Koʻkrak suti chaqaloqni u tugʻilgan kundan boshlab olti oy davomida barcha zaruriy oziq moddalar bilan taʼminlaydi. Shu bilan birga, bizning ajdodlar farzandlarini olti yoshgacha koʻkrak suti bilan oziqlantirganligi haqidagi faktlar ham mavjud2.
Koʻkrak suti bilan oziqlantirish
Tasavvur qiling, siz nafaqat aʼlo ratsiondan iborat, balki immun tizimini qoʻllab-quvvatlashga yordam beradigan birgina suyuqlik bilan oziqlana olasiz. Sizning bolangiz koʻkrak suti bilan oziqlanib, mana shunday ajoyib imkoniyatdan foydalanadi. Xoʻsh, ushbu sehrli suyuqlikdagi aynan nima uning qadrini bu qadar oshiradi?
Koʻkrak suti nima uchun bunchalik muhim?
Ona sutininig tarkibida yagona mexanizm singari ishlaydigan oligosaxaridlar tuzilmasi mavjud boʻlib, u ichaklar orqali bolaning immun tizimini rivojlantirishga yordam beradi3.
Ona sutining tarkibida leykotsitlar deb nomlanuvchi immunal hujayralar mavjud. Agar siz va farzandingiz kasallansangiz, bolangizni infeksiyalardan saqlash uchun ularning soni ortadi4.
Koʻkrak suti – favqulodda murakkab suyuqlik boʻlib, undagi komponentlarning miqdorini sanab oʻtsak, ular bu sahifaga sigʻmasligi aniq. U muntazam oʻzgarib turganligi bois uning aniq tarkibini belgilab olish mushkuldir. Oʻz holicha noyob hisoblangan oqsillar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar va millionlab boshqa komponentlarning turfa xildagi minglar turlari mavjud boʻlib, ualr farzandingizning sogʻlom oʻsishi uchun maxsus yaratilgandir.
Yorqin kelajak bu yerdan boshlanadi
Bolalar uchun sogʻlom kelajak barpo etish uchun
ularning ulgʻayishi haqida koʻproq bilimga ega boʻling.
Koʻkrak suti nimadan tarkib topgan?
Ona sutining 87,5 foizi suvdan tarkib topgan5. Qolgan tarkib millionlab har xil komponentlar, shu jumladan uglevodlar, yogʻlar, oqsillar va minerallardan iborat. Oziqlantirish paytida ona sutining energetik qiymati muntazam oʻsgani bois uning rangi oʻzgarib, shakli quyuqlashadi6.
Koʻkrak suti bolani toʻlaqonli oziq bilan taʼminlaydi
Ona suti bola ehtiyojlariga muntazam moslashib boradi, masalan, u kun davomida, shuningdek, bolaning yoshiga qarab va hatto birgina oziqlantirish jarayonida oʻzgarishi mumkin! Bitta oziqlantirish paytida ona suti old sutdan orqa sutga oʻzgaradi.
Old sut
“Old sut” – bu oziqlantirish paytidagi birlamchi sut boʻlib, uning tarkibi bola uchun zarur uglevodlar, oqsillar va vitaminlarga boy boʻladi. Ushbu sut tarkibida suv koʻp boʻlgani tufayli, u koʻkrak sutini emadigan chaqaloqlarni suvsizlanish va tashnalikdan himoya qiladi6,7.
Orqa sut
Orqa sut oziqlantirish oxirida hosil boʻladi. U quyuq va toʻqroq rangda boʻladi. Bunga sabab sutdagi yogʻ va kaloriya miqdori bolani yanada uzoqroq muddat quvvat bilan taʼminlash uchun oziqlantirish asnosida oʻsib borishidir6,7. Koʻkrak sutidagi kaloriya yogʻ va oqsil hisobidan shakllanadi.
Koʻkrak sutining kaloriya quvvati qancha?
Kokʻrak sutining kaloriya quvvati har 100 ml uchun taxminan 67 kkalni tashkil qiladi, ammo bu koʻrsatkichlar bola ehtoyojiga qarab muntazam oʻzgarib boradi.
Koʻkrak sutining tarkibi
Koʻkrak sutining tarkibida har xil turdagi koʻplab yogʻlar11 mavjud boʻlib, ularning har bittasi bolaning rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Uzun zanjirli yarim toʻyingan yogʻ kislotalari, masalan, bola miyasining rivojlanishi uchun juda ahamiyatlidir. Tadqiqotlarga koʻra, ona sutida Uzun zanjirli yarim toʻyingan yogʻ kislotalarining ikkita turi – AA va DHA aniqlangan12. Homiladorlik va bolani koʻkrak suti bilan oziqlantirish paytida koʻp miqdorda foydali yogʻ kislotalarini isteʼmol qilish bolaning koʻrish qobiliyati, miyasi va harakatlantiruvchi koʻnikmalarini kuchaytirishga yordam berishi mumkin13. Ratsionga uzun zanjirli yarim toʻyingan yogʻ kislotalari, asosan, baliqlar, tuxum va goʻsht isteʼmol qilish orqali qoʻshiladi.
