Kesarcha kesishdan keyin ko‘krak suti bilan oziqlantirish: laktatsiyaniqanday rag‘batlantirish va onaning suti bo‘lmasa, bolani nima bilanoziqlantirish kerak?

Homiladorlik paytida ayolning tanasi bola tug‘ilgandan keyin birinchi va eng muhim ozuqa — ona sutini ishlab chiqarish uchun tayyorlanadi. Bu chaqaloq uchun eng yaxshi oziqlanishdir, shuning uchun mutaxassislar kamida ikki yil davomida ko‘krak suti bilan oziqlantirishni tavsiya qiladilar. Bolaning qanday tug‘ilishidan qat’i nazar, — tabiiy yoki kesarcha kesish yo‘li bilan, ona ko‘krak suti bilan muvaffaqiyatli oziqlantirishi mumkin. Biroq bu har doim ham oson bo‘lmaydi va kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ish ko‘krak suti bilan oziqlantirishni man qiluvchi omillardan biri bo‘lishi mumkin (ammo har doim ham emas!). Kesarcha kesishdan keyin laktatsiyani qanday rag‘batlantirish va ayol ko‘krak suti bilan oziqlantira olmaydigan vaziyatni qanday yengish mumkin?

Ona suti — chaqaloq oziqlanishining oltin standartidir

Ona suti istalgan vaqtda bo‘ladi va bolaning eng muhim ehtiyojlarini qondiradi. Bu haqiqatan ham noyob hodisa! Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari chaqaloq hayotining dastlabki 6 oyida yagona ozuqa bo‘lishini tavsiya qilishlari bejiz emas. Ko‘krak suti bilan oziqlantirishni (ratsionni kengaytirishda) 2 yoshgacha va undan ko‘proq, ya’mi ona va bola buni xohlagancha davom ettirish kerak. Ona suti vitamin va minerallarga, shuningdek, oligosaxaridlarga boyligi tufayli chaqaloqning ovqat hazm qilish tizimi va ichak mikrobiotasi, ya’ni turli mikroorganizmlar tomonidan shakllangan murakkab ekotizim uchun alohida ahamiyatga ega. Ichak mikrobiotasi bola hayotining birinchi yillarida jadal rivojlanadi va uning to‘g‘ri tarkibi immunitet tizimini shakllantirish uchun juda muhimdir.

Muhim!

Bolaning ichak mikrobiotasi tarkibiga ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Xususan, bu tug‘ilish tarziga, onaning mikrobiotasi tarkibiga, ona va bolaning oziqlanishiga bog‘liq. Tabiiy tug‘ish paytida yangi tug‘ilgan chaqaloqning mikrobiotasi ham oshqozon-ichak traktidan, ham ayolning jinsiy yo‘llaridan bakteriyalar bilan boyitiladi. Ular orasida Bifidobacterium bakteriyalari mavjud. Sog‘lom yosh bolalarning ichaklarida uchraydigan Bifidobacterium breve turidagi bakteriyalar alohida e’tiborga loyiqdir. Qizig‘i shundaki, ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarning ichak mikrobiotasida Bifidobacterium bakteriyalari ustunlik qiladi.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish qiyin bo‘lishi mumkin

Homiladorlik paytida ayolning tanasi allaqachon bolani ko‘krak sutida oziqlantirish uchun tayyorlangan bo‘lsa-da, bu jarayon har doim ham oson kechmaydi. Ko‘pgina omillar laktatsiyaga ta’sir qilishi mumkin, masalan, stress, onaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar yoki ishga tushib ketish holati. Bundan tashqari, ko‘krak sutida oziqlantirishga chaqaloqning kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgani ta’sir qilishi mumkin. Shu bilan birga, laktatsiya sutni siqib olish orqali rag‘batlantirilishi mumkin, buning yordamida ko‘krak sutni doimo kerakli miqdorda ishlab chiqaradi. Ona dam olishi, to‘g‘ri ovqatlanishi va ko‘p suv ichishi kerak, chunki oziqlantirish paytida uning suyuqlikka bo‘lgan ehtiyoji sezilarli darajada oshadi.

