O‘qishga sarflanadigan vaqt: 5 daqiqa
Yangi tug‘ilgan chaqalog‘ingizga kuniga bir necha choy qoshiq og‘iz suti yetarli bo‘ladi, chunki bu paytda uning qorinchasi kichkina sharchadek bo‘ladi.
Sutingizdagi gormonlar kechga borib o‘zgarishi va farzandingiz uyquga ketishiga yordam berishini bilasizmi?
Ko‘krak bilan qanday emizgan ma’qul
Nutricia club tayyorlagan ushbu qisqa videoni ko‘rib, bolani ko‘krak bilan qanday emizish ma’qulligi to‘g‘risidagi qadam-baqadam qo‘llanmaga ega bo‘ling
Endigina ko‘krak bilan emizishni boshlaganlarga
Shubhasiz, ko‘krak bilan emizish farzandingiz uchun eng yaxshi tanlov va ikkalangiz uchun mutlaqo tabiiydir. Ammo, har qanday yangi tajriba kabi, uni o‘zlashtirish uchun biroz vaqt talab qilinadi. Shu sababli, boshida qiyinchilikka duch kelsangiz, tashvishlanmang. To‘g‘ri texnika tanlansa, ozgina tajriba orttirilganidan keyin, tez orada hammasi osonlashadi. Siz to‘g‘ri yo‘lda ekanligingizga ishonch hosil qilishingiz uchun biz ko‘krak bilan emizish bo‘yicha bir nechta foydali maslahatlarni tayyorladik. Agar sizda muammolar tug‘ilgan bo‘lsa, yodda tuting: ular faqat Sizda emas — bizda ko‘krak bilan emizish bilan bog‘liq yuzaga keladigan umumiy muammolar bo‘yicha maslahatlarimiz ham bor.
Agar Siz o‘zingizni qulay his qilsangiz, bu farzandingizni yaxshiroq ovqatlantirishga yordam beradi. Shuning uchun har xil emizish holatlarini sinab ko‘ring va eng qulayini tanlang. O‘zingizga qulaylik yaratishni ham unutmang va qo‘l ostingizda ichimlik turishi kerakligini ham e’tiborga oling – chunki emizish paytida qattiq suvsirab qolishingiz mumkin!
Sut qachon “keladi”?
Tug‘ruqdan taxminan 2-4 kundan keyin ko‘kragingiz to‘lib boradi, chunki Siz ko‘proq ko‘krak suti ishlab chiqara boshlaysiz.
Ilmiy izoh
Oldingi va keyingi sut
Nutricia bazasida
Har safar emizishni boshlaganingizda chanqoqni qondiruvchi, uglevodlar, oqsil va vitaminlarga boy — oldingi sutni ishlab chiqarasiz, u farzandingizning suv balansini ta’minlaydi. Farzandingiz ovqatlanishni davom etgani sari, Sizda keyingi sut ajralib chiqishi boshlanadi – u quyuqroq, ozuqaga boyroq bo‘lib, to‘yganlik hissini uzoqroq saqlab turadi.
Ammo bular sutning ikki xil turi emas, balki oldingi sut bilan boshlanib, emizish paytida keyingi sutga o‘tadigan davomiylikning yakuniy nuqtalaridir. Siz o‘z farzandingizga beradigan har qanday ko‘krak suti uni kerakli ozuqa bilan ta’minlaydi va unga hayotning eng maqbul boshlanishini taqdim etadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘krak bilan qanday emizish kerak
- Qulay kresloga yoki yostiqqa suyanib o‘tiring.
- Bolani ko‘kragingizga olib keling va unga suyanishiga qo‘yib bering.
- Bola bo‘ynining orqa tomoni va yelkalarini tutib turish kerak, ammo boshi erkin harakatlansin.
- Emizish paytida bolaning butun tanasi Siz tomonga burilgan bo‘lishi kerak, shu sababli uning qorni doim Sizga qaraganligiga amin bo‘ling.