Oqsil – bolaning oʻsishida muhim oʻrin tutadigan “qurilish materiali”dir. U farzandingizni organizmdagi barcha hujayralarning oʻsishi va qayta tiklanishi uchun muhim boʻlgan asosiy “qurilish bloklari” (aminokislotalar) bilan taʼminlaydi14. Ona sutida oqsil sivorotka va kazein shaklida taqdim qilingan. Unda ahamiyatli funksiyalarni bajaradigan boshqa turdagi oqsillar ham koʻp uchraydi15. Masalan, koʻkrak sutida bolaning immun tizimini qoʻllab-quvvatlaydigan va shu orqali infeksiyalar bilan kurashishga yordam beradigan juda koʻp antitelalar mavjud16.
Kokʻrak sutidagi oligosaxaridlar – bu uglevodlarga oid molekulalar boʻlib, ular ona sutida tabiiy holatda uchraydi. Bu ona sutidagi kattaligi boʻyicha laktoza va lipidlardan3 keyin uchinchi oʻrinda turadigan qattiq komponent boʻlib, koʻkrak sutining har 1 litrida 12-15 g oligosaxaridlar17 mavjuddir. Ammo ularning miqdori ona sutining oʻziga xos tabiati tufayli ayollarda keskin farqlanadi. Ona sutida 200 dan ortiq fanga maʼlum oligosaxarid tuzilmalari mavjud boʻlib, ular ichak orqali ishlab bolaning immun tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi3.
Koʻkrak sutining tarkibida vitamin A, B6, D, yod va boshqalar singari koʻplab har xil turdagi vitamin va minerallar mavjud19. Shu bois homiladorlik va bolani oziqlantirish davrida sogʻlom parhezni saqlash nihoyatda muhim hisoblanadi19. Immun tizimini yaxshilaydigan E vitaminidan boshlab, oʻsish va aqliy rivojlanish uchun javob beradigan yodgacha boʻlgan ushbu barcha vitaminlar va minerallar bola salomatligida muhim oʻrin tutadi20.
Koʻkrak suti bolaning immun tizimini rivojlantirishga hissa qoʻshadigan boshqa koʻplab komponentlarni oʻz ichiga oladi. Masalan, uning tarkibi poyasimon hujayralar, oʻsishga yordam beradigan omillar va immun omillar (sitokinlar), nukleotidlar, gormonlar va immun hujayralar mavjud8.
Ona suti nukleotidlarga boy: mazkur modda organizmdagi barcha hujayralar, xususan immun tizimi uchun quruvchi komponent vazifasini bajaradi. Tadqiqotlarga koʻra, nukleotidlar immun tizimidagi muayyan hujayralarning faolligini qoʻllab-quvvatlab, organizmni infeksiyalardan saqlashga yordam beradi20. Ona sutidan topilgan gormonlar kun davomida oʻzgarib, bola organizmidagi quvvat balansi va uyqu singari funksiyalarni tartibga solishga hissa qoʻshadi21.
Immun hujayralar bolaning oʻz immun tizimi mustaqil ishlashni oʻrgangunga qadar uni tashqi taʼsirlardan himoyalaydi. Leykotsitlar deb ataluvchi ushbu hujayralarning miqdori bola kasallanganda uni infeksiyalardan asrash uchun ortib boradi7.
Adabiyotlar ro’yxati
- Agostoni, C., et al. J Pediatr Gastroenterol Nutr, 2009;49(1):112-125.
- G.E Kennedy – From the ape’s dilemma to the weanling’s dilemma: early weaning and its evolutionary context.
- Ruhaak LR and Lebrilla CB. Adv Nutr 2012; 3:406S-414S.
- Hassiotou F et al. Clin Transl Immunology. 2013;2(4):e3.
- Martin, C., Ling, P. and Blackburn, G. Nutrients, 2016;8(5):279.
- Hartmann PE. Mammary gland: Past, present, and future. In: Hale & Hartmann’s Textbook of Human Lactation. Amarillo, TX: Hale Publishing, 2007:3-16.
- Mizuno et al. Int Breastfeed J 2009;4(1):7.
- Ballard, O., & Morrow, A. L. Pediatr. Clin. North Am., 2013;60(1), 49–74.
- Ziegler, E. and Fomon, S. J. Pediatr. Gastroenterol. Nutr., 1983;2(2):288-294.
- Forsgård, R. Am. J. Clin. Nutr., 2019;110(2):273-279.
- Zou, X., et al.. J Agr Food Chem, 2012;60(29):7158-7167
- Jensen RG. Handbook of milk composition. London Academic Press 1995.
- European Food Safety Authority Panel on Dietetic Products, Nutrition and Allergies. Scientific opinion: DHA and ARA and visual development. EFSA Journal 2009;941:1-14.
- Wu, G. F Adv Nutr, 2010;1(1):31-37.
- Molinari, C. et al. J. Proteome Res., 2012;11(3):1696-1714
- Cabinian A et al. PLoS One. 2016;11(6):e0156762.
- \Thurl S, et al. Nutr Rev, 2017;75(11):920-33.
- LASER Analytica, 2014. Comprehensive literature search and review of breast milk composition as preparatory work for the setting of dietary reference values for vitamins and minerals. EFSA supporting publication 2014:EN-629, 154 1
- Y. de Vries, et al. Nutrients, 2018;10(6):687.
- Carver, J. Acta Paediatrica,1999;88:83-88.
- White, R. Breastfeed Med, 2017;12(7)398-400.