Muddatidan oldin tugʻilgan bolalarga yordam berish

Taqdirning kichik hadyasi

Bu bosqichni bosib oʻtishda sizga mehr va yaqinlaringizning qoʻllab-quvvatlashi yordam beradi

Bolani muddatidan oldin tugʻilishi ota-onaning har ikkisi uchun ham hissiy jihatdan qiyin va ogʻirroq holat boʻlishi mumkin. Siz oʻzingizning ilojsiz his qilishingiz mumkin va oʻzingizni kuchli boʻlishim kerak deb oʻylashingiz mumkin. Lekin sizga va turmush oʻrtogʻingizga dalda va yordam kerak boʻladi. Oʻzingizni haddan ortiq zo‘riqtirmaslikka harakat qiling va agar kerak boʻlsa yordam izlang.

Turmush oʻrtogʻingizning va yangi tugʻilgan chaqalogʻingizning koʻmagi

Yaxshi jihozlangan neonatal boʻlim muddatidan oldin tugʻilgan bolani kerakli tarzda parvarishlash uchun yaxshi jihozlangan boʻladi. Lekin u noqulaylik hissini keltirib chiqarishi mumkin. Turmush oʻrtogʻingiz bilan suhbatlashib farzandingizning yonida qolishga harakat qiling – agar kichkintoyingiz 24 haftalik boʻlgan boʻlsa u sizning ovozingizni taniy olishi va bu bilan oʻzini qulayroq his qilishi mumkin.

Neonatal guruh sizga kichkintoyingiz bilan qancha vaqt jismoniy aloqa qila olishingiz mumkinligini aytadi. Vaqti-vaqti bilan farzandingiz sizni yonida ekanligingizni his qilishi uchun unga teginib turing. Keyinchalik bola yetarlicha oʻsganda siz uni parvarishi bilan shugʻullanishingiz, tagliklarini almashtirishingiz, massaj qilishingiz va hatto ovqatlantirishingiz mumkin.

Uyga olib borishga tayyorlash

Agar bola muddatidan oldin tugʻilgan boʻlsa, siz koʻp vaqtingizni shifoxonada oʻtkazasiz, shuning uchun uyga qaytish va maishiy ishlarni bajarish borasida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Siz farzandingizni olib borayotgan vaqtingizda uy tayyor boʻlishi uchun turmush oʻrtogʻingiz bilan majburiyatlarni oʻzaro boʻlishib olishingiz mumkin. Baʼzan shifoxona tashvishlaridan tanaffus qilish, miyangizni oʻy-fikrlardan biroz tozalash va boshqa biror narsaga chalgʻish siz uchun foydali boʻladi. Lekin albatta bunda doʻstlaringiz va oilangizdan yordam soʻrang – ular aynan shunday vaziyatda sizga kerak boʻladi.

Agar sizni yangi tugʻilgan chaqalogʻingizning oʻzidan katta akalari va opalari boʻlsa siz ularni tanishtirishingiz va bola parvarishida yordam berish jarayoniga ularni ham jalb etishingiz mumkin. Bolalarga, agar ularning ota-onalari shifoxonada uzoq vaqt oʻtkazishsa, biroz qiyin boʻlishi mumkin, bola parvarishiga yordam berishda ularni ham jalb etish esa, ularga nima boʻlayotganini tushunishlariga yordam beradi.

Muddatidan oldin tugʻilgan bolalarning ota-onalarida tugʻruqdan keyingi depressiya kuzatilishi mumkin.

Ota-onalarda tugʻruqdan keyingi depressiya

Tugʻruqdan keyingi depressiya nafaqat yosh onalarda kelib chiqishi mumkin, balki otalar ham bu kasallikni boshdan kechirishadi. Koʻpincha bu muddatidan oldin tugʻilgan bolalarning ota-onalarida ortiqcha stresslar va zoʻriqishlar tufayli yuzaga keladi.  Afsuski tugʻruqdan keyingi depressiya shundoq ham qiyin boʻlgan holatlarga qoʻshimcha bosim koʻrsatishi mumkin. Agar sizda va turmush oʻrtogʻingizda tugʻruqdan keyingi depressiya bor deb oʻylayotgan boʻlsangiz, shifokoringizga maslahat soʻrab murojaat qiling.

Bunda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin:

  • Koʻz yoshlari
  • Asab xurujlari
  • Doimiy charchoq
  • Uyqusizlik
  • Ishtahaning yoʻqolishi yoki ortishi
  • Oʻziga ishonchning kamayishi
  • Kayfiyatning tushib ketishi

Oxirgi marta yangilangan sana: 2015-yil 19-may

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x