Maqoladan so’ng darhol NutriciaClub mutaxassislaridan «Bolani qanday uyquga yotqizish kerakligi» mavzusida ota-onalarga foydali maslahatlarni o’qib, o’zingiz uchun saqlashingiz mumkin!
Barchamiz bilamizki, uxlash muhim ahamiyatga ega. Uyqu tanamizga dam olishga yordam beradi va yangi kunga tayyorlanishimizga yordam beradi. Farzandingiz uchun uxlash yanada muhimroq. Kichkintoyingiz har kuni hushyor holda yangi tovushlar va harakatlarni kashf etmoqda. Shu sababli, farzandingiz bularning barchasini o’zlashtirishi uchun etarlicha dam olishi juda jarayondir. Yetarlicha dam olish vaqti farzandingizning immun tizimi uchun juda muhim ekanligini bilasizmi?
Uyqu va immunitet tizimi
Immunitet tizimining to’g’ri ishlashi uchun etarli darajada uxlash juda muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, uyquning etishmasligi immunitet tizimining normal ishlashiga ta’sir qilishi mumkin. Etarli darajada uxlamasa, bolangiz virusga chalinganishi va keyin kasallikga uchrab qolish ehtimoli katta. Shuningdek uyquning yetarliligi bolangiz kasal bo’lganda qanchalik tez tiklanishiga ta’sir qilishi mumkin. Uyqu paytida immunitet tizimi sitokinlar deb ataladigan oqsillarni ishlab chiqaradi. Agarda farzandingiz qandaydur infektsiyani yuqtirganda, ularga qarshi kurashish uchun sitokinlar ishlab chiqarilishi ko’payadi. Bolangiz etarli darajada uxlamasa ushbu himoya sitokinlarini ishlab chiqarilishi kamayishi mumkin. Bundan tashqari, infektsiyalarga qarshi kurashadigan antikorlar va hujayralar uyqusizlik sababidan kamayishi mumkin.
Agar bolangiz etarlicha uxlamasa, uning imuniteti etarli darajada infektsiyaga qarshi kurasha olmaydi. Shuning uchun, bolangiz uchun yaxshi uxlash tartibini yaratish muhimdir. Bolangiz uxlayotgan paytda, sizda ham o’zingizning energiya quvvatingizni ko’tarish imkoniyati paydo bo’lishi mumkin. Ikkingiz uchun ham uyqu foyidalidir!
Farzandingizni uxlashni osonlashtiradigan maslahatlar
Ba’zi odamlar boshqalarga qaraganda kamroq uxlay oladi, ammo deyarli har bir kishi tungi dam olishga qattiq muhtoj. Farzandingiz yangi tug’ilganida, uxlash vaqti kunning ko’p qismini tashkil qiladi. Chaqalog’ingiz o’sib ulg’aygayotganida, uning uyqu soatlari o’sib boradi va kecha-kunduz uxlash ritmini rivojlantiradi. Ota-onalar uchun farzandini uxlatish ko’pincha biroz qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Farzandingiz uxlab qolishini osonlashtirish uchun quyidagi 7 maslahat bilan tanishib chiqing!