Uning holati qanday?
Yangi tug‘ilgan chaqaloq qancha uxlashi kerak?
Bolaning rivojlanishida uyqu muhim rol o‘ynaydi. Atrof-muhitning farzandingiz uyqusiga ta’siri va erta bosqichda yaxshi uyqu odatlarini qay tarzda kuchaytirish mumkinligi haqida bolalar uyqusi bo‘yicha ekspertimiz Chireal Shelloudan bilib oling.
Ekspertlar tavsiyalari
Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.
Yosh ota-onalar uchun moslashishda eng katta qiyinchiliklardan biri – bu uyqu yoki uning yo‘qligi. Vaqti kelib, yosh ota-ona bo‘lganingizda, uyqu muammosi sizning chekingizga tushadi, yangi tug‘ilgan bolaning onasiga (yoki otasi) aylansangiz, uyqungizning miqdori farzandingizga bog‘liq. Ko‘rpani tagiga kulcha bo‘lib yotib olarsiz, ammo bola baribir bola – u tun yarmiga kelib yeyishni xohlab qoladi, qusadi, uni qayta kiyintirish kerak yoki sizning pinjingizga kirib oladi. Farzandingiz uxlagandan ko‘ra ko‘proq uyg‘oqday tuyulishi mumkin. Ammo chaqaloq ko‘p uxlaydi! Bir yoshga to‘lar chog‘ida bola sutkaning yarmidan ko‘prog‘ini uyqu bilan o‘tkazadi. Va bundan xursand bo‘ling, chunki uyqu bola miyasi rivojlanishining bir qator jihatlari bilan bog‘liq va u bolaning xulqi, ruhiy salomatligi va xotirjamligiga ta’sir qilishi mumkin.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun uyqu qanday o‘rin tutadi?
Uyqu aslida faol jarayon bo‘lsa ham, ko‘pincha passiv mashg‘ulot sanaladi. Bola kamroq vaqt uyg‘oq tursa ham, uxlayotgan paytda uning organizmida ko‘plab jarayonlar sodir bo‘ladi. Chaqaloqlar uyqusi kattalarmikidan farq qiladi, yangi tug‘ilgan bola uyqusining o‘ziga xos xususiyatlari uning o‘rganishiga yordam berishi mumkin. Bolaning miyasi rivojlanishda davom etib, uni atrof-muhitni o‘rganishga tayyorlaydi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, chaqaloqlar uyqu vaqtida atrof-muhitga reaksiyalarni o‘rganadi va ularga ishlov beradi.
Uyqu bola uyg‘oq bo‘lgan qisqa vaqtda ko‘rgan va eshitgan materialni mustahkamlab, xotiralarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
“Me’yoriy” uyqu nima?
Farzandim umuman uxlamaydi deb o‘ylashingiz mumkin; yoki u siz uxlamaydigan vaqtda uxlayotgan bo‘lishi mumkin (bolalari tunda faol onalar bu fikrga qo‘shilishadi). Keling, “me’yoriy” uyqu nima ekanligini ko‘rib chiqaylik. Uyqu rejimi chaqaloqlarda dastlabki 12 oyda juda tez rivojlanadi.Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kuniga 18 soatgacha uxlaydi, shu bilan birga ularning tungi uyqu vaqti doimiy ravishda oshib boradi. Bir necha haftadan keyin farzandingiz uzoqroq vaqt uyg‘oq turishini va buning natijasida ko‘proq muddat uxlashini hamda tunlari kamroq uyg‘onishini guvohi bo‘lasiz. Ammo hamma bolalar ham bir xil emas. Ayrim bolalar ko‘proq va uzoqroq uxlaydi, boshqalari esa aksincha. Ba’zi bolalar tuni bilan uxlashga tez o‘tadi, ayrimlarga esa bu rejimga o‘tish uchun ko‘p vaqt talab etiladi yoki ular umuman tungi uyqu rejimiga o‘tishmaydi.
Oddiygina olganda, bu holatni ularning o‘ziga xos fe’l-atvori deyish mumkin: Bola yo uyg‘oq bo‘ladi, yoki uxlaydi. Ammo sezgining turli holatlari mavjud bo‘lib, bola ushbu holatlardan har kuni bir necha bor o‘tadi. Ulardan ikkitasi – uyqu holatlari. Chaqaloq ushbu holatlarning har birida vaqtining 50 %ini o‘tkazadi:
- Faol uyqu (tez uyqu sifatida ham ma’lum [ko‘zlarning tez harakatlanishi]): nafas olish bir tekis tusga kiradi, bola shovqindan seskanib ketishi mumkin.
- Chuqur uyqu (ba’zan uni tinch yoki sekin uyqu deb ham atashadi): bola harakatlanmasdan tinch yotadi; titrash va boshqa harakatlar bo‘lmaydi.
Uyg‘oq bo‘lish yoki faol holatlar ham mavjud:
• Uyquchilik: bolaning ko‘zlari yopila boshlaydi va uyquga ketadi.
• Tinch rejimi: bolaning ko‘zlari katta ochilgan, yuzi quvnoq, tanasi esa tinch bo‘ladi.
• Faol rejim: yuz va tana faol harakatlanadi.
• Yig‘lash: bola yig‘laydi, tanasi juda faol harakatlanadi.
Bolaning holatlari va signallarini o‘rganish juda muhim, chunki bu uning uyqu rejimi nozik tafsilotlarini anglashingizda va ularga javob qaytarishingizda yordam beradi.
