Homiladorlik davrini rejalashtirishdagi ratsion

Sogʻlom boshlangʻich

Homiladorlikni rejalashtirishda dietaning roli

Siz isteʼmol qiladigan barcha narsalar – ozuqa moddalariga boy mahsulotlardan tortib vitaminli qoʻshimchalarga qadar barchasi homiladorlikni rejalashtirishdagi imkoniyatlaringizni oshirishda muhim rol oʻynashi mumkin. Muvozanatlashgan dietaning ham siz uchun, ham turmush oʻrtogʻingiz uchun foydasi haqida, shuningdek homilador boʻlishdagi imkoniyatlar darajasini oshirish uchun ratsioningizga qaysi mahsulotlarni qoʻshish kerakligi haqida bilib oling.

Homiladorlikni rejalashtirishda oziq-ovqat mahsulotlarining ahamiyati

Homiladorlikni rejalashtirish bosqichida siz va turmush oʻrtogʻingiz birinchi navbatda sogʻlom dietaga amal qilishingiz juda muhim. Toʻgʻri ovqatlanish, spirtli ichimliklardan voz kechish va boʻyingizga nisbatan ortiqcha vazndan voz kechish homiladorlikni rejalashtirishda imkoniyatlarni oshiradi va homiladorlik vaqtida kichkintoyingizning yaxshi rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Ayolning homiladorlikdan oldingi va homiladorlik paytidagi ratsioni bolaning oʻsishi va rivojlanishiga taʼsir koʻrsatib, uning kelgusida sogʻlom boʻlishi uchun asos yaratadi.

Boʻlajak onalar nimalarni isteʼmol qilishi muhim?

Homiladorlikni rejalashtirayotganda, siz oʻz dietangizga alohida eʼtibor qaratishingiz kerak. Agar sizda homiladorlikdan oldin ozuqa moddalari zaxirasi kam boʻlsa, sizda homiladorlik vaqtida bolaning rivojlanishi va oʻsishini qoʻllab-quvvatlash uchun vitaminlar zaxirasi kam boʻladi, vitaminlar va minerallarning yetishmasligi esa, sizning sogʻligʻingizga va farovonligingizga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Vaznimizni meʼyorga keltiramiz

Sizning vazningiz xuddi dietangiz kabi muhim ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Homiladorlikkacha sogʻlom vaznni saqlash boʻlajak farzandingizning kelgusidagi salomatligini va rivojlanishini himoya qilishi mumkin. Tana vazningiz indeksi (TVI) 20 dan 25 gacha boʻlishi, bolani kam tana vazni bilan tugʻilish xavfini kamaytirishi, shuningdek homiladorlik vaqtidagi yuqori qon bosimi va diabet kabi asoratlarni kamaytirishga yordam berishi mumkin.

Oʻz TVI koʻrsatkichingizni hisoblash va uning homiladorlik uchun xavflilik darajasini aniqlash uchun TVI kalkulyatoridanfoydalaning.

Meʼyoridan kam vazn

Sizning vazningiz fertilligingizga ham taʼsir koʻrsatishi mumkin. Agar sizning vazningiz meʼyoridan kam boʻlsa (TVI 20 dan kam boʻlsa), homilador boʻlish imkoniyati kamayadi.

TVI darajasi past boʻlgan ayollarda (20 yoshgacha) homilador boʻlish ehtimoli kamroq boʻladi.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, tana vazni oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha past boʻlgan ayollarda homilador boʻlish ehtimoli oʻrtacha boʻladi, shuning uchun agar siz shu toifaga kirsangiz, unda tashvishlanmang. Kun davomida ozuqa moddalarini oʻz ichiga olgan mahsulotlarni oʻz ratsioningizga qoʻshish va ularning ulushini oshirish bilan, koʻproq kaloriya toʻplashga harakat qiling.

Keragidan ortiqcha vazn

Agar sizning TVI koʻrsatkichingiz 25 dan yuqori boʻlsa, bu sizning ovulyatsiya siklingizga taʼsir qilishi va bepushtlik xavfini keltirib chiqarishi mumkin. Baʼzi ayollar homiladorlikni rejalashtirish paytida vazn tashlashni afzal koʻrishadi, chunki homiladorlik paytida dieta qilish tavsiya etilmaydi.

Ortiqcha vazn barcha ayollarga ham homiladorlikni rejalashtirishda xalaqit bermaydi.

Koʻpchilik ortiqcha vaznga ega onalar tabiiy yoʻl bilan homilador boʻlishlari mumkin boʻlsa-da, ovulyatsiya kuzatilmagan ayollar bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, vaznni kamaytirish va jismoniy faollikning oddiy dasturi ovulyatsiyaga, homiladorlikni rejalashtirishga va homiladorlikning muvaffaqiyatli oʻtishiga yordam beradi. Homiladorlik paytidagi ortiqcha vazn shuningdek, kesarcha kesish koʻrsatkichlarining yuqori boʻlishi va tugʻruqdan keyin ona suti bilan emizish koʻrsatkichlarini ancha kam boʻlishi kabi baʼzi asoratlar xavfini oshirishi mumkin.

