Homiladorlik davrini rejalashtirishda vitaminlar va qoʻshimchalar

Yordam qoʻli

Hozir, ayni vaqtda qaysi vitaminlarni ichishni boshlashingiz kerakligini bilib oling

Homiladorlikni rejalashtirish va homiladorlik paytida sogʻlom, muvozanatlashgan dietaga amal qilish sizni va oʻsib borayotgan farzandingizni toʻlaqonli ozuqa bilan taʼminlashga yordam beradi. Homiladorlikni rejalashtirishda va homiladorlik paytida tarkibida asosiy ozuqa moddalarini saqlovchi qoʻshimchalarni qabul qilish sizning sogʻlom ratsioningizni yaxshilaydi va kichkintoyingizning oʻsib borishi davomida uni qoʻshimcha ozuqa moddalari bilan taʼminlashga yordam beradi. Homiladorlikni rejalashtirish vaqtida qanday vitaminlarni qabul qilish zarur? Foliy kislotasi va D vitaminining roli haqida va bu bosqichda nima uchun ularni ratsioningizga qoʻshishingiz kerakligi haqida bilib oling.

Ratsioningizni yanada jozibaliroq qiling

Xilma-xillikka boy ratsion sizning organizmingizga boʻlajak farzandingizni unga rivojlanishining dastlabki bosqichida zarur boʻlgan juda koʻp ozuqa moddalarini taʼminlashida yordam berishi mumkin. Biroq, hatto yaxshi ishtahaga ega odamda ham ovqatlanishda uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Homiladorlikdan oldingi davrdagi vitamin tanqisligi sizning rivojlanayotgan farzandingiz oladigan ozuqa moddalari miqdorini kamaytirishi mumkin. Mana shuning uchun ham homiladorlikni rejalashtirish bosqichidayoq ratsionga 2 ta asosiy ozuqa moddasini – foliy kislotasi va D vitaminini qoʻshish tavsiya etiladi.

Shubhasiz, homiladorlar uchun zarur boʻlgan, eng koʻp gapiriladigan vitaminlardan biri boʻlgan foliy kislotasi bolaning rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq katta rol oʻynaydi. Shuning uchun homilador boʻlishdan oldin ham uni yetarlicha miqdorda isteʼmol qilish zarur.

Odatda homiladorlikni rejalashtirish bosqichida 400 mkg foliy kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi.

Tadqiqotlar foliy kislotasini kam isteʼmol qilish boladagi umurtqa pogʻonasining boʻlinishi kabi asab naychasi nuqsonlarining kelib chiqishi xavfini ortishiga olib kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Bu xavfni kamaytirish uchun sizga homiladorlikni rejalashtirishdan tortib, homiladorlikning 12-haftasigacha kuniga 400 mkg (0,4 mg) foliy kislotasini qabul qilish tavsiya etiladi. Bunga sabab, faqat ozuqa moddalari – brokkoli, avokado va jigarang guruchning oʻzidan kerakli miqdordagi foliy kislotasini olish anchagina qiyinligidir.

Aslida, foliy kislotasini homiladorlikning oldini olish vositalaridan foydalanishni toʻxtatgan zahotiyoq qabul qilishni boshlash kerak.

Soʻngi tadqiqotlarning koʻrsatishicha, homiladorlikdan bir yil oldin foliy kislotasini qabul qilish erta tugʻilish ehtimolini sezilarli darajada kamaytirdi.

Dozani oshirib yuborish

Baʼzi hollarda onalarga foliy kislotasining yuqori dozasini qabul qilish tavsiya etiladi. Sizni davolayotgan shifokor quyidagi hollarda sizga foliy kislotasini kuniga 5 mg gacha qabul qilishni tavsiya qilishi mumkin:

• Siz oldin ham homilador boʻlgan boʻlsangiz;

• Sizda yoki oila aʼzolaringizda orqa miya nuqsoni aniqlangan boʻlsa;

• Siz epilepsiyaning oldini oluvchi dori vositasini qabul qilsangiz;

• Sizning vazningiz meʼyoridan ancha ortiq, yaʼni sizda tana vazni indeksi 30 birlikdan yuqori boʻlsa;

• Sizda glyutenni koʻtara olmaslik kasalligi, diabet, oʻroqsimon hujayra kasalligi yoki talassemiya boʻlsa.