- Emizish paytida bolaning qo‘llari erkin harakatlanishiga qo‘yib bering. Bolaga emizish paytida ko‘kragingizni ezish yoki teginish imkonini berganingizda, sut ishlab chiqarilishi yaxshilanganligini sezishingiz mumkin bo‘ladi.
Bolaga ko‘krakni qanday tutish kerak
- Bolani uning burni ko‘kragingiz bilan bir chiziqda turadigan qilib tuting.
- Yuqori labi ko‘kragingizga tegadigan qilib boshini yengil orqaga engashtiring. Bu bolaga og‘zini katta ochishga yordam berishi kerak.
- Og‘iz katta ochilishi bilan, bolani ko‘krakka olib keling (aksincha emas).
- Agar bolangizga ko‘krak to‘g‘ri tutilgan bo‘lsa, uning pastki labi biroz cho‘chchayadi va areolangiz (ko‘krak uchi atrofidagi to‘q rang teri)ning yagona ko‘rinadigan joyi bolangizning yuqori labi ustida bo‘ladi.
- Og‘riqli emizishga bola ko‘krakni noto‘g‘ri ushlagani sabab bo‘lishi mumkin, holatni o‘zgartirish bu holda yordam beradi. Barmog‘ingizni ko‘krak uchi va bola og‘zi orasidan o‘tkazib, uni ko‘krakdan asta ajrating va boshqa holatda qaytadan ko‘krak tutishga urinib ko‘ring.
Vaqt o‘tgach, Siz farzandingiz qanday holatda ovqatlanishni xush ko’rishini bilib olasiz, ammo ungacha to‘g‘ri emizishning umumiy belgilariga e’tibor bering:
- Bola ko‘krakdagi sutning aksariyat qismini iste’mol qiladi.
- Dahani ko‘kragingizga zich tegib turadi.
- Ko‘krak uchi va ko‘krakda noqulayliklar sezilmaydi.
- Bolaning o‘zi, qorni to‘ygach, ko‘krakdan chetlanadi.
- Emizish paytida yuzlari yumaloqlangandek ko‘rinadi. Shuningdek, qulog‘ining atrofidagi harakatga e’tibor bering – bu yutinishning yaxshi alomati.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa har bir emizishda qancha sut berish kerak?
Ko‘pgina onalar bolalari yetarlicha sut emmayotganidan xavotirlanadilar, ammo dastlabki bir necha kun davomida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ingizga bor-yo‘g‘i bir necha choy qoshiq og‘iz suti yetarli bo‘ladi, chunki uning qorni hali kichkina bo‘ladi. Shunga qaramay, u har soat ovqatlanishi mumkin. Shuningdek, farzandingiz tug‘ilishidan keyin birinchi haftada 5-10% vazn yo‘qotishi tabiiy – bu suyuqlik yo‘qotilishi tufayli ro‘y beradi. Ammo, agar vazn yo‘qotilishi 10%dan oshsa, bu borada sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassis bilan maslahatlashing, chunki klinik baholash o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Ikkinchi hafta oxiriga borib bola kerakli vaznni yig‘ib, o‘sa boshlaydi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqni necha mahal emizish kerak?
Farzandingizda yuqorida keltirilgan barcha alomatlar kuzatilganida ham, baribir, Siz u qabul qilayotgan sut miqdori haqida xavotirlanishingiz mumkin. Emizishlar soni borasida biror qattiq belgilangan qoidalar yo‘q va farzandingiz ulg‘aygani sari uning ehtiyoji o‘zgarib boradi, har 2-3 soatda, jumladan kunduzgi va tungi emizishni ham mo‘ljal qilib oling.
Farzandingiz yetarlicha ovqatlanayotganligini bilishning bir necha usullari:
- 3-5-kundan boshlab u vazn yig‘a boshlaydi. Aksariyat bolalar dastlabki 2 hafta ichida tug‘ilgandagi vazniga qaytadi.
- 4-kundan boshlab va dastlabki bir necha hafta davomida bolaning ichi sariq va anchayin suyuq keladi. Bolaning kuniga kamida 2 marta ichi kelishi kerak.