Atrof-muhit omillari bolaning uyqusiga qanday ta’sir qiladi?
Chaqaloqlar uyqusining umumiy modellari mavjud bo‘lsa-da, bolalarning hammasi ham bu modellarga tushavermaydi.
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ona va bolaning o‘zaro aloqasi va oziqlantirish rejimi uning uyqu rejimini shakllantirishga ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, ota-onalar xarakteri va stress darajasi bola uyqusiga ta’sir qiladigan asosiy omillar sanaladi.
Yaxshi uyqu odatlarini singdirish
Uyqungiz qochib ketgandan keyin boshqa miriqib uxlolmasligingizni sezsangiz kerak. Bolaga yaxshi uyqu odatlarini singdirish uchun qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan bir qator xulqiy aralashuvlar ham mavjud, masalan bola tinchlanishi uchun uni uyg‘oting. Uxlash paytida tinchlanish qobiliyati (tun boshida belanadi va uyg‘onsa yana uyquga ketadi) uyqu va uyg‘oqlikning sog‘lom modellarini rivojlantirish uchun asosiy omil sanaladi.
Odatda o‘zidan-o‘zi tinchlanadigan bolalar boshqalar tinchlantiradigan bolalarga nisbatan yaxshiroq uxlaydi, deb hisoblashadi. Uyg‘oqlikdan uyqu holatiga o‘tish Tinchlantirish asosan kunduzgi uyqu uchun bolaning uyqu rejimini o‘rnatish orqali yordam berishi mumkin. Kunduzgi uyqu tungi vaqtdagi uyquni yaxshilaydi va uyqu, ovqatlanish va cho‘milish rejimini shakllantiradi deyishadi.
U bola o‘tiradigan joyga uni o‘rgatishga yordam beradi. Xoh beshik yoki karavot bo‘lsin, yoki siz yotadigan karavotdagi birga uxlasin, bola bir joyda uxlashi uning uyqu rejimini yaxshilashga yordam beradi.
Yo‘rgaklash haqida ham o‘ylab ko‘ring. Yo‘rgaklash (bola o‘zini xavfsizlikda his qilishi uchun mahkam qilib o‘rash) bolalarning hammasiga ham yoqmasa-da, bu usulning o‘z afzalliklari bor. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, yo‘rgaklash bola oldi bilan aylanib ketishiga va boshi choyshab bilan yopilib qolishiga yo‘l qo‘ymagan holda u tinchlantirishi, uxlashiga va orqa tomonida qulay yotishiga yordam berishi mumkin.
Xulosa
“Boladay uxlaydi” degan eski iborani qachonlardir eshitgan bo‘lsangiz, unga shubhangiz bo‘lishi aniq, chunki yangi tug‘ilgan bola hayotining dastlabki oylarida qanchalar notinch bo‘lishi sizga ma’lum. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tun-u kun uxlaydi, uyqu-uyg‘oqlik sikli esa uning ovqatlanish, ustini almashtirilishi va bag‘ringizga olishga bo‘lgan ehtiyojlariga bog‘liq. Ammo uyqu shunchaki passiv faoliyat emas. Keyingi ovqatlanish uning tushiga kiradi, deb o‘ylarsiz, ammo, u uxlasa ham, miyasida ko‘p jarayonlar sodir bo‘lishda davom etadi.
Muallif: Chireal Shellou
Chireal Shellou – ruhshunos va psixoterapevt. U bolalar uyqusi klinikasiga 2004-yilda asos solgan va nufuzli mijozlar, shu jumladan qirollik oilasi a’zolariga yordam bergan. Ziyrakligi va topqirligi bois u ommaviy axborot vositalarida ko‘plab chiqishlar qildi va hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 2008-yildan Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmatida ishlagan Chireal xususiy va davlat sektorlarida katta tajribaga ega. Chireal bir o‘zi 4 farzandni voyaga yetkazgan va mijozlarining oilasiga ham mehribonlarcha munosabatda bo‘lib kelmoqda.
- Sporando BM & Reeb-Sutherland BC. Associations between infant temperament, maternal stress, and infants’ sleep across the first year of life. Infant Behav Dev 2015;39:131–135.
- Tarullo AR, Balsam PD, Fifer WP. Sleep and infant learning. Infant and Child Development 2011. Vol 20(1); 35–46. Available at http://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/icd.685/abstract Last accessed March 2016
- Rosen L. Infant sleep and eating. JOGNN 2008;37:706–714.
- States of Consciousness in Newborns. HealthChildren.Org. Available at: https://www.healthychildren.org/English/ages-stages/baby/Pages/States-of-Consciousness-in-Newborns.aspx Last accessed March 2016
- Burnham MM, Goodlin-Jones B, Gaylor E et al. Night time sleep-wake patterns and self-soothing from birth to one year of age: a longitudinal intervention study. J Child Psychol Psychiatry. 2002 Sep; 43(6): 713–725. Available at http://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC1201415/. Last accessed March 2016
- Infant sleep information source (ISIS). Available at https://www.isisonline.org.uk/sleep_health/sleep_aids/swaddling/; Last accessed March 2016.
- van Sleuwen BE, Engelberts AC, Boere-Boonekamp M et al. Swaddling: A Systematic Review. Pediatrics. 2007, 120 (4). Available at: http://pediatrics.aappublications.org/content/120/4/e1097 Last accessed March 2016.
Yangilangan sana: 2016-yil 30-iyun
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.