Otaning ratsioni ham muhim rol oʻynaydi

Garchi bu yoʻnalish hali toʻliq oʻrganilmagan boʻlsa-da, bir qancha omillar bilan birga dieta ham erkaklarning fertilligiga taʼsir koʻrsatadi deb hisoblanadi. Shu sababli, boʻlajak otalarga ham oʻz ratsioniga eʼtibor qaratish tavsiya etiladi. Otalarga ham shuningdek, oʻz vaznini nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki ota-onasi ortiqcha vaznga ega boʻlgan bolalarda semirishning rivojlanishiga moyillik boʻladi.

Spermatozoidlarning kam miqdorda boʻlishiga meva va sabzavotlarni yetarli darajada isteʼmol qilmaslik ham sabab boʻladi.

Urugʻ suyuqligini ishlab chiqarilishida sink (goʻsht, molyuskalar va sutda mavjud), selen (Braziliya yongʻogʻi, baliq va goʻsht tarkibida boʻladi) va C vitamini (apelsin, qizil/yashil qalampir va kartoshka) katta rol oʻynaydi.

Homiladorlikni rejalashtirishda ratsioningizga kiritishingiz kerak boʻlgan mahsulotlar roʻyxati

Kerakli miqdorda toʻgʻri ovqatlanishni taʼminlash sizga muvozanatlashgan dietaga erishishga va homilador boʻlish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Buning uchun sizga kundalik ratsioningizda quyidagi mahsulotlarning boʻlishini taʼminlashingiz tavsiya etiladi:

* Non, guruch, kartoshka va boshqa kraxmalli mahsulotlar. Bular ratsioningizning asosiy qismini tashkil etishi kerak, shuningdek tarkibida sellyuloza saqlovchi butun donli non mahsulotlarini isteʼmol qiling. Ular organizmingizni kalsiy, temir va B guruhidagi vitaminlar bilan taʼminlaydi.

* Meva va sabzavotlar. Yangi, muzlatilgan yoki konservalangan (tuzlangan mahsulotlarni isteʼmol qilmang). Kuniga 5 porsiyadan (har bir porsiyasi 80 g) isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Xilma-xillik ozuqa moddalarining keng spektorini taʼminlashga imkon beradi.

Smuzi bu 5 porsiyaning bir porsiyasini oʻrnini bosa oladi va faqat bunda unga mevaning poʻsti va magʻzi solingan boʻlishi kerak.
  • Sut va sut mahsulotlari. 2-3 porsiya sut, yogurt yoki pishloq kalsiy uchun yaxshi manba boʻla oladi. Yogʻli ovqatlarni kamroq isteʼmol qiling va pasterizatsiya qilinmagan sut va pishloqni isteʼmol qilmang.pasterizatsiya qilinmagan sut va pishloqni isteʼmol qilmang.
  • Goʻsht, baliq, tuxum, loviya va yongʻoq. Kuniga 2 marta yeyishga harakat qiling. Shuningdek haftasiga 2 marta baliq isteʼmol qilish zarur (bir martasiga yogʻli baliq).  Baliq isteʼmol qilish sizning va kichkintoyingizning rivojlanishi uchun foydali, biroq baʼzi turdagi baliqlarda toksinlar miqdori yuqori boʻlganligi sababli ularni homiladorlik vaqtida isteʼmol qilmaslik kerak.
Tunes konservasi yogʻli baliq hisoblanmaydi, shuning uchun siz uni haftasiga 2 porsiya baligʻingizga qoʻshimcha ravishda isteʼmol qilishingiz mumkin, lekin homiladorlikni rejalashtirayotganingizda yoki homiladorlik vaqtida tunesni haftasiga oʻrtacha oʻlchamdagi 4 bankadan ortiq isteʼmol qilmang.
  • Suyuqliklar. Suvsizlanishning oldini olish uchun kuniga 1,5 dan 2 litrgacha (yoki 200 ml li 6-8 stakan) suv, sut, shoʻrva, oshqovoq yoki meva sharbatini isteʼmol qiling. Mashqlardan keyin yoki issiq ob-havoda undan ham koʻproq ichish kerak. Homiladorlik paytida asoratlar yuzaga kelishining oldini olish uchun kuniga 200 mg dan ortiq kofein isteʼmol qilmaslik tavsiya etiladi.
  • Yogʻ va shakar. Baliq yogʻi, yongʻoq va urugʻlar, avokado va zaytun moyi kabi toʻyinmagan yogʻlar xolesterin darajasini kamaytirishga va muhim yogʻ kislotalarini taʼminlashga yordam berishi mumkin. Toʻyingan yogʻlarning kundalik isteʼmoli juda kam boʻlishi kerak – ayollar uchun kuniga koʻpi bilan 20 g va erkaklar uchun esa 30 g. Shakar esa ayollar uchun kundalik ratsionning 10% dan ortigʻini tashkil etmasligi – kuniga taxminan 50 g yoki oʻn choy qoshiq boʻlishi kerak.
Baliq yogʻi tarkibidagi omega-3 miyaning va koʻzning normal rivojlanishiga yordam beradi, shuning uchun u homiladorlikdan oldin va homiladorlik paytida isteʼmol qilish uchun muhim ozuqa moddasi hisoblanadi.