- 5-kundan boshlab, bolaning tagligini har kuni kamida 6 marta almashtirish zarur bo‘ladi.
Yodda tuting: farzandingizning qorni to‘yishi bilan, uning o‘zi ko‘krakdan chetlanadi. Ayrim chaqaloqlar, tabiiyki, emizish paytida tanaffus qiladilar, shu sababli, u dam olayotgani yoki qorni to‘yganligini bilish uchun biroz kutib turgan ma’qul.
Ko‘krak bilan emizish qancha davom etgani ma’qul?
Ko‘krak suti farzandingizni kerakli barcha ozuqalar bilan ta’minlaydi va ko‘pgina afzalliklarga ega, farzandingiz qattiq taomlarga o‘rganganida bu afzalliklar saqlanib qoladi! Bolani 6 oygacha faqat ko‘krak suti bilan emizish, keyin 2 yilgacha qo‘shimcha taomlar bilan birga oziqlantirishni davom etish, uni ilk bolalik davrida eng yaxshi ozuqa bilan ta’minlashga yordam beradi.
Ko‘krak bilan emizish uchun moslamalar
Ko‘krak bilan emizish uchun moslamalarni birdaniga xarid qilish og‘ir masalaga aylanishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlikning oxirlaridanoq rejalashtirgan ma’qul. Emizish uchun foydali moslamalar:
Emizish uchun byustgalter
- U to‘liq yechiladi va ochiladi, shu bilan ko‘krak bilan emizishni osonlashtiradi.
- E’tibor bering, u juda ham qattiq siqib turmasligi kerak, chunki ko‘krakka bosim bo‘lishi mastit ehtimolini oshiradi.
Sutso‘rg‘ich
- Agar ko‘krak sutini suzib olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz
Ko‘krak uchun prokladkalar
- Emizishlar orasida ko‘krakdan biroz sut sizishi mumkin.
Jamoat joylarida ko‘krak bilan emizish
Bola bilan sayr qilayotganimizda jamoat joylarida ko‘krak bilan emizishga ko‘p to‘g‘ri keladi. Odatda, jamoat joylarida to‘g‘ri kelib qolsa, dastlabki bir necha emizishda Siz biroz asabiylashasiz. Agar jamoat joyida ko‘krak bilan emizishga tortinadigan bo‘lsangiz, muslinli yo‘rgak Sizga ko‘kragingizni to‘sishda yordam beradi.
- Lording, Ros. Breastfeeding Review, 2008;16(3):32.
- Legislation.gov.uk. (2019). Equality Act 2010. [online] Available at: http://www.legislation.gov.uk/ukpga/2010/15/contents [Accessed 18 Dec. 2019].
- White, R. Breastfeed Med, 2017;12(7):398-400.
- Agostoni, C., et al. J Pediatr Gastroenterol Nutr, 2009;49(1):112-125.
- Neville, M. et al. Am J Clin Nutr, 1988;48(6):1375-1386.
- Nielsen, S., Beverly, R. and Dallas, D. Frontiers in Nutrition, 2017;4.
- Banginwar, A., et al. J Fam Community Med, 2011;18(2):74.
- Australian Breastfeeding Association. (2019). Baby weight losses and weight gains. [online] Available at: https://www.breastfeeding.asn.au/bf-info/common-concerns–baby/baby-weight-gains [Accessed 18 Dec. 2019].
- Nice.org.uk. 2020. Recommendations | Faltering Growth: Recognition And Management Of Faltering Growth In Children | Guidance | NICE. [online] Available at: https://www.nice.org.uk/guidance/ng75/chapter/Recommendations [Accessed 1 May 2020].
- Casiday RE, et al. Eur J Clin Nutr. 2004;58(9): 1290-1296.
- Li R, Fein SB, Grummer-Strawn LM. Pediatrics. 2010;125(6):1386-93.
So‘nggi yangilash: 2020-yil 13-iyul
Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda
Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.