishdir. Agar ovqat bo‘lagi bolaning tomog‘iga tez-tez tiqiib qolsa yoki u biron bir yangi yegulikni iste’mol qilishdan bosh torsa, ko‘krakdan ajratish bilan bog‘liq eng keng tarqalgan muammolarni qanday hal qilishni o‘rganing.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Nega farzandim ovqatni og‘zidan chiqarishni davom ettirmoqda?

Chaqalog‘ingiz go‘dakligida, tomog‘ining orqa qismi har gal harakatlanganda, unda tilini chiqarish refleksi paydo bo‘ladi. Bu til bilan itarish refleksi deb ataladi va bola o‘sgani sayin kamayib boradi. Agar chaqalog‘ingiz ovqatni og‘zidan chiqarib tashlasa, tashvishlanmaslikka harakat qiling — bu sutdan ayirish bilan bog‘liq keng tarqalgan muammo. Gap ovqatning chaqaloqqa  yoqmaganligida bo‘lmasligi mumkin, shunchaki u endigina to‘g‘ri ovqatlanishni o‘rganyapti. Sutdan qattiq yeguliklarga o‘tishga bir necha marta urinib ko‘ring, ammo agar bola hali ham ovqatni yutolmasa, u ko‘krakdan ayrilishga tayyor bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun, qattiq yeguliklarga o‘tishni bir-ikki hafta muddatga kechiktiring, keyin qayta urinib ko‘ring.

Nima uchun farzandim muayyan yeguliklardan bosh tortadi?

Agar farzandingiz birinchi marta qaysidir yegulikni berganingizda, yuzini burishtirib, uni iste’mol qilishdan bosh torsa, balki u shunchaki hayron qolgandir. Axir bu yangi tajriba. Ehtimol, u bu haqda unutadi va keyingi gal xuddi shu ovqatni tatib ko‘rganida, unga boshqacha munosabatda bo‘ladi. Qat’iylik — bu ko‘krakdan ajratish paytidagi muammolarni hal qilishning kalitidir. Farzandingizga ma’lum bir taomni yoki ta’mni qabul qilish uchun sakkiztadan o‘ntagacha urinish kerak bo‘lishi mumkin, shuning uchun unga yangi ta’mni tatib ko‘rish uchun qayta-qayta imkoniyat bering.

bolakay yegulikdan bosh tortmoqda

Taxminan 8-10 oylikda farzandingiz qoshiq bilan ovqatlantirishingizga qarshilik bildirishni boshlashi mumkin, ammo bu muhim bosqich, negaki bola o‘zining mustaqilligini namoyish eta boshlaydi.

Agar bu holatda hech nima yordam bermasa, uning ta’m sezuvchi reseptorlarini uyg‘otish uchun, bir necha kunga eski odatlaringiz — pasternak (shirin ildizli xushbo‘y o‘t), shirin kartoshka va sabzi kabi yumshoq ta’mli sabzavotlardan yoki mevalardan tayyorlangan pyurega qayting.

Nega farzandim “qo‘lda yeydigan” yeguliklarni yoqtirmaydi?

Mutaxassislar “qo‘lda yeydigan” yeguliklarni  6 oylik va undan kattaroq yoshda, farzandingizning ko‘z-qo‘l koordinasiyasi yanada rivojlangan va u o‘zi yegulikni qo‘li bilan olib, og‘ziga solishni o‘rgangan vaqtdan boshlab kiritishni tavsiya qilishadi.

Banan yoki avakado bo‘lakchalari kabi “qo‘lda yeydigan” yumshoq yeguliklardan boshlang va asta-sekin, bola eplay olishini his qilganingizda qattiqroq tuzilishga ega bo‘lgan yeguliklarni qo‘shing. Ovqat bo‘lakchalari bolaning ushlashiga qulay bo‘lishi uchun jimjilog‘ingiz bilan bir xil kattalikda bo‘lishi kerak.

Avvaliga, chaqalog‘ingiz bu oziq-ovqat mahsulotlarini ozgina miqdorda iste’mol qiladi, chunki ovqatlanishining ko‘p qismini u ona suti yoki bolalarning sutli aralashmasi bilan oladi. Bu muammo emas — shunchaki ko‘krakdan ayirish jarayonida “qo‘lda yeydigan” yeguliklarni berishda davom eting va farzandingizni rag‘batlantirish uchun ovqat paytida butun oila bilan o‘tiring. Kichkintoy harakatlaringizni ortingizdan takrorlash orqali o‘rganadi, shuning uchun agar u sizning qo‘lda ovqat yeyishingizni ko‘rsa, ehtimol, u ham sizga ergashadi.

Qattiq yeguliklar farzandimning tomog‘iga tiqilib qolsa, tashvishlanishim kerakmi?

Qusish — bu bolaning bo‘g‘ilib qolishiga to‘sqinlik qiladigan oddiy refleks, shuning uchun agar shunday holat sodir bo‘lsa, vahimaga tushmaslikka harakat qiling. Qoshiqqa ortiqcha ovqat solmasligingiz va bola qoshiqni og‘zining ichkarisigacha solmasligiga ishonch hosil qiling.

