Go‘daklarda laktozani singdira olmaslik belgilari va siptomlari

Aniq dalolat

Allergiya va singdira olmaslik o‘rtasidagi farq

Kamdan-kam holatlarda bolalarda latkozani singdira olmaslik kuzatilishi mumkin. Laktozani singdira olmaslikning turfa turlari va ularning simptomlarini qanday aniqlash haqida, farzandingiz parheziga, shuningdek uning kelgusi salomatligi va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida ko‘proq bilish uchun maqolani o‘qishda davom eting.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Bolani qanday tinchlashtirish mumkin

Ish bolani ovutishga kelganda, «to‘g‘ri» usul mavjud emasligini aytish kerak – u bolani nima chalg‘ita olishiga bog‘liq. Quyida onalar foydali deb hisoblagan bir necha sinalgan usullar keltirildi:

  • Yengil tebratuvchi harakatlar bilan tinchlantiring.
  • Bolani turli holatlarda ko‘tarib ko‘ring.
  • Oq shovqin (masalan, fen, chang yutgich) bilan tinchlantiring.
  • Bolani iliq suvda cho‘miltirib, issiq odeyaloga o‘rang.
  • Mavze bo‘ylab aravachada aylantiring.
  • Bolani mashinada sayr qildiring.
  • Qorni yoki yelkasini asta uqalang.
  • Vrachingizdan bolalar massaji usulari haqida so‘rang.

Laktozani singdira olmaslik nima?

Laktoza — bu sut va boshqa sut mahsulotlarining aksariyatida mavjud qand moddasidir. Organizm yetarlicha miqdorda laktaza – laktozani yengilroq singadigan shaklga parchalash uchun ichakda ishlab chiqariladigan ovqat hazm qilish fermentini ishlab chiqara olmasa, singdira olmaslik yuzaga keladi.

Laktozani singdira olmaslik nisbatan kam uchraydi: yevropaliklarda 50 kishidan faqat bittasi ushbu kasallikdan aziyat chekadi.

Singdira olmaslikning 3 ta asosiy turi mavjud:

Birlamchi – bunda ovqat bilan sut mahsulotlari iste’moli kamayishiga javoban tabiiy laktaza ishlab chiqarish kamayadi. Odatda bu katta yoshga yetgungacha ro‘y bermayda va, qoidaga ko‘ra, sut mahsulotlari katta yoshlilarning odatiy ratsioniga kirmaydigan etnik toifalarga oid bo‘ladi.

Ikkilamchi – vaqtinchalik singdira olmaslik, u ichak faoliyatining buzilishi natijasi, masalan, oshqozon kasalliklari yoki infeksiyalar, diagnostikalanmagan seliakiya yoki uzoq muddat antibiotiklar olish oqibati bo‘lishi mumkin.

Tug‘ma – kasallikning o‘ta noyob genetik shakli bo‘lib, bunda bolalar laktazasiz yoki juda oz miqdordagi laktaza bilan tug‘iladi.

Muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda ham laktozani singdira olmaslik kuzatilishi mumkin, chunki ularning ingichka ichagi yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Bunday holatlarda, odatda, bola ulg‘ayganidan keyin singdira olmaslik o‘tib ketadi.

Laktozani singdira olmaslik simptomlari

Laktozani singdira olmaslik simptomlari boshqa kasalliklar simptomlariga o‘xshash bo‘lib, bu ularni aniqlashni qiyinlashtiradi. Biroq umumiy simptomlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Qorindagi og‘riq.
  • Ich ketishi.
  • Qorin shishi.
  • Kuchli dam bo‘lish

Bu simptomlar odatda laktozali ovqat tanovulidan keyin 1–3 soat ichida yuzaga keladi.

Farzandingizda laktozani singdira olmaslik borligini qanday bilsa bo‘ladi?

Agar farzandingizda ovqatni hazm qilish bilan muammolar bor, deb hisoblasangiz, tashxis qo‘yishda yordam beruvchi terapevtga murojaat qiling. U sizni yanada malakaliroq yordam olish uchun bolalar diyetologiga yo‘llaydi. Agar farzandingiz bir yoshdan kichik bo‘lsa, bolalar simptomlarini tekshirish bo‘yicha bizning dasturimizdan foydalanib ko‘rishingiz mumkin. U ko‘plab foydali maslahatlar va simptomlar to‘plamini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni terapevtingizga ko‘rsatishingiz mumkin.

Laktozani singdira olmaslikka shubhalanganda Sizga bola ratsionidan laktozani chiqarishni maslahat berishlari mumkin. Buni siz faqat tibbiy xodim rahbarligida bajarishingiz kerak – shunda farzandingiz sog‘lom rivojlanish uchun barcha kerakli ozuqa moddalarini olishda davom etayotganiga amin bo‘la olasiz. Alohida e’tibor berish kerak bo‘lgan ozuqa moddalaridan biri kalsiy – laktozali mahsulotlarda odatda mavjud bo‘ladigan va suyaklarning me’yorda rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mineraldir.

Kalsiy farzandingiz suyaklari o‘sishi uchun zarur, shu sababli, agar sut mahsulotlaridan voz kechishingiz kerak bo‘lsa, uning iste’moliga e’tibor qaratish lozim.