D vitaminining homiladorlikdagi ahamiyati

Koʻpincha “quyosh vitamini” deb nomlanuvchi, D vitamini bolaning suyaklarini rivojlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi kalsiyning oʻzlashtirilishi uchun zarurdir. Onada uning yetishmasligi goʻdakda D vitamini tanqisligiga olib kelishi mumkin, bu baʼzi hollarda raxitning shakllanishiga sabab boʻlishi mumkin.

D vitaminining yetishmasligi oʻsayotgan bolaning suyaklarining minerallashuviga va uning hayotining birinchi oylaridagi bu foydali moddaning zaxiralarini toʻplanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Quyoshning ultrabinafsha nurlari bizning tanamizga taʼsir koʻrsatganda bizning organizmimizda D vitamini ishlab chiqariladi. Biroq uning tabiiy yoʻl bilan isteʼmol qilinishi kam boʻlgan holatda kuniga 10 mkg miqdorida D vitamini qabul qilish tavsiya etiladi.

Sizning kundalik meʼyoringiz

Koʻpchilik ayollar homiladorlikni rejalashtirish uchun maxsus moʻljallangan qoʻshimchalarni tanlashadi. Ular oʻsib borayotgan bola uchun yuqori dozalari xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan A vitaminining hayvonlar mahsulotlarida uchraydigan shakli – retinolni yoki baliq yogʻini oʻzida saqlamaydi. A vitamini homilador ayollar uchun asosiy oziq moddasi boʻlishiga qaramay, siz uni faqat sogʻlom, muvozanatlashgan ozuqalardangina olishingiz kerak.

A vitaminining hayvon mahsulotlarida uchraydigan shakli retinolning yuqori dozalari sizning rivojlanayotgan farzandingiz uchun xavfli boʻlishi mumkin.

Shuningdek, boʻlajak otalar uchun ham vitaminli qoʻshimchalar mavjud. Garchi barcha vitaminlarni ratsiondan, ozuqaga boy moddalardan olish afzalroq boʻlsa-da, homiladorlikni rejalashtirish paytida siz turmush oʻrtogʻingizga uning dietasini vitaminli qoʻshimchalar bilan toʻldirishni taklif qilishingiz mumkin.

ovulatsiya

Hayz koʻrish muntazam boʻlmaganda ovulyatsiya kunini hisoblash kalkulyatori

Hayz koʻrish muntazam boʻlmaganda ovulyatsiya qachon boʻlishini taxmin qilish juda qiyin boʻladi. Agar siz homiladorlikni rejalashtirish uchun eng yaxshi vaqtni hisoblay olmayotgan bo‘lsangiz unda butun sikl davomida har 2 yoki 3 kunda jinsiy aloqa qilishingiz tavsiya etiladi.

Keyingi qadamlar

O‘z xaridlaringiz roʻyxatiga quyidagi bandlarni qoʻshing:

  • Foliy kislotasi – kuniga 400 mkg
  • D vitamini – kuniga 10 mkg

Tarkibida retinol yoki treska baligʻi jigari moyini oʻzida saqlovchi qoʻshimchalarni isteʼmol qilmaslikka harakat qiling.

  1. Patient UK. Diet and lifestyle during pregnancy [Online]. Available at: http://patient.info/health/diet-and-lifestyle-during-pregnancy[Accessed May 2014]
  2. Preconception and pregnancy [Online]. Available at: www.bathnes.gov.uk/sites/default/files/banes_maternal_and_child_nutrition_guidelines_digital_june_2013_section_2.pdf [Accessed May 2014]
  3. Ruston et al. The National Diet and Nutrition Survey: Adults aged 19 to 64 years. HMSO: London, 2004.
  4. NHS UK. Folic acid leaflet [Online]. Available at: www.nhs.uk/start4life/Documents/PDFs/S4L_Folic_Acid_leaflet.pdf [Accessed May 2014]
  5. Medline Plus. Hypervitaminosis A [Online]. Available at: https://medlineplus.gov/ency/article/000350.htm [Accessed May 2014]reference text

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 4-iyul

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Dolzarb mavzular

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x