Bolaning uyqu rejimi qanday tartibga solinadi?

Qisqacha ma’lumot

Bola uchun uyqu rejimini belgilash haqida so‘z ketganda, kutganlaringiz har doim ham reallikka to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Chaqaloqlik paytida bola shunchaki uxlaydi, uyg‘onadi va instinktlar eslatganda esa sizdan emizishni so‘raydi. Ammo bir necha hafta o‘tib, bola uchun kun va tun kabi kabi tushunchalar begona ekanligini va uyqu rejimiga o‘tishga hali ertaligini tushuna boshlaysiz.

homilador ayol va uning dugonasi

Ekspertlar tavsiyalari

Dunyo bo’ylab 700 mingga yaqin bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’sDunyo bo‘ylab 700 000 nafar bo’lajak onalar va yosh ota-onalar klubiga qo’shilib, ekspertlardan foydali ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Butun tun davomida bola yaxshi uxlashini qanday ta’minlash mumkin

Hamma bola har xil uxlaydi, biroq yangi tug‘ilgan farzandingiz qanday rejimga amal qilmasin, uni yaxshi uxlashga o‘rgatish bo‘yicha bir nechta maslahat beramiz.

Belgilarni o‘rganamiz

Qattiq charchaganda bolani uxlashi qiyin bo‘lishi mumkin, shuning uchun uni qachon uxlashini biling. Vaqti kelib, u charchaganini beixtiyor tushunasiz, ammo yig‘lash, ko‘z va quloqni ishqalash va ko‘z ostida kichik qora aylana dog‘lar bungacha e’tibor qaratish kerak bo‘lgan belgilardir.

Tunda ovqatlantirish bo‘yicha tavsiyalar

Talab bo‘yicha dastlabki uch oyda bolani tunda ovqatlantirish zarurdir, ko‘pincha 6 oylik bo‘lguncha har tunda kamida bir marta ovqatlantirish kerak bo‘ladi. Ayrim bolalarni 12 oylikkacha tunda muntazam ovqatlantirish talab etiladi. Ko‘krak bilan oziqlantirish bola uchun yoqimli holat va bu bola dunyoga kelganidan keyin bir necha oy davomida ona va bola o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashning ajoyib imkoniyatidir.

Klaster oziqlantirish nima?

uyqudagi bola

Klaster oziqlantirish bu alohida ovqatlantirish rejimini tavsiflash uchun ishlatiladigan atama bo‘lib, unda bola tez-tez – deyarli har doim – uyquga ketguncha kunduzi yoki kechqurun bir necha soat davomida oziqlanadi.

Ko‘krak bilan oziqlantirish bola uchun yoqimli holat va bu bola dunyoga kelganidan keyin bir necha oy davomida ona va bola o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashning ajoyib imkoniyatidir.

Uyqu uchun ovqatlantirish nima?

Uyqu uchun ovqatlantirish bolani uzoq uxlashiga va uyqu rejimini muammosiz o‘rnatishga yordam berishi mumkkin. Bola uxlaganidan 3-4 soat o‘tib, ko‘krak bilan bemalol oziqlantirish uchun uni yarim uyqu holatigacha uyg‘oting. Bundan maqsad shuki, u to‘liq uyg‘onib ketmasligi, qorni to‘yishi va yana osongina uxlab qolishi kerak.

Bolalar uchun mo‘ljallangan aralashmalar ularning uzoqroq uxlashiga yordam beradimi?

Bolalar uchun mo‘ljallangan aralashma ularning uzoqroq uxlashiga yordam berganligi haqida dalillar yo‘q. Ko‘krak bilan oziqlantirish foydasi uning har qanday muqobilidan kattaroq. Aslida aralashmani tayyorlash uchun turish yotoqda ko‘krak bilan oziqlantirgandan ko‘ra sizni ko‘proq bezovta qiladi.

Kun va tunni ajratib boramiz

Sizga yoqadimi yoki yo‘qmi bundan qat’i nazar, dastlabki bir necha oy davomida farzandingizning rejimi bo‘yicha yashaysiz. Ammo ilk haftalardanoq kun va tun orasidagi farqni farzandingizga singdirishni boshlashingiz mumkin. Kunduzi pardalarni ochib qo‘ying va sayrga chiqing, bolani faol bo‘lishga undang va u bilan imkon qadar ko‘proq o‘ynang.

