Homiladorlik davrida musiqa: bolaning kelajagiga taʼsir

Musiqa tinglash

Qanday qilib va nima uchun kichkintoyingiz ona qornida musiqaga nisbatan javob taʼsiri qaytaradi.

Olimlar hali tugʻilmagan bola homiladorlikning uchinchi trimestrida onasining ovozini, oʻz ona tilini taniy olishi mumkin va hatto soʻzlar va sheʼrlarni eslab qolishi mumkinligini isbotlashgan. Shunday ekan musiqa ham bolaga taʼsir koʻrsatishida katta maʼno bor. Axir klassik musiqalarni eshitish haqiqatdan ham kutilayotgan kichkintoyni aqlliroq qiladi, shunday emasmi?

Kichkintoyingizni ona qornida nutqining erta rivojlanishi asosida yotuvchi fan haqida va siz bu bilan kichkintoyingiz nutqining rivojlanishiga qanday yordam berishingiz mumkinligi haqida bilib olish uchun bizning maqolalarimiz bilan tanishing.

ona va chaqaloq belgisi

Bolaning porloq kelajagi shu yerdan boshlanadi

Farzandingiz kelajakda to‘g‘ri o‘sib, ulg‘ayishi uchun chaqaloqlarning rivojlanishi haqida batafsil bilib oling

Motsart effekti

Homiladorlik vaqtida klassik musiqa ijro etish sizning kichkintoyingizni aqlliroq qilishi haqidagi gʻoya 90-yillarning oxirida keng tarqaldi va homilador ayollarga miyaning rivojlanishiga yordam beradigan musiqalarni sotish sanoatini dunyoga keltirdi. Lekin aslida bu sizning kichkintoyingizga kelgusida intellektual afzalliklar berishi haqidagi isbotlar juda kam. Bu afsona psixolog Frensis Rausherning amerikalik kollej talabalari oʻrtasida oʻtkazgan tadqiqotlaridan kelib chiqqan va bunda u Motsartni eshitish va IQ oʻrtasida kichik aloqa borligini aniqlagan. Bu oʻquvchilardan goʻdaklarga qanday oʻtganligi topishmoqligicha qolmoqda, lekin ehtimol bu bizning farzandlarimiz uchun eng yaxshisini qilishni xohlashimiz bilan bogʻliqdir.

Garchi Motsartni eshitish sizning farzandingizni aqlliroq qilmasa-da uning miyasini nisbatan faolroq qiladi. Ona qornidagi goʻdaklarda musiqa taʼsiri ostida miyalari yuqori darajada faollik bilan ishlayotgani koʻrinadi.

Ona ovoz chiqarib oʻqiganda uning ovozi boʻlajak farzandini yoki yangi tugʻilgan chaqalogʻini tinchlantiradi.

Sizning ovozingiz va sizning kichkintoyingiz

Ona qornida kichkintoyga onasining ovozi taʼsir qilishi borasida koʻplab tadqiqotlar oʻtkazilgan. Ona ovoz chiqarib oʻqiganda uning ovozi boʻlajak farzandini yoki yangi tugʻilgan chaqalogʻini tinchlantiradi va uning yurak qisqarish chastotasini kamaytiradi. Ovoz ohangi bolaning eshitish qobiliyatini shakllantirishi, bola tugʻilganidan soʻng onasining ovozini tanishiga yordam berishi va unda onasiga nisbatan muhabbatni shakllantirishi isbotlangan. Onaning ovozidagi tovushlar nafaqat bolaning eshitish qobiliyatini rivojlanishiga, balki uning ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga ham taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Homiladorlik vaqtida musiqa chalish kutilayotgan kichkintoyning miyasiga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatadi.

Musiqa va bola miyasi

Klassik musiqa nisbatan aqlliroq bolalarning dunyoga kelishiga yordam berishi haqida dalillar yoʻqligiga qaramay, qiziqarli tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, u bolani dunyoga kelgunicha miyasini rivojlanishida muayyan oʻrin tutadi. Yevropada 2013-yilda oʻtkazilgan tadqiqotda masalan, musiqani hali tugʻilmagan bolaga chalib berish, uning miyasiga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatishi aniqlandi. Ular yangi tugʻilgan chaqaloqlar biror musiqani onasining qornidaligida eshitgan versiyasida eslab qolishlarini va shu musiqaning boshqa versiyalarini eshitganda boshqacha javob taʼsiri qaytarishlarini aniqlashdi. Bu, bolalarning tugʻilishlaridan oldin yaratilgan xotiralar bolaning 4 oylik boʻlgunigacha saqlanib qolgan.

Tinchlantiruvchi musiqa muddatidan oldin tugʻilgan bolalarda ishtahani rivojlantirishi mumkin.