Foliy kislotasi va D vitamini homiladorlikni rejalashtirishda dietaning muhim qismi hisoblanadi va yuqorida sanab oʻtilgan mahsulotlarni oʻz ichiga olgan ratsionni toʻldiradi. Ushbu prenatal qoʻshimchalar prenatal qoʻshimchalar haqida batafsil maʼlumot oling.

Keyingi qadamlar

Homiladorlikni rejalashtirishda dietangizni yanada sifatliroq qilish usullari:

• Homiladorlikni rejalashtirishdan kamida 3 oy oldin va homiladorlikning 1-trimestri davomida har kuni foliy kislotasi (400 mkg) qabul qiling.

• Homiladorlik davri davomida har kuni 10 mkg D vitamini qabul qilish tavsiya etiladi, shuning uchun agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan boʻlsangiz D vitamini ichishni boshlash tavsiya etiladi.

• Oq nonni va makaron mahsulotlarini butun donli mahsulotlarga almashtiring.

• Haftasiga 2 porsiya yogʻli baliq isteʼmol qiling – losos, skumbriya, forel yoki seld yeyishga harakat qiling.

• Kuniga 5 porsiya meva va sabzavotlar isteʼmol qiling: 1 porsiya = 1 ta olma, yoki 2 ta mandarin yoki 1  osh qoshiq toʻldirib mayiz yoki 3 osh qoshiq toʻldirib pishirilgan sabzi.

• Kuniga 1,5-2 litr suyuqlik iching (imkon qadar suv).

  1. NHS UK. Protect your fertility [Online]. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Fertility/Pages/Protectyourfertility.aspx[Accessed May 2014]
  2. Gluckman PD et al. The developmental origins of adult disease. Matern Child Nutr 2005;1:130–141.
  3. NHS UK. Have a healthy diet in pregnancy [Online]. Available at: www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/pages/healthy-pregnancy-diet.aspx [Accessed May 2014]
  4. Zaadstra et al. Fat and female fecundity:prospective study of the effect of body fat distribution on conception rates. Br Med J 1993;306:484-487.
  5. The Centre for Pregnancy Nutrition, University of Sheffield, 2005.
  6. Clark et al. Weight loss in infertile women results in improvement in reproductive outcome for all forms of infertility treatment. Hum Reprod 1998;13:1502-1505.
  7. Wong et al. New evidence of the influence of exogenous factors on sperm count in man. Eur J Obstet Gynecol Reprod Biol 2003;110:49-54.
  8. Tas et al. Occupational hazards for the male reproductive system. Crit Rev Toxicol 1996;26:261-307.
  9. NHS UK. Starchy foods [Online]. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/starchy-foods.aspx[Accessed May 2014]
  10. NHS UK. 5 a day [Online]. Available at: www.nhs.uk/LiveWell/5ADAY/Pages/5ADAYhome.aspx [Accessed May 2014]
  11. NHS UK. Milk and dairy foods [Online]. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/milk-dairy-foods.aspx[Accessed May 2014]
  12. NHS UK. Fish and shellfish [Online]. Available at: www.nhs.uk/Livewell/Goodfood/Pages/fish-shellfish.aspx[Accessed May 2014]
  13. Patient UK. Diet and lifestyle during Pregnancy [Online]. Available at: http://patient.info/health/diet-and-lifestyle-during-pregnancy [Accessed May 2014]
  14. NHS UK. Water and drinks [Online]. Available at: www.nhs.uk/livewell/goodfood/pages/water-drinks.aspx [Accessed May 2014]
  15. NHS UK. Eat less saturated fat [Online]. Available at: www.nhs.uk/livewell/goodfood/pages/Eat-less-saturated-fat.aspx[Accessed May 2014]
  16. NHS UK. How much sugar is good for me? [Online]. Available at: www.nhs.uk/chq/pages/1139.aspx [Accessed May 2014]
  17. Abdelmaboud et al (2012) Increase in moderate and extreme obesity in pregnancy. IMJ Vol 105; 5
  18. Kelly et al (2011) A comparison of maternal and paternal BMI in early pregnancy Aust NZ Journal Obs Gyn Apr 51(2):147-150

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 4-iyul

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Dolzarb mavzular

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x