Tun kirganda, uyda imkon qadar tinchlikni saqlang, yorug‘likni kamaytiring va faollikni pasaytiring. Pardalar ayni yoz pallasida ham yorug‘likni nazorat qilishga yordam berishi mumkin.

Bular holatni birdan o‘zgartirib yubormasligi mumkin, ammo tun uyqu uchun mos payt ekanligini bola tushinishiga yordam beradi.

Bolani har doim osmonga qarab uxlaydigan holatda belang.

Yo‘rgaklash nima?

Yo‘rgaklash – bu bola o‘zini xavfsiz his qilishi uchun yupqa adyolga mahkam qilib o‘rashni anglatadigan atama. Ayrim bolalarga yo‘rgaklash yoqadi va bu ularni tinchlantiradi, ayrimlarga esa yo‘q. Yo‘rgaklab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, bolaning beli va oyog‘i harakatlarini haddan ortiq cheklab qo‘ymang, chunki bu sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bola yo‘rgakda haddan ortiq qizib ketmasligi kerak.

So‘rg‘ich yaxshi g‘oyami?

Bola so‘rishni yaxshi ko‘rsa va och bo‘lmasa, rezinka so‘rg‘ich uni tinchlantirishi mumkin. So‘rg‘ich har doim bola og‘zidan tushib ketishini inobatga oling, shuning uchun qorong‘ida so‘rg‘ichni qidirib, oldingidek uyg‘onib ketishingiz mumkin.

Yo‘ldagi vaqt

Bolani uyqusini keltirish uchun uni aylantirib kelish yoki ko‘cha bo‘ylab sayr qildirish istagi ham sizda yo‘q bo‘lmasa kerak!? Bu ko‘pincha ish beradi, ammo shuni yodda tutingki, ushbu usulni har doim takrorlasangiz, bola unga o‘rganib qoladi va bunday odatdan keyin qutilish qiyin.

Uyqu rejimini kiritish

Taxminan 8 hafta o‘tib, bir maromdagi, tinch uyqu rejimiga o‘tishni boshlashingiz mumkin. Har tunda bir vatqda vanna qabul qilish, beozor quchoqlash, hikoya aytish yoki tebratish farzandingiz uxlaydigan vaqt bo‘lganligini tushinishiga yordam beradi.

Katta bo‘lganda, uzun kunlardan chiqishga yordam berish uchun doimiy kunduzgi uyqu tartibini joriy qilishni boshlashingiz mumkin. Kunduzgi uyqu bolaga tunda uxlashga xalal beradi deb o‘ylarsiz, ammo bu ko‘pincha yordam beradi. Agar bir tartibni har kuni bir vaqtda takrorlasangiz, bu bolaga o‘z olamiga o‘rganishiga va o‘zini xavfsiz his qilishiga yordam beradi.

Keyingi qadamlar

• Dastlabki kunlarda deyarli uxlamasligingiz bor gap. Imkoniyat bo‘lganda mizg‘ib oling, bola uxlaganda uxlang va uydagi ishlarni vaqtinchalik bo‘lsa-da unuting.

• Xavfsiz va yaxshi uxlashi uchun farzandingizda barcha sharoitlar bor ekanligiga amin bo‘ling.

• Har kuni uydan chiqib sayr qilishga harakat qiling. Toza havo ham siz uchun, ham farzandingiz uchun foydali, sayr qilish bola uxlashiga yordam beradi.

• O‘zingizni charchagan va ruhan toliqqan his etsangiz, albatta terapevtingiz bilan maslahatlashing – u sizga amaliy maslahat beradi va ruhlantiradi.

• Farzandingiz asosan tunda bezovta bo‘lsa, patronaj hamshira bilan ham gaplashing. U bola biror-bir muammodan, masalan sanchiqlardan aziyat chekmayaptimi yoki yo‘qmi tekshirib ko‘rishi mumkiin.

• Birga uxlagan yaxshimi yoki bolalar karavotchasimi? Siz uchun qaysi yaxshiligini bilib oling.

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x