Agar mustaqil urinishlarga qaramay, laktatsiyani rag‘batlantirish natija bermasa, siz ko‘krak suti bilan oziqlantirish bo‘yicha mutaxassis yoki akusherdan maslahat olishingiz lozim. Ba’zan siz qilishingiz kerak bo‘lgan yagona narsa oziqlantirish texnikasini o‘zgartirishdir. Ba’zi hollarda aralash oziqlantirishni joriy etish — chaqaloqni ona suti va aralashma bilan bir vaqtda oziqlantirish yordam berishi mumkin. Buning yordamida siz emizishni davom ettirishingiz va bolaning to‘g‘ri ovqatlanayotganiga va vazn to‘playotganiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Ammo, agar qiyinchiliklarni bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, siz mutaxassis bilan birgalikda bolangizga mos keladigan boshqa sutni tanlashingiz kerak bo‘ladi.

Kesarcha kesish bilan tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mahsulot

“Nutricia” olimlari bozorda kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar uchun maxsus mo‘ljallangan birinchi aralashmani ishlab chiqdilar. Bebilon PROfutura CESARBIOTIK 2 Bifidobacterium bakteriyalari qo‘shilgan holda kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘ilgan bolaning immunitetini va rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Mahsulot tabiiy ravishda ona sutida mavjud bo‘lgan komponentlarni o‘z ichiga oladi: HMO ;FL, immun kompleksi, ya’ni immunitet tizimining to‘g‘ri ishlashi uchun A, C, D vitaminlari va rux, to‘g‘ri kognitiv rivojlanish uchun yod, mustahkam suyaklar uchun kalsiy va magniy, miya rivojlanishi uchun omega-3 (DHA va ALA), shuningdek, omega-6 oligosaxaridlari (AA) va ona sutidagi oligosaxaridlar tarkibiga mos keluvchi GOS / FOS.

Muhim ma’lumotlar.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirish chaqaloqlarni oziqlantirishning eng to‘g‘ri va oson usuli bo‘lib, yosh bolalar uchun har xil oziqlanish bilan birga tavsiya etiladi. Ona suti bolaning to‘g‘ri rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi, uni kasallik va infeksiyalardan himoya qiladi. Agar ona homiladorlik va laktatsiya davrida to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilsa va bola ortiqcha oziqlantirib yuborilmasa, ko‘krak suti unga juda yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Ona oziqlantirish usulini o‘zgartirishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi lozim.

  1. Prior et al. Breastfeeding after cesarean delivery: a systematic review and meta-analysis of world literature. A, J Clin Nutr 2012; 95:1113-35.
  2. Yatsunenko T, Rey FE, Manary MJ, Trehan I, Dominguez-Bello MG, Contreras M, et al. Human gut microbiome viewed across age and geography. Nature. 2012;486:222–7.
  3. Penders J, Thijs C, Vink C et al. Factors influencing the composition of the intestinal microbiota in early infancy. Pediatrics 2006;118:511-12.
  4. Khodayar-Pardo, P.; Mira-Pascual, L.; Collado, M.C.; Martínez-Costa, C. Impact of lactation stage, gestational age and mode of delivery on breast milk microbiota. J. Perinatol. 2014, 34, 599–605.
  5. Solis G et al. Establishment and development of lactic acid bacteria and bifidobacterial in breastmilkand the infant gut. Anaerobe 2010; 16:307-310.
  6. Prior et al. Breastfeeding after cesarean delivery: a systematic review and meta-analysis of world literature. A, J Clin Nutr 2012; 95:1113-35.
  7. According to legal regulations, it contains vitamins A, C, D and zinc for the proper functioning of the immune system and iodine for proper cognitive development.
shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Dolzarb mavzular

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x