Ba’zida chaqaloqlar mayin pyuredan qattiqroq tuzilishga ega ovqatlarga o‘tish bilan kurashishadi. Kichkintoyingiz bo‘laklarga kesilgan yeguliklarga odatlanishi uchun biroz vaqt talab qilinishi mumkin, shu sababli, ko‘krakdan ajratishda muammolarga duch kelmaslik uchun, qattiq ovqatlarni asta-sekinlik bilan kiriting. Mayin pyuredan kichik bo‘lakchali pyurega, so‘ngra esa — kattaroq bo‘lakchalarga o‘ting. Farzandingiz rivojlanishining ilk bosqichlarida yangi va turli xil tuzilishga ega yeguliklar bilan tajriba o‘tkazish, ko‘krakdan ajratish paytida bola yangi ovqatlardan bosh tortmasligiga yordam beradi.

Farzandingizning tomog‘ida ovqat tiqilib qoladigan bo‘lsa, bundan haddan tashqari xavotirmaslikka yoki uni darrov stulchadan ko‘tarmaslikka harakat qiling. Ko‘proq tinchlantiruvchi so‘zlar va tana tilidan foydalaning. Onalar ko‘pincha bolaning o‘qchishini bo‘g‘ilish bilan adashtirishadi, garchi aslida bo‘g‘ilish ehtimoli juda kam bo‘ladi. Agar bu sizni xavotirga solsa, shifokoringiz bilan suhbatlashing, u sizga qanday alomatlarga e’tibor qaratish kerakligini va qachon birinchi yordam ko‘rsatishni aytadi.

Sekin ovqatlanish — yaxshi odat va uni rag‘batlantirish kerak, negaki bu farzandingizga ovqatlanishdan zavqlanishga yordam beradi va haddan ziyod ovqatlanishning oldini oladi.

Nega farzandim hech narsa yemayapti?

Ko‘krakdan ajratishning dastlabki bir necha haftasida kutishingiz mumkin bo‘lgan narsa — farzandingiz qoshiqning uchidan ozgina ovqatni yeyishi. Ushbu bosqichda, eng muhimi, bolaga og‘zidagi ovqatni his qilishni o‘rgatishdir.

Bola o‘sib ulg‘aygani sayin, ko‘proq ovqat iste’mol qilishi kerak, ammo uning oshqozoni kattalarnikiga qaraganda ancha kichikligini unutmang. 3 oyligida u kattalarnikidan taxminan 10 baravar, 1 yoshida esa — taxminan 4 baravar kichik bo‘ladi. Bola uchun ovqat porsiyalarida ushbu farq hisobga olinishi lozim.

Esingizda bo‘lsin, farzandingiz oldingiday oziq moddalarning kattagina qismini ona suti yoki sutli aralashmadan oladi. U o‘sishda va vazn orttirishdai  davom etar ekan, tashvishlanishga xojat yo‘q.

Turli xil turdagi ovqatlar, turli ta’mga va tuzilishga ega yeguliklarni taklif qiling, hamda  farzandingiz ovqat yeyishdan bosh torsa yoki kam ovqatlansa, tushkunlikka tushmang. Vaqt o‘tishi bilan u asta-sekin ovqat iste’molini ko‘paytiradi. Agar biror narsadan xavotirda bo‘lsangiz, sizni shubhalardan xalos qilish va tavsiya berishi uchun shifokoringiz bilan suhbatlashing.

Nega farzandim qoshiq bilan ovqatlantirishimga qarshilik ko‘rsatadi?

Taxminan 8-10 oylikda farzandingiz qoshiq bilan ovqatlantirishingizga qarshilik bildirishni boshlashi mumkin. Ushbu yoshda chaqaloqlar o‘zlarini shaxs sifatida yaxshiroq anglay boshlaydilar. Ushbu jarayondagi yana bir bosqich —  bu qoshiq bilan ovqatlantirishdan bosh tortish orqali, o‘z mustaqilligi va erkinligini tasdiqlashdir.

Ovqatlanish jarayoni qulayroq o‘tishi uchun bolaga ovqat berayotganda, qo‘liga yana bitta qoshiq berib ko‘ring. Shuningdek, siz ovqatni uning qoshig‘iga qo‘yishingiz va o‘zi og‘ziga solishini taklif qilishingiz mumkin. Agar bu natija bermasa, farzandingizga “qo‘lda yeyiladigan” yumshoq yeguliklar, masalan, dimlangan sabzavotlar, qovurilgan go‘sht yoki pishloq berib ko‘ring.

Chaqaloqlar, shuningdek, o‘zlarini yomon his qilganlarida, tish yorib chiqarayotganda yoki charchagan bo‘lsalar, qoshiq bilan ovqatlantirishdan bosh tortishlari mumkin. Agar biron bir muammoga duch kelsangiz, shifokoringiz bilan suhbatlashing.

  1. Nicklaus S. Children’s acceptance of new foods at weaning. Role of practices of weaning and of food sensory properties. Appetite 2011;57(3):812-5.

So‘nggi marta: 2014-yil 21-avgust kuni yangilangan

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x