Homiladorlikdagi ertalabki tabiiy holsizlikni Gipermezis Gravidarumdan qanday farqlash mumkin

 

Simptomlar«Me’yordagi» yoki yengil holsizlikO‘rtacha og‘irlikdagi holsizlikGiperemezis Gravidarum
Qanchalik tez kuzatiladi75% atrofidagi homiladorlar yengil holsizlikni his qiladilarKo‘ngil aynishi va/yoki qayt qilishdan aziyat chekayotgan homiladorlar ayollarning taxminan 30 foizi ishda tanaffus qilishga ehtiyoj sezadilar, 35 foizi esa klinik ahamiyatli simptomlarga egaTaxminan 1–1,5% homilador ayollarda Gipermezis Gravidarum kuzatiladi
Ko‘ngil aynish va/yoki qayt qilish qachon boshlanadi va qancha davom etadiTaxminan 4–6- haftada boshlanadi, odatda simptomlar 12- va 20- haftalar oralig‘ida o‘tib ketadiTaxminan 4–6 haftadan keyin boshlanadi, 12–20 haftadan keyin ham davom etishi mumkinHomiladorlik tasdiqlanishidan oldinroq boshlanishi mumkin, odatda cho‘qqisi 9–13- haftaga to‘g‘ri keladi, lekin butun homiladorlik mobaynida davom etadi
Ko‘ngil aynishi va/yoki qayd qilish og‘irligiHammada o‘ziga xos bo‘ladi. Biroq, qoidaga ko‘ra, qisqa muddatli ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan o‘tadi. Hayot tarzini yaxshilash va parhez yordamida chetlab o‘tish va kamaytirish mumkinKo‘pincha hayot sifati (masalan, xarid qilgani borish, taom tayyorlash, bolalar tarbiyasi)ga ta’sir qiladi. Muntazam ko‘ngil aynishi va/yoki kundalik qayd qilish xurujlari bilan namoyon bo‘ladiTez-tez, muntazam ko‘ngil aynishi, kun davomida ko‘p bora qayt qilish xurujlari kuzatiladi. Yeb-ichish, o‘zi va boshqalar haqida g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi
Vazn yo‘qotilishiAgar bo‘lsa ham, minimalSimptomlar namoyon bo‘lishi fonida bir necha kg yo‘qotilishi mumkinVazn yo‘qotish ko‘pincha og‘ir va tezkor bo‘ladi. Giperemiyada ayol 5 foizgacha vaznini yo‘qotadi
Klinik simptomlarMavjud emasNam qochishi, vazn yo‘qotilishi va ketozga olib kelishi mumkin. Agar davolanmasa, o‘rta va og‘ir shakldagi holsizlik giperemiyaga sabab bo‘lishi mumkinNam qochishi, vazn yo‘qotish, ketoz, elektrolit nomuvozanati. Agar davolanmasa, boshqa asoratlar yuzaga kelishi mumkin
Hayot sifatiga ta’siriAgar bo‘lsa ham, minimalBalki, to simptomlar saqlab turar ekan, sizning o‘z ish rejimingizni ko‘rib chiqishingiz, ko‘proq dam olib, uy ishlarida yaqinlaringiz yordamidan foydalanishingiz kerak bo‘larHayot sifatiga jiddiy aziyat yetadi. Ayol ko‘pincha to‘shakka yoki uyga mixlanib qoladi, yeb-ichish, gapirish, o‘qish, televizor ko‘rish, yorqin nurga qarash, o‘zini o‘zi parvarishlash imkonsiz bo‘lib qoladi
Davolash uslublariRatsiondagi va hayot tarzidagi o‘zgarishlar yetarlicha bo‘lishi kerak. Dam olish, taomlanish – tez-tez va oz-ozdan, zanjabil va nuqtali massaj noxush hidlardan ham yordam berishi mumkinRatsion va hayot tarzining o‘zgarishi yordam berishi mumkin. Zanjabil va nuqtali massaj qo‘llash haqidagi keng tarqalgan maslahatlar, qoidaga ko‘ra, samarasizdir. Qayt qilishga qarshi vositalar qabul qilish, taomni mayda bo‘laklarga bo‘lib va ichimliklarni oz-ozdan ho‘plab iste’mol qilish, shuningdek keskin hidlardan qochish talab qilinadiHolsizlikni yengillatish uchun tibbiy davolash nihoyatda muhim. Qaytga qarshi vositalar, vena ichiga regidratatsiya va steroidlar qo‘llanilishi mumkin
Boshqa omillarMavjud emasHolsizlik oqibatlarini yengish uchun hissiy va psixologik ko‘mak kerak bo‘lishi mumkinYaqqol namoyon bo‘lgan simptomlarga ega ayollarda perinatal yoki tug‘ruqdan keyingi depressiya, shuningdek stress tufayli posttravmatik faoliyat buzilishi kuzatilishi mumkin

 
 
Bu «me’yordagi» holsizlik, o‘rtacha og‘irlikdagi holsizlik va Gipermezis Gravidarum o‘rtasidagi farqlarning soddalashtirilgan tasviri edi.
 

O‘rtacha og‘irlikdagi holsizlik va Gipermezis Gravidarum o‘rtasidagi farqni, odatda, aniqlash qiyin. «Homilador davridagi holsizlikda qo‘llab-quvvatlash» xayriya tashkiloti qanday og‘irlikda o‘tmasin, homiladorlik davrida holsizlikdan aziyat chekuvchi barcha ayollarga o‘z ko‘magini taklif etadi. Marhamat qilib, qo‘shimcha axborot olish uchun biz bilan bog‘laning.

Savollar tug‘ildimi?

Biz dushanbadan jumaga qadar, 9:00 dan 18:00 gacha aloqadamiz!

x