Ishonish qiyin boʻlsa-da, lekin boshqa bir tadqiqotlar bolalarni musiqa ritmlariga tushish qobiliyati bilan dunyoga kelishlarini koʻrsatdi. Baʼzi tadqiqotlar esa, tinchlantiruvchi musiqa muddatidan oldin tugʻilgan bolalarda ishtahani rivojlantirishi va ularning yurak qisqarishi soni va organizmning kislorod bilan toʻyinish kabi hayotiy muhim koʻrsatkichlarini yaxshilashini koʻrsatmoqda.

Goʻdaklarga allani kuylab berish har doim ota-onalar uchun tabiiy holat boʻlgan va albatta ona qornida ham musiqa eshitishning oʻziga xos muhim afzalliklari boʻlishi mumkin. Lekin buni hozircha toʻliq tushunib yetishga erishilmadi.

Yana shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, 2014-yildagi tadqiqotlar homilador ayollarning homilador boʻlmagan ayollarga nisbatan musiqaga taʼsirchanligi yuqoriroq boʻladi va bu ularning arterial bosimining ortishida koʻrinadi.

Musiqani xavfsiz tinglash

3-trimestrda kichkintoyingiz siz unga qoʻyib bergan musiqani eshita olishi mumkin. Mayin alla ovozlari bolani tinchlantirsa, juda baland, tartibsiz ovozlar, shuningdek juda qattiq shovqin boʻlajak kichkintoyingizda stress holatini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun musiqaning ovozi juda baland emasligiga va u yetarlicha mayin ohangga egaligiga ishonch hosil qiling. Yaxshisi oʻzingizning sevimli rok musiqalaringiz bilan bolani bir necha yildan soʻng tanishtirganingiz maʼqul.

Keyingi qadamlar

  • Uyda musiqa qoʻying va kichkintoyingiz unga javob taʼsiri qaytaryaptimi yoki yoʻqmi buni tekshirib koʻring. Faqat ovozni pasaytirishni unutmang!
  • Relaksatsiya har ikkingiz uchun ham foydali, shuning uchun oyogʻingizni koʻtargan holda yotib, oʻzingizga rohat baxsh etadigan qoʻshiqni tinglang.
  • Agar sizga jonli konsertlarga borish yoqsa, albatta boring.  Kichkintoyingiz oʻzini oʻrab turgan qatlamlari bilan baland ovozlardan himoyalangan. Biroq, uzoq muddatli va kuchli shovqin taʼsiri unga zararli boʻlishi mumkin.
  • Qorningizga qarab kuylab berish kichkintoyingiz bilan yaqinlashishning eng ajoyib usuli va bu hatto agar boshqalar sizning ovozingizni baholashmasa ham, kichkintoyingizga sizning ovozingizni yuqori baholashiga yordam beradi.
  • Boʻlajak farzandingiz bilan suhbatlashishning oʻziga xos, hayratlanarli afzalliklari haqida batafsilroq bilib oling.

Bu bor-yoʻgʻi bolada tilning erta rivojlanishi asosida yotuvchi fanga bagʻishlangan bitta maqola xolos. Hello In Thereʼda ekspertlarning sermazmun maqolalari va videolari bilan koʻproq tanishing.

  1. Voegtline KM et al. Near-term fetal response to maternal spoken voice Infant Behavior & Development 2013;36:526–533
  2. Kisilevsky BS et al. Fetal sensitivity to properties of maternal speech and language. Infant Behav Dev 2008;32:59-71.
  3. Swaminathan N. Babies Exposed to classical music end up smarter [Online]. 2007. Available at: http://www.scientificamerican.com/article/fact-or-fiction-babies-ex/ [Accessed: April 2016].
  4. Jahn M et al. Music devices for the fetus? An evaluation of pregnancy music belts. J Perinat Med. 2015 Aug 13. pii: [Epub ahead of print].
  5. Partanen E et al. Learning-induced neural plasticity of speech processing before birth. Proc Natl Acad Sci USA 2013;110:15145-5.
  6. Fifer WP and Moon CM. The role of mother’s voice in the organization of brain function in the newborn Acta Paediatr Suppl 1994; 397:86–93
  7. Partanen E et al. Prenatal music exposure induces long-term neural effects. PLoS One 2013;8(10):e78946
  8. Winkler I et al. Newborn infants detect the beat in music. Proc Natl Acad Sci U S A 2009;106(7):2468-71.
  9. Loewy J et al. The effects of music therapy on vital signs, feeding, and sleep in premature infants. Pediatrics 2013;131(5):902-18.<
  10. Hans Fritz T et al. Enhanced response to music in pregnancy. Psychophysiology 2014;51(9):905-11.
  11. Committee on Environmental Health. Noise: A hazard for the fetus and newborn. Pediatrics 1997;100(4):724-7.

Oxirgi marta yangilangan sana: 2016-yil 19-iyun

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x