Agar Siz ko‘krak bilan emizayotgan bo‘lsangiz, farzandingizga, ko‘krak sutidagi laktozani hazm qilish uchun, laktazali tomchilar kerak bo‘lishi mumkin. Odatda fermentli tomchilar steril konteynerda oz miqdorda suzib olingan ko‘krak suti bilan aralashtiriladi, keyin bolaga bevosita emizishdan oldin qoshiqchada beriladi. O‘z ratsioningizdan laktozani olib tashlash foyda bermaydi, chunki u ko‘krakda ishlab chiqariladi va Sizning ratsioningizdagi laktoza bilan bog‘liq emas. Agar Siz farzandingizni ko‘krak sutidagi laktozaga ta’sirchan deb hisoblasangiz, maslahat uchun o‘z terapevtingizga murojaat qiling.

Kasallik nazorat ostida bo‘lib, farzandingizni mutaxassislar kuzatib turarkan, laktozani singdira olmaslik bolaning rivojlanishiga ta’sir qilmaydi. Bu holatni barvaqt aniqlash farzandingizga o‘zini yana yaxshi his qilish va ushbu bosqich hamda kelgusidagi o‘sishi uchun zarur ozuqa moddalarini olish imkonini beradi. Shuni ham yodda tuting: aksariyat holatlarda singdira olmaslik atigi 4–6 hafta davom etishi mumkin, shu sababli laktozani takroriy kiritishni o‘zingizning davolovchi vrachingiz bilan muhokama qilganingiz yaxshi.

Laktoza va uning muqobillari mavjud mahsulotlar

Ayrim keng tarqalgan mahsulotlardagi laktoza darajasi:

  • Bir stakan sut (200 ml) – 9 g laktoza;
  • Karton qadoqdagi yogurt (125 g) – 5,9 g laktoza;
  • Tvorog (60 g) – 1,8 g laktoza;

• Chedder pishlog‘i (30 g) – 0 g laktoza;

• Uy tvorogi (40 g) – 1,2 g laktoza;

• Sutli shokolad plitkasi (54 g) – 5,5 g laktoza;

• Guruchli puding chashkasi (200 g) – 7,8 g laktoza.

mahsulot turiLactozaga ega mahsulotlarLactoza miqdori kam bo’lgan muqobillar
SutSuruq sut, modifikatsiyalangan sut, quyultirilgan sut, yog‘sizlantirilgan quruq sut, yog‘siz qaymoqLaktoza miqdori kam bo‘lgan va laktozasiz aralashmalar, jumladan laktozasiz Nutrilon (muhim eslatma: 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun faqat sutli aralashmalar berish mumkin)
Yog’MargarinLaktoza miqdori kam: edam, gauda, rokfor, bri, chedder, moviy mog‘orli pishloq.Laktozasiz: soya pishlog‘i, guruch pishlog‘i (Muhim eslatma: 6 yoshdan kichik bolalarga yumshoq yoki pasterizatsiyalanmagan pishloqlar berish mumkin emas)
PishloqPishloq, tvorogLaktoza miqdori kam: sigir sutidan yogurt.Laktozasiz: soya yogurti.
Yogurtsutli yogurtSoya qaymog‘i, suli qaymog‘i
Qaymoq rangQaymoq, su’niy qaymoq, muzqaymoq

Quyidagi mahsulotlarda laktoza bo‘lishi mumkin. Laktozali mahsulotmi-yo‘qligini bilish uchun masalliqlari ro‘yxatini tekshiring:

  • Qayta ishlangan go‘sht va mahsulotlar, masalan, vetchina
  • Non va non mahsulotlari
  • Nonushtaga yormalar
  • Tortlar
  • Pechenye

Farzandimdagi laktozani singdira olmaslik o‘tib ketadimi?

Nima sababli ekaniga ko‘ra, farzandingiz butkul tuzalib ketishi yoki kelgusida laktozani ko‘proq hazm qila oladigan bo‘lishi mumkin. Ayrim odamlarda singdira olmaslik bir umr davom etadi.

Terapevtingiz yoki bolalar diyetologi laktoza miqdori kam yoki u mavjud bo‘lmagan aralashmani tavsiya etishi mumkin. Keyin mutaxassis bolangizning reaksiyasini tekshirish uchun takroran laktoza kiritib ko‘rishni va biror o‘zgarishlar ro‘y bergan-bermaganligini tekshirishni taklif etishi mumkin. Shu sababli vrachingiz bilan bog‘laning va unga ishlaringiz qandayligidan xabar bering.

Keyingi qadam

  • Agar farzandingizda laktozani singdira olmaslik borligiga shubhalansangiz, o‘z terapevtingiz yoki tibbiy xodim bilan gaplashib ko‘ring. Ular Sizga muammoni aniqlash va farzandingizning salomatligini tiklash bo‘yicha keyingi qadamlarda yordam beradilar.

  1. NHS UK. Lactose intolerance [Online]. 2014. Available at: www.nhs.uk/conditions/Lactose-intolerance/Pages/Introduction.aspx [Accessed May 2014]
  2. EFSA. Scientific opinion on lactose thresholds in lactose intolerance and galactosaemia [Online]. 2010. Available at: www.efsa.europa.eu/efsajournal/pub/1777 EFSA Journal 8(9):1777 [Accessed May 2014]
  3. Dunne. T., Farrell. P. & Kelly. V. (2008). Feed Your Child Well. A & A Farmer
  4. McCance. & Widdowson. (2002). The Composition of Foods. (6thed).

So‘nggi yangilash: 2016-yil 13-avgust

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x